|
-rasm. Quyosh energiyasi yassi kollektorining konstruktiv elementlari
|
bet | 45/72 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 3,9 Mb. | | #110943 |
Bog'liq Qayta tiklovchi energiya manbalari oquv qollanma (2) (3) 5.7-rasm. Quyosh energiyasi yassi kollektorining konstruktiv elementlari.
1 – shisha qoplamasi; 2 – qizdiruvchi suyuqlik uchun naychali nur yutuvchi yuza; 3
– korpus; 4 – issiqlik izolyatsiyasi.
Bu yerda SR, J(kg∙S) – suyuqlikning solishtirish issiqlik sig‘imi. Bu yerda (I) dan foydalanib, energiya suyuqlik harorati va fiksatsiyalangan energiya oqimida
atrof-muxit oqimi kelishi bilan suyuqlik sarfi bilan bog‘liqlikka erishamiz. Suyuqlik sarfi uning haroratini chiqarishda ko‘targanda pasayadi. Maksimal eritiladigan suyuqlikni qizdirish xarorati Tm va suyuqlikni oqimi yo‘qligiga mos keluvchi (R=0) muxit harorati orasidagi farq qiymatiga teng.
Quyosh haroratidan issiqlik energiyasini olish qurilmalari va vositalari
Hozirgi kunda quyosh kollektorlarining yangidan yangi turlari kashf etilmoqda. Ma’lumki quyosh energiyasidan foydalanish eng oddiy usuli, undan issiqlik olishdir. Turli jismlar quyosh nuri ostida har xil qiziydi. Kuzatuvlarga qaraganda, ayniqsa qora rangli yuzaga ega bo‘lgan jismlar qattiqroq qizish va issiqlikni yig‘ish xususiyatiga ega. Quyosh kollektorining ish tartibi ham shunga asoslangan. Quyoshdan olingan issiqlik maxsus isiqlikni akkumulyatsiya qilish qurilmasida yig‘iladi yoki qisqa muddatda iste’mol qilishda ishlatiladi.
Kollektor so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib – yig‘uvchi, to‘plovchi ma’nosini bildiradi.
Quyosh kollektori deb, quyosh energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirishga xizmat qiluvchi qurilmaga aytiladi.
Hozirgi kunda shaffof qoplamaga ega bo‘lgan havo o‘tkazmaydigan korpusli, qora rangga bo‘yalgan, suv o‘tkazgich naychalari singdiruvchan metall plastinali va korpusining orqa hamda yonbosh devorlarida issiqlik yo‘qolishidan saqlash maqsadida izolyatsiyalangan yassi quyosh kollektorlari keng tarqalgan.
Quyoshdan issiqlik manbai sifatida foydalanish azaldan ma’lum. Insonlar tomonidan foydali qazilmalardan energiya olish texnologiyasi peshqadam o‘rinlarni egallagunga qadar, suv va boshqa mahsulotlarni isitishda quyoshdan foydalanishni yaxshi bilishgan.
|
| |