|
BIOMASSA ENERGIYASIDAN FOYDALANISH
|
bet | 64/72 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 3,9 Mb. | | #110943 |
Bog'liq Qayta tiklovchi energiya manbalari oquv qollanma (2) (3)
Biogaz energiyasining hosil bo‘lishi
Biogaz deyarli arzon ekologik yonilg‘i hisoblanib, chorvachilik, parrandachilikni qattiq va suyuq chiqindilaridan hamda o‘simliklar va oqar suvlarda hosil bo‘ladigan qoldiqlardan olinadi.
O‘z xususiyatlari bo‘yicha biogaz tabiiy gazga yaqin.
Biogaz tabiiy gaz kabi quyidagi jarayonlarda ishlatilishi mumkin:
ovqat tayyorlash;
elektr va issiqlik energiya (issiq suv va uy-joylarni isitish);
avtomobil yonilg‘isi sifatida.
Biogaz ishlab chiqarish jarayoni qoldiqlaridan yuqori sifatli go‘ng hosil bo‘ladi.
Biogazni nafaqat mollari, parrandalari ko‘p bo‘lgan fermer xo‘jaliklarda, balki xususiy xo‘jaliklarda ham olish mumkin. Agarda bir necha fermalar va xususiy xo‘jaliklar bir-biriga yaqin joylashgan bo‘lsa, chiqindilarni qayta ishlab chiqarishni markazlashtirib tashkil etish va olingan biogazni ferma va xo‘jaliklarga quvurlar orqali uzatish iqtisodiy foydaliroq bo‘ladi.
Biogaz olish uchun sanoat korxonalarda va qo‘lda ishlab chiqarilgan biogaz qurilmalardan (BGQ) foydalaniladi (8.1-rasm). Sanoat va qo‘lda ishlab chiqarilgan qurilmalarning asosiy farqi isitish maxsus tizimlarni mexanizatsiya va avtomatizatsiyalashtirishda. Dunyoda qurilmalarni ikkala turi ham keng tarqalgan. Masalan, Hindiston, Vetnam, Nepal va boshqa mamlakatlarda ko‘pincha kichik (oilaviy) BGQ ishlatiladi. Ulardan olingan gaz, asosan, ovqat tayyorlash jarayonida ishlatiladi. BGQlarning ko‘pchiligi Xitoyda joylashgan - 40 millionga yaqin, Hindistonda - 3,8 million, Nepalda - 20 ming kichik qurilmalar mavjud. O‘rta va katta BGQ larning absolyut ko‘rsatkichlari, soni bo‘yicha ilg‘or 5-o‘rinni Germaniya egallaydi (8 ming). G‘arbiy Evropada parrandachilik fermalarning yarmi biogaz bilan isitiladi.
8.1 –rasm. Biogaz energiyasining hosil bo‘lish texnologiyasi.
BGQ har qanday qurilish kabi, mablag‘, kuch va quvvatingizni talab qiladi. Birinchi kubometr biogazni olish bilan foyda kelishini o‘ylamaslik kerak, buning uchun qurilma turg‘un ishlashi kerak va sizni bilimdon ega sifatida doimo e’tiboringizda bo‘lishi kerak. BGQ ni qurishga qaror qilgan fermer yoki kichik xususiy xo‘jalik egasiga rejalash va montaj ishlarining xar bir tafsilotlariga e’tibor berish tavsiya etiladi.
Agarda qurilma mustaqil ravishda yig‘ilsa, har bir bosqichda mutaxassislar (quruvchilar, montajchilar, gazchilar, elektriklar) bilan maslaxat qilish nihoyatda zarur.
Faqat shunday yondashuvda va shaxsiy manfaatdorlikda ko‘pgina xavf- xatarlardan qutilish mumkin.
BGQ turg‘un, doimiy va ishonchli ishlashi uchun undan foydalanuvchi ekspluatatsiyaning xar bir tafsilotini bilishi kerak. Faqat shu shartlar bajarilganda, quyida berilgan kafolatlarga erishish mumkin.
xarid qilishni kamaytirish hisobiga mablag‘ tejash:
yonilg‘i;
elektr energiya;
o‘g‘it.
qo‘shimcha mablag‘lar olish imkoniyatlari:
biogaz va bioo‘g‘it sotish;
qishloq xo‘jalik madaniy o‘simliklarining hosildorligini oshirish. BGQ qurishdan oldin nimalarni hisobga olish kerak?
Biogaz qurilmasi tufayli krizisga uchragan xo‘jalikni ko‘tarish mumkin emas. Biogaz qurilma xo‘jalikning samaradorligini va birinchi navbatda, qishloq uy- joylaridagi sharoitlarni yaxshilashga yordam berishi mumkin.
Biogaz qurilmalarga yo‘naltirilgan investitsiyalar uzoq muddatli sarmoyalar bilan bog‘lik. Suning uchun BGQ qurilishining hisob-kitobi kelajakni ham nazarga olgan holda bajarilishi kerak.
BGQ qurilishining ko‘p qismining mustaqil qilinishi yo‘qotishlarni kamaytirish va rentabellikni oshirishga, kelgusidagi nosozliklarni bartaraf etishga yordam beradi.
BGQ ning ishlashi natijasida fermadagi yoqimsiz hidlarning darajasini anchagina pasaytiradi, bu esa fermalar turar-joylarga yaqin joylashganida juda muhim.
Metan hosil qiluvchi bakteriyalar fermadagi mollar kabi o‘ziga e’tibor talab qiladi. Bu esa biogaz qurilmalarning muvaffaqiyatli ishlashi uchun maxsus bilimlarni talab etishidan dalolat beradi. Shuning uchun xizmat qiluvchilarga bilim berishga, malakasini oshirishga va manfaatdorligini yaratishga e’tibor berish zarur.
Nazorat va profilaktik ishlar o‘tkazmasdan ekspluatatsiya qilish mumkin
emas.
|
| |