|
- rasm. Termal suvdan muttasil foydalanish sxemasi
|
bet | 63/72 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 3,9 Mb. | | #110943 |
Bog'liq Qayta tiklovchi energiya manbalari oquv qollanma (2) (3)
1- quduq; 2- bak-akkumulyator; 3- issiq suv ta’minot nasosi.
Debiti 1500 m3/sutka bo‘lgan quduq suv temperaturasi 60-650 C holatida issiqlik suvi bilan yashash mikrorayonini yoki shahar tipidagi poselokning 1400 kishisini ta’minlashi mumkin.
Geotermal suvlar temperaturasi 500 C dan past hollarda ham issiqlik suv ta’minoti tizimida qo‘llanilish mumkin, lekin ularni iste’molchiga berishdan oldin qozonlarda issiqlik nasoslari yordamida (qizdirish) isitish lozim bo‘ladi.
Qishloq xo‘jaligida yerning chuqurlikdan issiqligidan foydalanishning ulkan istiqbollari ochilmoqda, bularga issiqxonalarni va parniklarni (meva, sabzavot, gullarni) isitish imkoniyatlari kiradi. Bu maqsadlar uchun termal suv temperaturasi 25
.... 1000 C ga teng bo‘lishi yetarlidir.
Bu maqsadda ushbu misolni keltirish mumkin. 1 ga issiqxonani yil davomida istish uchun o‘rtacha 1600-1700 t shartli yoqilg‘i zarur, shu bilan birga bitta quduq 2000-2500 m3/sutka debitda va 65-700S termal suv yordamida 2 ga issiqxonani isitishga yetarlidir va unda 300-350 t toza meva-sabzovotni yiliga yetishtirish mumkin.
Tabiiy issiqlikdan foydalanish iqtisodiy imkoniyatlari himoyalangan grunt uchun yaqqol seziladi.
Geotermal suvlarni ishlatishning o‘ziga xos qiyinchiliklari ham mavjud. Bunga sabab ularning ko‘pmi-ozmi darajada minerallashgani va gazga to‘yinganligidir. Bu omillar metall jismlar emirilishiga (korroziyasi) intensivlashuviga olib keladi. Eng agressiv termal suv tarkibida aralashmasi va karbonat angidrit gazi, kislorod aralashmasi kuzatiladi.
Korroziyani pasaytirish va qirindi hosil bo‘lishiga qarshi agressiv gazlar va tuzlarni (SaSO3, SaSO4 va b.) yo‘qotishga harakat qilinadi yoki korroziyaga qarshi ingibitorlar va qirindiga qarshi reagentlar (natriy silikati, natriy fosfat geksometan va b.) aralashtiriladi.
Ishlatilgan geotermal suvlar atrof-muhitga chiqarib tashlasa sun’iy suv havzasi hosil qiladi. Suvda erigan moddalarning chegaraviy ruxsat berilgan normativ talablarni qanoatlantirish uchun qo‘shimcha ravishda ularning tozalash zaruriyati tug‘ilishi mumkin. Bunday hollarda ularga qo‘shimcha chora-tadbirlar qo‘llaniladi (suv qo‘shish, qayta tozalash va h.k.) toza ekologik nuqtai-nazardan samarali ishlatilgan geotermal suvlarni ekspluatatsiya qilinayotgan quduqdan 1-2 km
masofada yana qayta yer qatlamining suv gorizontigacha yuborish zarur. Bunda yer osti suv qatlami bosimi va debiti doimiyligi ta’minlanadi.
O‘zbekistondagi geotermal suvlardan foydalanish ishlari dam olish binolarni, issiqxonalarni va parniklar isitishida boshlab yuborildi.
Jahon tajribasi ko‘rsatishicha ko‘pgina mamlaktlarda va regionlarda energo ta’minot muammosini yer geotermal suvlarning hisobiga qondirib kelmoqda.
Masalan, Ispaniyada gidravlik va geotermal energiyalari hisobiga to‘lig‘icha elektr va issiqlik energiyalariga bo‘lgan talabni bajarib kelmoqdalar.
|
| |