|
-rasm. Issiqlik naychali vakuumli quyosh kollektorining tuzilishi
|
bet | 50/72 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 3,9 Mb. | | #110943 |
Bog'liq Qayta tiklovchi energiya manbalari oquv qollanma (2) (3) 5.11-rasm. Issiqlik naychali vakuumli quyosh kollektorining tuzilishi.
Issiqlik eltuvchi asosiy suv iste’molchi yoki issiqlik konturidagi muzlamaydigan suyuqlik issiqlik ta’siri ostida qiziydi va undan bug‘ ajralib chiqib yuqoriga tomon harakatlanadi. Yuqori qismda bug‘ soviydi va buning oqibatida kondensatsiyalanib suv tomchilarini hosil qiladi, suv pastga oqib tushadi va yana issiqlikni qabul qilib bug‘lanib yuqoriga yo‘naladi. Ushbu holat texnologik jarayon davomida bir necha marta qayta takrorlanadi.
Yer yuzining sovuq hududli joylarida muzlashdan himoyalangan kollektorlar ishlatiladi (5.12-rasm). Bunga yopiq sirkulyatsiya tizimidan foydalanib erishiladi. Ushbu isitish tizimida issiqlik o‘tkazuvchi suyuqlik (antifriz) quyosh kollektori orqali aylanib, hosil bo‘lgan issiqlikni rezervuardagi suvga issiqlikni almashtirib beruvchi qurilma yordamida uzatadi.
5.12 – rasm. Quyosh geleoqurilmasining soddalashtirilgan modeli
Quyosh kollektorining issiqlikni qabul qilish elementi misdan yasalgan bo‘lib, issiqlikdan izolyatsiyalangan.
Issiqlikni qabul qilish elementi mis «naycha» orqali amalga oshiriladi, buning natijasida isitish konturi, naychalardan alohida qilib yasalgan.
Buning ustun tomoni shundaki, kollektorning biror bir naychasi ishdan chiqqanda ham u ishlashda davom etadi. Kollektor ishlab turgan paytda ham kerak bo‘lganda ishdan chiqqan naychani yangisiga almashtirish mumkin. Naychani almashtirish juda oson. Bu paytda isitish tizimidagi issiqlik eltuvchi suyuqlikni to‘kishga zaruriyat bo‘lmaydi.
Geliotizimni ishlatishdan maqsad bitmas-tuganmas, toza va arzon energiya manbaiga ega bo‘lishdan iborat.
Geliotizimdan foydalanish orqali quyidagi vazifalarni yechish mumkin:
Cheksiz miqdordagi tekin, toza va alternativ energiya manbaiga ega bo‘lish;
Uy-ro‘zg‘or, maishiy va boshqa sohalarda zarur bo‘lganda kerakli miqdordagi issiq suvga bo‘lgan ehtiyoj qondirish (magistral suv ta’minot tarmog‘idan juda uzoqda yoki umuman mavjud bo‘lmaganda);
Yilning va sutkaning xohlangan paytida qisman yoki to‘liq issiq suvga va isitish manbaiga ega bo‘lish (kuz-bahor mavsumida 80% gacha, qish mavsumida 50% gacha);
An’anaviy energiya manbalariga bo‘lgan tobelikni va talabni kamaytirish hamda mablag‘ tejamkorligiga erishish.
Geliotizimli isitish qurilmasi: mis naychali quyosh nurini yig‘uvchi kollektor, boshqarish tizimi, nasoslar va issiq suv akkumulyatorining baklarini boshqarish tizimidan iborat. (5.13-rasm).
5.13-rasm. Gelioqurilmaning tuzilishi.
Quyosh kollektorli gelioqurilmalarning eng muhim qismi, uni tutib turuvchi qurilma (rama)si hisoblanadi. U qurilmaning mustahkam o‘rnashishini va kollektorning quyoshga nisbatan to‘g‘ri burchak ostida egilib turishini ta’minlaydi. Qurilmaning konstruksiyasi va elementlari uning og‘irligiga bardosh berishdan tashqari tashqi salbiy oqibatlar va ta’sirlar (shamol, dovul, to‘fon, qor, yomg‘ir kabilar)ga ham chidamli bo‘lishi kerak.
Qurilma quyidagicha variantlarda montaj qilinishi mumkin:
qiya holatda o‘ratiladigan (binolarning qiya tomlarda, har qanday ochiq joydagi tepaliklar ustidagi qiyalikda);
gorizontal (yassi va to‘g‘ri gorizontal yuzali tomlarda va balandliklarda);
erkin turuvchi (maxsus baland tirgak konstruksiya ustida o‘rnatiladigan).
Gelioqurilmalar aktiv va passiv faoliyatlilarga bo‘linadi (5.14 va 5.15-rasmlar). Suyuqlikning aylanishi (sirkulyatsiyasi) bo‘yicha issiqlik eltuvchisining bor yoki yo‘qligiga qarab to‘g‘ridan–to‘g‘ri hamda bilvosita bajarilganlarga ajratiladi.
Passiv gelioqurilmalarda suyuqlikning aylanib almashinishi oqimlarning konveksiyasi evaziga amalga oshadi (5.15; 5.16 va 5.17-rasmlar). Ushbu jarayon tabiiy konveksiya - issiq suv massasining yuqoriga tomon harakatlanishga intilishi hodisasiga asoslangan. Suvning isishi, uning hajmini bir necha barobarga ortishiga, zichligining esa kamayishiga olib keladi va u sovuq oqimli suvdan yengillashib kollektordan quvurlar orqali suv yig‘ish bakining yuqorigi qismiga tomon yo‘naladi va u yerda yig‘iladi.
O‘z navbatida bakdagi harorati pasaygan suv, solishtirma zichligining ortib borishi bilan pastga, kollektorning sovuq suvli qismiga tomon oqadi va u yerda yana qaytadan qiziydi. Tabiatdagi suv massasining sirkulyatsiyasi ham aynan shunday qonuniyatga ko‘ra amalga oshadi. Ushbu holatga havo isigan paytda doimo duch kelamiz. Ya’ni, qizigan suv bug‘ga aylanib yer yuzidan troposferaga ko‘tariladi, bulutlarga aylanadi va u yerda qaytadan sovib yomg‘ir yoki qor bo‘lib yerga yog‘adi.
|
| |