• Konsentratsiyalovchi kollektorlar
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta




    Download 3,9 Mb.
    bet47/72
    Sana04.12.2023
    Hajmi3,9 Mb.
    #110943
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   72
    Bog'liq
    Qayta tiklovchi energiya manbalari oquv qollanma (2) (3)

    Vakuumli kollektorlar o‘z nomiga mos holda issiqlikni to‘plash xususiyatiga ega. Ushbu qurilmalarda issiqlikni generatsiyalovchi (o‘zgartiruvchi) elementlar vakuum hosil qiluvchi shisha naychalarga payvandlangan. Shisha qizigan elementlardan chiquvchi infraqizil nurlarni yutish qobiliyatiga ega, shu sababli nurning qaytishiga to‘sqinlik qiladi. Chunki unda konveksiya natijasidagi sovutish tizimi mavjud emas.
    Vakuumli kollektorlar qattiq sovuqda, bulutli ob-havoda ham samarali ishlaydi, quyoshda ular issiqlik eltuvchini 3000 C gacha qizdirishi mumkin.
    Ushbu xususiyatlari tufayli vakuumli kollektorlar juda murakkab va qimmat turadi. Mazkur tipdagi kollektorlar ortiqcha issiqlikni tashqariga chiqarib yuborishga mo‘ljallangan maxsus kontrollerlar bilan jihozlangan.
    Konsentratsiyalovchi kollektorlar – juda issiq harorat olish kerak bo‘lganda alohida sinfdagi qurilmalardan foydalanishga asoslangan. Oddiy konsentratorning namunasi etib oddiy linza ishlatilishi mumkin. Odatda linzadan quyosh nurini fokuslab qog‘oz, yog‘och kabi oddiy materiallarni yoqish mumkin. Hozirgi konsentratorlarda linzalar o‘rniga quyosh nurini maxsus yuzaga yo‘naltirib yig‘adigan parabola shaklidagi botiq oynalar ishlatiladi. Quyosh nuri fokuslangan yuzadagi harorat bir necha 100 0 C gacha yetadi. Fokuslangan yuza ostidagi issiqlik eltuvchi (suv)dan bug‘ olinadi. Bug‘dan issiqlik elektrostansiyasining bug‘ trubinasini aylantirib elektr generatoriga aylantirish kuchi beriladi. Hozirda bunday usuldan issiqlik eltuvchisi sifatida moyni qizdirish va undan suvni qizdirib bug‘ hosil qilish texnologiyalari ham joriy etilgan.
    Yassi quyosh kollektori – uy-ro‘zg‘orda suvni istishda ishlatiladigan eng ko‘p tarqalgan quyosh kollektorlari hisoblanadi. Kollektorning oldi oyna bilan qoplanganligi sababli issiqlikdan izolyatsiyalangan panel hisoblanadi va uning ichiga nur yutgich plastinasi joylashtiriladi. Yutgichning plastinasi mis yoki alyuminiy metalidan yasalgan va u isiqlikni yaxshi o‘tkazadi. Ayniqsa mis zanglashga chidamliligi, issiqlik o‘tkazganligi alyuminiyga nisbatan yuqoriligi sababli kengroq ishlatiladi. Yutgichning plastinasi yutilgan nurni uzoqroq muddatgacha tutib turishi uchun yuqori selektivli maxsus qoplama bilan qoplangan.
    Ko‘rish spektri chegarasidagi nurni juda yaxshi sindiruvchi va uzun to‘lqinli infraqizil chegaradagi past nurlanish koeffitsientiga ega bo‘lgan, metall asosga qoplangan mazkur qatlam juda mustahkam yupqa amorf yarim o‘tkazgichdan tashkil topgan.
    Yassi kollektorlarning oyna bilan qoplanishi (odatda faqat nurni o‘tkazuvchi past darajadagi temir kukuni aralashtirilgan xira shishali oyna) oqibatida issiqlik
    isrofi juda oz miqdorda bo‘ladi. Kollektorning pastki va yon tomon devorlari issiqlikni muhofazalovchi material bilan berkitiladi va u issiqlik yo‘qotishlarini kamaytiradi. Yassi quyosh kollektorining tuzilishi 5.8 - rasmda keltirilgan.

    Download 3,9 Mb.
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   72




    Download 3,9 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta

    Download 3,9 Mb.