• 5.22-rasm . Mis naychali quyosh kollektorining tuzilishi
  • Mis naychalardan yasalgan quyosh kollektorlari




    Download 3,9 Mb.
    bet53/72
    Sana04.12.2023
    Hajmi3,9 Mb.
    #110943
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   72
    Bog'liq
    Qayta tiklovchi energiya manbalari oquv qollanma (2) (3)

    Mis naychalardan yasalgan quyosh kollektorlari


    Mis naychalardan yasalgan quyosh kollektorlarini uy sharoitida qo‘l ostidagi oddiy materiallardan yasash mumkin. Naychalarning misdan yasalishi metallning zanglash va karroziyaga uchrashga chidamliligi va yuqori issiqlik o‘tkazuvchanlik xususiyatiga egaligidadir. Mis naychalardan yasalgan kollektorning tuzilishi quyidagi 5.22-rasmda berilgan.




    5.22-rasm. Mis naychali quyosh kollektorining tuzilishi


    1. QUYOSH NURIDAN ENERGIYA OLISH

      1. Quyosh nurining afzalliklari


    Quyosh nuri millard yillar davomida yer yuziga tushib barcha tirik organizmlar, o‘simliklarning bahra olib yashashi, gurkirab o‘sishi, rivojlanishini ta’minlab bera olganligi sababli ekologik toza energiya manbai etib qabul qilingan.


    Sodda qilib aytganda, insoniyat quyosh nuridan foydalanishda aql bilan ish yuritishi, undan unumli foydalanishi, quyosh nurini jamlash, yo‘naltirib maqsadli foydalanish bilan birga yer yuzida ekologik musaffolikka salbiy ta’sir etmaydigan texnologiyalarni kashf etishi va qo‘llashi kerak. Chunki quyosh yer yuzida iqlim o‘zgarishlarini yuzaga keltirish, ekologik muvozanatni buzish imkoniyatiga ega.
    Masalan, yil davomida Yerga 1018 kVt.s quyosh energiyasi yetib keladi va shuning 2 % tabiiy qazilma boyliklardan 2 × 1012 tonnasini yoqish natijasida olinadigan energiya miqdoriga teng. Ushbu ko‘rsatkich butun dunyoda yoqiladigan yoqilg‘i resurslarining 6 × 1012 tonna yoqilg‘ini yoqish natijasida olinadigan energiyaga mos keladi. B. Luchkovning fikricha quyosh energiyasi kelajakda boshqa tur energiya resurslarining o‘rnini to‘liq egallay oladi.
    Ayrim hududlarda quyoshning nurlari juda zaifligi sababli quyosh energetikasini rivojlantirish iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlamaydi. Masalan 400 kenglikda joylashgan hududdagi quyoshning quvvati 0,3 kVt/m2 ni tashkil etadi. Mazkur hududning yuqori qismidagi atmosferada 1,4 kVt/m2 ga teng. Ushbu hududlarda quyosh energetikasining jadal rivojlantirishga quyosh nurlarining yetishmasligi salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Buning uchun maxsus moslamalar yordamida katta maydonlardan quyosh nurini yig‘ish, jamlash va yo‘naltirish kerak bo‘ladi. Katta quvvatli quyosh elektrostansiyalariga katta maydonlar kerak bo‘ladi. Hozirgi kunda faqatgina kichik quvvatli quyosh manbalaridan ta’minlanuvchi xususiy iste’molchilar (aholi turar joylari, idoralar va boshqa iste’molchilar) uchun quyosh manbalaridan foydalanilmoqda.
    Quyosh elektrostansiyalari orasida katta zavodlar va yirik iste’molchilarni ta’minlashda minora tipidagi quyosh elektrostansiyalari keng tarqalgan. Ushbu elektrostansiyalar maxsus balandlik ustiga o‘rnatilgan katta hajmdagi suv qozondan va pastdan yuqoriga tomon atrofida ko‘p sonli oynalar (geliostatlar) o‘rnatilgan minora atrofida unga quyosh nurini yo‘naltiruvchi parabola shaklidagi botiq oynalardan iborat bo‘ladi. Oynalar quyosh nurini maksimal darajada qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun maxsus burilish mexanizmi bilan jihozlangan. Qozondagi suvning quyosh energiyasi ta’sirida qizishi natijasida hosil bo‘lgan bug‘ issiqlik elektrostansiyasining turbogeneratorini aylantirishga sarflanadi.
    Quvvati 0,1 – 10 MVt li quyosh elektrostansiyalari unchalik katta bo‘lmagan zavod, korxona, nasos stansiyasi yoki aholi turar joylarini elektr energiyasi bilan ta’minlash imkoniyatiga ega. Bunday elektrostansiyalar AQSH, Fransiya, Yaponiya, Germaniya kabi bir qator malakatlarda qurilgan. Hozirda quvvati 100 MVt li elektrostansiyalardan foydalanish ustida jiddiy izlanish ishlari olib borilmoqda.
    Ayni paytda ushbu tipdagi elektrostansiyalarni keng masshtabda qurish va foydalanishga iqtisodiy ko‘rsatkichlarning qimmatligi to‘siq bo‘lmoqda. Chunki mazkur elektrostansiyalarda ishlab chiqariladigan elektr energiya tannarxi issiqlik elektrostansiyalari (IES) ga nisbatan 6 – 8 martaga qimmat.
    Kelgusida narxi arzon, ishlab chiqarish qobiliyati yuqori, chiqaradigan elektr energiyasining tannarxi arzon bo‘lgan quyosh elektrostansiyalarini kashf etila borgan sari bunday tipdagi quyosh elektrostansiyalarga ehtiyoj ortadi.



    Download 3,9 Mb.
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   72




    Download 3,9 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mis naychalardan yasalgan quyosh kollektorlari

    Download 3,9 Mb.