|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta
|
bet | 69/72 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 3,9 Mb. | | #110943 |
Bog'liq Qayta tiklovchi energiya manbalari oquv qollanma (2) (3)Ko‘rsatkichlar
|
Komponentlar
|
Aralashma
60%
|
CH4
|
CO2
|
H2
|
H2S
|
40% CO2
|
Hajmiy qismi
|
55-70
|
27-44
|
1
|
3
|
100
|
Hajmiy yonig‘i issiqligi, Dj/m3
|
35,8
|
-
|
20,8
|
22,8
|
21,5
|
Alangalanish temperaturasi, 0S
|
650-
750
|
-
|
585
|
-
|
650-750
|
Nominal zichlik, g/l
|
0,72
|
1,48
|
0,09
|
1,54
|
1,2
|
Qattiq zirhlash, g/l
|
102
|
408
|
31
|
349
|
320
|
Hayvonlar chiqindi mahsulotining o‘g‘it xususiyati yaxshilanishi uni maxsus biogaz qurilmasida achitish hisobiga amalga oshib, bor-yo‘g‘i 3% azot yo‘qotiladi. Amalda chiqindi mahsulot yig‘ilgan holda o‘g‘itga aylantirilsa uning 40-50% azot miqdori yo‘qotiladi. 1 ga erga o‘g‘it normasi 1-63 t tashkil etadi.
Ekin dalalari bu o‘g‘itlar bilan ta’minlanganda qishloq xo‘jaligi xosildorligi 40-80 % ga oshadi va xayvonlarning gelmintlar bilan zararlanishi yo‘qotiladi.
Bunday gelmintlar bilan zararlangan hayvonlarda yem-hashak yeyishi 11% ko‘payib, og‘irligi 10-15% kamayadi va h.k., masalan, sigirlarda sut sog‘ishi 3% ga pasayishi kuzatilgan. Biogaz qurilmalar sanitariya holatini yaxshilash funksiyasiga ham ega.
Hozirda jahon mamlakatlarida ko‘plab chiqindi mahsulotlarini biogazga aylantirib beruvchi tajriba sanoat qurilmalari ishlab chiqilgan va qurilgan.
O‘zbekistonda bunday qurilmalar keng tarmoqlangan, bir necha tajriba-sanoat namunalari katta qoramolchilik xo‘jaliklarida ishlatilayotir.
Amalda qo‘llanilayotgan BioGEQlarining RFda o‘zlashtirilgan va ishlab chiqarilayotganlarining texnik xarakteristikasi 13.3-jadvalda keltirilgan. Bu qurilmalarda mahsulot sifatida nafaqat 13.1-jadvaldagilar, balki kichik mollar, otlar, tuyalar, yirtqich hayvonlar, o‘simlik qoldiqlari, daraxt barglari, makkajo‘xori poyalari, somon, qattiq chiqindilari ham ishlatilishi mumkin.
|
| |