• Fotoelektrik modullar
  • Quyosh batareyalarining xizmat muddatini oshirish
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta




    Download 3,9 Mb.
    bet55/72
    Sana04.12.2023
    Hajmi3,9 Mb.
    #110943
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   72
    Bog'liq
    Qayta tiklovchi energiya manbalari oquv qollanma (2) (3)

    Masala: o‘lchami 10 × 10 sm li kremniy kristalidan yasalgan quyosh elementi 1,5 Wp quvvatga ega. Ko‘pchilik kremniy elementining kristallaridan yasalgan o‘lchami 1 m2 li quyosh panellari 100 Vtpik quvvatga ega.


    Fotoelektrik modullar


    Quyosh panellari quyosh elementlaridan tashkil topadi. Chunki bitta quyosh elementi kerakli miqdordagi elektr energiyasini ishlab chiqara olmaydi. Katta miqdorda elektr energiyasini ishlab chiqrish uchun ko‘pincha bir nechta quyosh elementi yaxlit quyosh moduli qilib yig‘iladi.
    Quyosh panellari (fotoelektrik yoki quyosh modullari) birgina o‘lchamda va ko‘rinishda ishlab chiqariladi. Eng ko‘p uchraydigan – kremniyli fotoelelektrik modullar bo‘lib quvvati 40 – 160 Wp (pikovatt ya’ni quyoshning yorug‘ nurlari ostida 40 – 160 Vt quvvatni ishlab chiqaradi). Bunday modulning o‘lchami 0,4 dan 1,6 m2 gacha bo‘ladi.
    Ammo sotuvda turlicha o‘lcham va tipga ega bo‘lgan modullarni uchratish mumkin. Bunday quyosh panellari (RV panels) o‘zaro ulanib (arreys) quyosh batareyasining turlicha quvvatdagisini hosil qilish mumkin. Masalan ikkita quvvati
    50 Wp ni biriktirib 100 Wp ni yoki uchtani ulab 150 Wp hosil qilinadi va h.k.
    Sotuvda bo‘lgan panellarning FIK 5 … 15% oralig‘ida bo‘ladi. Demak quyoshdan elementga tushadigan 5 -15 % energiya elektr energiyasiga aylantiriladi.
    Hozirgi kunda ilmiy tadqiqot laboratoriyalari tomonidan FIK 30% gacha bo‘lgan quyosh elementlarni ishlab chiqarish ustida tadqiqotlar olib borilmoqda. Bunda masulot (quyosh elementi) ning narxi muhim o‘rinni egallaydi. Masalan yupqa plenkali quyosh elementlarni katta miqdorda ishlab chiqarib katta maydonlarga yopsak katta iqtisodiy foyda olish mumkin.


    Quyosh batareyalarining xizmat muddatini oshirish


    Dala sharoitida quyosh batareyalarni bir qancha qurilmalarda sinab ko‘rilgan. Amaliy tadqiqotlar natijalariga ko‘ra quyosh batareyalari o‘rtacha 20 yil xizmat qilishi mumkin. Evropa va AQSH da ishlab chiqarilgan quyosh batareyalari 25 yil xizmat qilgandan so‘ng 10 % ga quvvati kamayishi kuzatilgan.
    Shunga ko‘ra, quyosh monokristalli modullar o‘rtacha 30 yil xizmat qiladi deyish mumkin. Polikristalli modullar odatda 20 yil atrofida xizmat qiladi. Amorf kremniydan yasalgan (yupqaplenkali va egiluvchan) modullar 7 yildan (dastlabki texnologiyalar asosida birinchi ishlab chiqarilganlari), 20 yilgacha (oxirgi texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan) xizmat qiladi.
    Bundan tashqari yupqa plenkali modullar dastlabki 2 yilda 10 dan 40 % gacha quvvatini yo‘qotadi. Shu sababli fotoelektrik modullarning 90% bozorini kristal kremniyli modullar tashkil etadi. Tizimning boshqa elementlari turlicha xizmat muddatiga ega: akkumulyator batareyalari 2 dan 15 yilgacha, kuch elektronika qismi esa 5 dan 20 yilgacha xizmat muddatiga ega.

      1. Download 3,9 Mb.
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   72




    Download 3,9 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta

    Download 3,9 Mb.