|
-jadval. Fermer xo‘jaligi uchun biogaz qurilmasi BGQ – 25, BGQ – 50 va BGQ-100
|
bet | 70/72 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 3,9 Mb. | | #110943 |
Bog'liq Qayta tiklovchi energiya manbalari oquv qollanma (2) (3) 8.3-jadval. Fermer xo‘jaligi uchun biogaz qurilmasi BGQ – 25, BGQ – 50 va BGQ-100
Biogaz ishlab chiqarish keng miqyosda rivojlantirilmoqda. XXRda BioGEQ soni 7 mln.dan ortib 30 mln.ga yaqin qishloq aholini energetik talabini ta’minlamoqda. Hindistonda bir necha yuz BioGEQ mavjud. Shveytsariya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Gollandiya, AQSH va boshqalarda hajmi 100-300 m3 bo‘lgan qurilmalar hayvonlar fermalarida chiqindilarni qayta ishlab biogaz olishga moslashilgan.
QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARI ASOSIDAGI QURILMALARNING TEXNIK-IQTISODIY KO‘RSATKICHLARINI
HISOBLASH
Mamlakat yoqilg‘i-energetika majmuasiga mikrogidroelektrostansiyalarni maqsadli kiritilishi, ularni qurilishdagi iqtisodiy samaradorligi hisob-kitoblarini iqtisodiy tahlillar yordamida aniqlanadi. Mikrogidroelektrostansiyalarni qurilishi va boshqa turdagi gidroenergetik qurilmalarini iqtisodiy samaradorligini hisoblashdagi asosiy usullaridan biri bo‘lib, taqqoslama samaradorligi usuli hisoblanadi. Bu usul orqali qurilish hamda keyingi ekspluatatsiya xarajatlari boshqa turdagi gidroenergetik qurilmalari bilan taqqoslash hisob-kitob qilinadi va aniq iqtisodiy xulosa chiqariladi. Eng kichik xarajatlarga ega bo‘lgan variant iqtisodiy tomondan maqbul variant hisoblanadi.
Ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining tannarxi hamda qurilmaga kiritilayotgan kapital xarajat miqdori elektr stansiyaning ratsional joylashuviga bog‘liq. Mikrogidroelektrostansiyani o‘rnatish uchun joyini tanlash va uni hududga bog‘lab o‘rnatilishi davomida ko‘p omilli quyidagi masalani yechishga to‘g‘ri keladi:
suv oqimidan olinadigan energiyani dastlabki miqdorini aniqlash;
suv tushishining bosimi hamda uning balandligini hisobga olish;
suv energiyasini generatsiyalash uchun ketadigan suv hajmini aniqlash;
suv quvurlarining parametrlarini belgilash;
gidrogeneratordan iste’molchilarga boradigan elektr liniyasining uzunligi hamda uning quvvatini aniqlash lozim.
Yuqorida keltirilgan omillar bir-biriga bog‘liq bo‘lib, ular o‘z navbatida qurilmaning iqtisodiy samaradorligiga ta’sir etadi. Mikrogidroelektrostansiyalar respublika iqtisodiyotini rivojlanishiga yoki energetik tizimiga katta ta’sir qilmaydi. Bu qurilmalarning o‘rnatilishidan asosiy maqsad mamlakat energetika balansini jalb qilish va shu orqali qayta tiklanuvchan energiya resurslaridan samarali foydalanish hisoblanadi. Albatta, bu mikrogidroelektrostansiyalar katta va o‘rta GESlar beradigan va ishlab chiqaradigan elektr energiyasini ishlab chiqarishga quvvati yetmaydi. Lekin
elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar bo‘lgan paytida yoki avtonom elektr energiyasi ta’minotida mikrogidroelektrostansiyalar tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi aholi va kichik ob’ektlarni elektr energiyasi bilan ta’minlash imkonini beradi.
Markazlashtirilgan elektr energiyasi tizimi bilan mikrogidroelektro- stansiyalarning iqtisodiy samaradorligini aniqlashda, mikrogidroelektrostansiya tomonidan ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi ta’rif qiymati (TMGES) va markazlashgan energiya ta’minoti tizimdagi elektr energiyasi ta’rifi (TEET) bilan solishtirish yo‘li orqali amalga oshiriladi. Bunda mikrogidroelektrostansiya quyidagi talab bajarilgandagina samarali hisoblanadi:
|
| |