|
Issiqlik naychali vakuumlangan quyosh kollektori
|
bet | 49/72 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 3,9 Mb. | | #110943 |
Bog'liq Qayta tiklovchi energiya manbalari oquv qollanma (2) (3)
Issiqlik naychali vakuumlangan quyosh kollektorining tuzilishi xuddi termosga o‘xshaydi. Birinchi shishali/metalli naycha boshqa bir ikkinchi katta diametrlisi ichiga joylashtirilgan (5.9 - rasm).
Naychalar orasidagi bo‘shliq vakuumdan iborat.
Ma’lumki, vakuum issiqlikni muhofazalovchi eng yaxshi vositadir. U qizigan yuzaning issiqlik tarqalishini o‘zgartirish xususiyatiga ega va issiqlik uzatishga monelik qiladi. Infraqizil (IQ) –nurlanish naychaning oynasiga singib ketadi.
Har bir vakuumlangan naycha ichiga geleotitan qobiqli mis plastina joylashtirilgan bo‘lib, u quyosh nurining to‘liq yutilishi va juda oz (sezilarsiz) miqdordagi issiqlikning tashqariga isrof bo‘lishini ta’minlaydi. Yutgich ostiga suyuqlikka to‘ldirilgan issiqlikni bug‘lantirish quvuri o‘rnatilgan.
5.9-rasm. Quyosh kollektorining to‘g‘ri oqimli vakuumlangan qurilmasi
Issiqlik almashtirgich ichida esa, quvur ichiga, quvur usulidagi issiqlik quvuri, egiluvchan element yordamida kondensatorga tutashtirilgan. Ulanish «quruq» usulida bajarilgan bo‘lib, suyuqlikka to‘ldirilgan va bosim ostida bo‘lgan holatda ham quvurlarni oson almashtirish imkoniyatiga ega.
Vakuumlashtirilgan kollektor qurilmasining muhim jihati – 300 C da (oynalangan issiqlik naychali kollektor) va hatto -450S da (metall issiqlik naychali kollektor) yuqori texnik ko‘rsatkichni ta’minlay olishidir (5.10-rasm).
5.10 - rasm. Quyosh kollektorining quyoshga nisbattan burchak ostida joylashuvi.
Issiqlik naychali vakuum quyosh kollektori juda murakkab tuzilishga ega va qimmat. Qurilmaning ishlash tartibi quyida bayon etilgan.
Issiqlik naychasi – yopiq mis/shisha naycha bo‘lib, yengil qaynash xususiyatiga ega bo‘lgan suyuqlik bilan to‘ldiriladi (5.11-rasm).
Vakuum naychasidagi issiqlikni qabul qilgan suyuklik, issiklik ta’siri ostida bug‘lanadi. Bug‘ yuqorigi qismga tomon ko‘tariladi.
|
| |