|
Metall trubkalardan yasalgan quyosh kollektorlari
|
bet | 52/72 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 3,9 Mb. | | #110943 |
Bog'liq Qayta tiklovchi energiya manbalari oquv qollanma (2) (3)
Bunday geleotizim Bolgariyalik olim S. Stanolov tomonidan 1989-yilda yaratilgan. Qurilmaning tarkibiga quyidagi elementlar kiradi: ikkita bir xil blokdan tashkil topgan quyosh kollektori (zarurat bo‘lganda ularni kattasiga almashtirish mumkin). U issiq suvni yig‘ish qurilmasi; avankameradan iborat (5.19-rasm).
Ushbu tipdagi quyosh isitgichlarini loyihalashda ayni paytgacha kashf etilgan ixtirolarning barcha yaxshi tomonlari qabul qilingan.
Masalan: issiqxona ta’siri - quyosh energiyasining shaffof oynadan o‘tib bak ichidagi suvni istishi va ushbu issiqlikning tashqariga qaytib chiqmasligining oldini olish maqsadida uni issiqlik izolyatsiyasiga ega bo‘lgan yopiq qobiq joylashtirish;
Termosifon ta’siri – gidravlik tizimda isigan suv yoki boshqa suyuqlikning hajm jihatdan siyraklashib yuqoriga ko‘tarilishi, o‘z o‘rnini sovuq massaga bo‘shatib berib doimiy erkin o‘rin almashininish (sirkulyatsiya) ni yuzaga keltirishi holati kabilarni ko‘rsatish mumkin.
Ta’kidlash joizki, qurilmani ishlab chiqishda: issiqlik energiyasining saqlanish va to‘planish hodisalari e’tiborga olingan bo‘lib, qurilmada tutib olingan issiqlik energiyasi to‘planadi va uzoq muddat saqlanadi.
Qurilmaning tuzilishi va ish tartibi 5.20 – rasmda keltirilgan.
.
5.20-rasm. Gelioqurilmaning gidravlik tizimi.
Ushbu tipdagi kollektor: tashqi tomondan oyna bilan qoplangan, atrofi va ostki qismi issiqlik izolyatsiyasi bilan berkitilgan, naychalardan tashkil topgan radiator tipli kollektordan iborat bo‘lib ularning o‘lchamlari quyida keltirilgan.
5.21 rasm. Quyosh kollektorining tuzilishi.
Suvning kirishi va chiqishi uchun o‘lchamlari bir xil bo‘lgan 15 yoki 20 mm2 li metall suv quvurlaridan foydalaniladi. Metall quvurlar payvandlash usulida o‘zaro biriktiradi. Suv harakatlanuvchi to‘r shaklidagi suv naychalari uchun diametri 16×1,5 mm li metall quvurchalar ishlatiladi. Bitta bunday to‘r uchun hammasi bo‘lib 15 ta naycha ishlatilib umumiy uzunligi 1600 mm ni tashkil etadi.
Kollektor qutisi qalinligi 25-30 mm, eni 120 mm li yog‘och taxtalardan yig‘iladi. Qutining ost qismi faneradan yoni orgalitdan yig‘ilgan bo‘lib, o‘lchami 30×50 mm li reykalar yordamida mustahkamligi oshirilgan.
Issiqlik yig‘ish samaradorligini oshirish uchun barcha quvurlarni qora rangli bo‘yoq bilan bo‘yash kerak.
|
| |