|
-rasm. Quyosh energiyasida isiydigan passiv faoliyatli gelioqurilma
|
bet | 51/72 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 3,9 Mb. | | #110943 |
Bog'liq Qayta tiklovchi energiya manbalari oquv qollanma (2) (3)
5.15-rasm. Quyosh energiyasida isiydigan aktiv faoliyatli gelioqurilma
Passiv tizimlarning afzalliklari va kamchiliklarini quyidagi 5.1 – jadval yordamida tahlil etish mumkin.
5.16-rasm. Bochka tipidagi quyosh kollektorini bino tomida joylashtirish
5.17-rasm. Bochka tipidagi quyosh kollektorlarining qirqim ko‘rinishi
Ushbu tipdagi kollektor juda ko‘p joylarda ishlatilishi mumkin. Qurilma qora rangga bo‘yalgan oddiy metall bochkadan iborat bo‘lib, u juda sodda konstruksiyaga ega. Qurilma ichidagi suv kun davomida qiziydi va undan kechqurun foydalanish mumkin (5.18-rasm). Qurilma sodda tuzilishga ega va samaradorlik ko‘rsatkichi ham juda past. Ish samaradorligiga salbiy ta’sir etuvchi omillarga quyidagilarni kiritish mumkin.
Qurilmadagi suv qizdirish bochkasining issiqlik tushish yuzasi juda kichkinaligi (bochkaning hajmiga bog‘liq) suv isishi juda sekin. Bochkaning tashqarisida issiqlikdan muhofaza qavati bo‘lmaganligi sababli suv qisqa muddatda juda tez soviydi. Kechqurun va ertalab ushbu qurilmadagi suvning sovib qolishi sababli har doim ham undan samarali foylanib bo‘lmaydi.
5.18-rasm. «Bochka» tipidagi quyosh kollektori
Ushbu tipdagi qurilmadan foydalanishda qulaylik yaratish uchun uni shafof oynali yashik ichiga joylashtirish kerak. Atrofi shaffof oyna bilan qoplangan bochkadagi suv yaxshi isiydi ammo sovushi sezilarli darajada sekinlashadi.
Bochkanining quyosh tushmaydigan tomonini issiqlik izolyatsiya vositasi (penoplen, sun’iy paxta va h.k) bilan qalin qilib qoplab berkitish mumkin. Bunday
qoplamali bochkadagi suvning qizishi osonlashadi suvdagi issiq harorat uzoqroq muddatga saqlanishi mumkin.
|
| |