|
Invertorlarning vazifalari
|
bet | 61/72 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 3,9 Mb. | | #110943 |
Bog'liq Qayta tiklovchi energiya manbalari oquv qollanma (2) (3)
O‘lchash. Invertor displeyida kuchlanish, tok, chastota va quvvat tasvirlanadi.
Generatorni avtomatik qo‘shish imkoniyati. Invertorda AB kuchlanishga bog‘liq ravishda rezerv generatorni to‘xtatish yoki avtomatik qo‘shish uchun qo‘shimcha rele mavjud. Bu funksiya ko‘pchilik hollarda invertorga alohida blok ko‘rinishida biriktiriladi. Zamonaviy invertorlar tarmoqdan AB aniq vaqtda zaryadlay olish mumkin, generatorni qo‘shish kunduzi bajarilishi maqsadga muvofiq (shovqin tufayli).
Tarmoq bilan parallel ishlay olishi. Tarmoq invertorlari to‘g‘ridan to‘g‘ri quyosh batareyasidan energiyani AB siz tarmoqqa o‘zgartirib yunaltiradi. Bu anchagina tizimning tannarxini kamaytiradi, ya’ni elektr energiyasini arzonlashtiradi.
O‘rnatilgan zaryad qurilmasi. Bunday invertorlar generatordan yoki tarmoqdan foydalanib AB ni zaryadlashi mumkin. Bir vaqda ular energiyani bevosita iste’molchilarga ham uzatishi mumkin.
Parallel ulash. Ba’zi invertorlar quvvatni oshirish uchun parallel ulanishi ham mumkin
ENERGIYA TA’MINOTIDA GEOTERMAL ENERGIYA RESURSLARIDAN FOYDALANISH
O‘zbekiston hududi geotermal suv zahirasiga boy hisoblanadi, ya’ni uning hududlarida yetarli chuqurliklarda (3-6 km gacha) uglevodorod resurslaridan 4-6 marta ko‘proqdir. Yaqin va uzoq kelajakda geotermal resurslarning asosiy iste’molchilari bo‘lib hech shubhasiz, issiqlik ta’minoti va elektr energiya ishlab chiqarish bo‘ladi. Geotermal issiqlik tashuvchi sifatida quyidagi sifatlar tushuniladi: harorat, minerallashtirish darajasi, karroziyali aktivlik, zararli aralashmalar bilan ifloslanish va boshqalar. Issiqlik tashuvchini qazib olish usuliga ko‘ra quyidagi geotermal tizimlar klassifikatsiyasi taklif qilinadi (7.1-rasm).
7.1-rasm. Geotermal tizimlar klassifikatsiyasi
Past chuqurliklarda kichik haroratli geotermal energiyadan foydalanish yuza sathli texnologiyada ularni texnik–iqtisodiy fenomen yoki issiqlik ta’minoti tizimida real inqilob deb qarash mumkin. Past chuqurlikdagi geotermal tizimlardan har xil turdagi aholi uylarini isitish yoki sovitish uchun (juda arzon yoki yakka holdagi qimmat yoki ko‘p kvartirali) yoqilg‘i quyish shahobchalari, supermarketlar, ta’lim muassasalarida foydalaniladi.
Ushbu qaralayotgan texnologiyaning mazmuni qizdirilayotgan bino ichida joylashgan issiqlik nasosiga ulangan, past chuqurlikda joylashgan yopiq yoki ochiq konturga ega yer osti issiqlik almashingichni yaratishdan iborat (7.2-rasm.). Bunda 5- 140S intervaldagi suv haroratidan foydalaniladi.
|
| |