• Quvurlari vakuumlangan to‘g‘ri oqimli quyosh kollektori
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta




    Download 3,9 Mb.
    bet48/72
    Sana04.12.2023
    Hajmi3,9 Mb.
    #110943
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   72
    Bog'liq
    Qayta tiklovchi energiya manbalari oquv qollanma (2) (3)

    Qurilmaning ish tartibi.


    Quyosh nurlari kollektorning old oynasi orqali o‘tib nur yutuvchi plastinkaga tushadi. Plastinkani qizishi natijasida quyosh radiatsiyasi issiqlik energiyasiga aylantiriladi. Issiqlik energiyasi quyosh kollektori ichida domiy almashinib turuvchi issiqlik eltuvchi – suv yoki antifrizga uzatiladi. Issiqlik eltuvchi qiziydi va so‘ngra issiqlik energiyasi katta suv hajmiga ega bo‘lgan isitgich bakiga oqib o‘tadi. Bakdagi issiq suv kerak bo‘lganda ishlatiladi.

    a)






    v)

    5.8 - rasm. Yassi quyosh kollektorining tuzilishi: a - oyna bilan qoplangan yassi kollektorning aktiv ishi qismi; v - yassi kollektorning umumiy ko‘rinishi.


    Uzoq muddatli bulutli va qishning sovuq kunlarda suyuqlikni to‘plash baki ichidagi suv haroratini kerakli darajagacha ko‘tarish va saqlab turish uchun unga qo‘shimcha elektr qizdirgichni o‘rnatish ham mumkin.


        1. Quvurlari vakuumlangan to‘g‘ri oqimli quyosh kollektori


    Kollektor quyidagicha tuzilishga ega: har bir vakuumlangan naycha ichiga geliy-titan aralashmasi bilan qoplangan mis nur yutish moslamasi joylashtirilgan bo‘lib, u katta miqdordagi quyosh energiyasini yutish va juda oz miqdordagi issiqlikni isrof qilish xususiyatiga ega.
    Vakuumlangan bo‘shliqli quyosh kollektorida issiqlikning isrofi bo‘lishi to‘liq bartaraf etilgan.
    Yutgich ichida to‘g‘ri oqimli koaksial naychali issiqlikni eltuvchi quvur o‘rnatilgan bo‘lib u kollektorga tutashtirilgan. Quvurchada harakatlanuvchi issiqlik eltuvchi suyuqlik, issiqlikni yutgichdan qabul qilib oladi. Suvning issiqligini yaxshi uzatish xususiyati qurilmaning ustun tomoni hisoblanadi.
    Vakuumli kollektorda issiqlik isrofi nazariy jihatdan juda past bo‘lganligi sababli, issiqlik eltuvchining haroratini 120 – 1600 C gacha ko‘tarish imkoniyati mavjud.
    Vakuumlangan kollektorning oyna bilan qoplangan naychasiga quyosh nuri tushgach, uni yutgich qabul qiladi va issiqlik energiyasiga aylantiriladi. So‘ngra issiqlik energiyasi, koaksial naychalarda harakatlanuvchi to‘g‘ri oqimli suyuqlikka beriladi. Issiqlik almashtirgichning naychalari issiq suvni yig‘uvchi bak – kollektorga juft-juft qilib mis naychali tizim orqali tutashtirilgan. Naychalarning birinchisidan isigan suyuqlik bakka uzatilsa, boshqasidan bakdan chiquvchi sovuq suv kollektorning vakuumlangan naychasiga qaytadi.



        1. Download 3,9 Mb.
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   72




    Download 3,9 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta

    Download 3,9 Mb.