|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta
|
bet | 33/72 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 3,9 Mb. | | #110943 |
Bog'liq Qayta tiklovchi energiya manbalari oquv qollanma (2) (3)Rotoanemometrlar. Rotoanemometrlarda shakli bo‘yicha yarimsfera yoki yarim silindrlarga yaqin keluvchi kosa yoki havo parragi ko‘rinishida tayyorlangan
«kurakchali» parraklar shamol tezligining birlamchi datchigi vazifasini bajaradi (4.5- rasm).
4.5-rasm. Rotoanemometr tenglamasini keltirib chiqarish sxemasi
Havo oqimining parrakka bosimi oqim tezligi qancha katta bo‘lsa, parrakni shuncha tez aylanishga majbur qiluvchi aerodinamik kuch momentini hosil qiladi. Biron yo‘l bilan parrakning aylanish tezligini o‘lchab, uni aylanib o‘tuvchi havo tezligini aniqlash mumkin.
Shunday qilib, aylanish tezligini o‘lchovchi taxometr rotoanemometrning ikkilamchi datchigi vazifasini bajaradi.
Aniqlik maqsadida to‘rtta kosali parrak uchun havo oqimining tezligi va parrakning aylanish tezligi orasidagi bog‘liqlikni o‘rganamiz
Tretyakov shamol o‘lchagichi
Bu asbob dala sharoitida shamolning tezligi va yo‘nalishini aniqlashga xizmat qiladi. Flyuger kabi bu asbobning ishlashi ham erkin osib qo‘yilgan qoshiqsimon shaklli metall plastinaning aylanishiga asoslangan (4.6 - rasm). Shamolning yo‘nalishi flyugarka yordamida aniqlanadi.
4.6-rasm. Tretyakovning shamol o‘lchagichi
Asbob quyidagi tuzilishga ega. Uchli nayza bilan tugovchi vertikal o‘q 1 da rumblarning nomi tushirilgan sakkiz qirrali yig‘ma yulduz 2 mahkamlangan. Kuzatishlarda hisoblash oson bo‘lishi uchun yozuvlar yulduzning pastki yuzasiga tushirilgan. Vertikal o‘q 1 ga kichkina silindr 3 yordamida 5 posongili flyugarka 4 va
o‘zaro 76° burchak ostida qattiq mahkamlanib, o‘q 8 da erkin aylana oladigan 6 va 7 plastinkalardan iborat harakatchan tizim kiydiriladi. Flyugarka 4 qirqimlarga ega bo‘lgan to‘lqinsimon egilgan plastina ko‘rinishida tayyorlangan. Posongi 5 sharnirli tirsak 9 ga ega va asbob qutiga yig‘ilgan vaqtda yuqoriga ko‘tariladi. Plastinka 6 ning pastki qismida uchli nayza ko‘rinishidagi ko‘rsatgich 10 o‘rnatilgan bo‘lib, qoshiqsimon ko‘rinishga ega va botiqlik tomoni bilan shamolga qaratib qo‘yilgan. 6 va 7 plastinkalarning o‘rta qismida qirqimlari bor.
Shamol ta’sirida butun tizim shamol bo‘ylab buriladi hamda 6 va 7 plastinkalar kuzatish vaqtidagi shamol tezligiga bog‘liq holda biror burchakka og‘adi. Plastinka 6 ning ko‘rsatgichi 10 flyugarka tekisligiga tushirilgan shkala bo‘ylab harakatlanadi. Bu shkala bo‘limlariga shamolning m/s lardagi qiymatini ifodalovchi 0, 1, 2, 3, 4, 5,
6, 7, 8, 9, 10 raqamlari tushirilgan.
Bu shamol o‘lchagichning shkalasi V.D.Tretyakov tomonidan tajribada aerodinamik trubada berilgan shamol tezliklarida qoshiqsimon plastinka 6 ning og‘ish burchagini ko‘p marta aniqlash yo‘li bilan hosil qilingan.
Tretyakov shamol o‘lchagi yordamida kuzatishlarni o‘tkazish. Yog‘och tayoq vertikal o‘rnatiladi va unga yo‘nalish ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan o‘q 1 kiydiriladi. Bundan keyin asbobning harakatchan qismi – flyugarka kiydiriladi. Kompas yordamida yulduz 2 ning uchlari dunyo tomonlari yo‘nalishida o‘rnatiladi. Kuzatishlar oldidan vertikal o‘q 1 ni, shuningdek flyugarka hamda 6 va 7 plastinkalarning harakatida ishqalanishning yo‘qligini tekshirish lozim.
Asbob o‘rnatilganidan so‘ng kuzatishlarga kirishiladi. Shamolning yo‘nalishini aniqlash uchun flyugarka posongisi 5 ning ko‘rsatgichi holati 1-2 daqiqa davomida kuzatiladi va uning o‘rtacha holati yozib olinadi.
Shamolning tezligi shamolning yo‘nalishi aniqlangan vaqt oralig‘i uchun ko‘rsatgich 10 ning shkaladagi o‘rtacha holati bo‘yicha aniqlanadi. Shamol o‘lchagichning aniqligi shkalaning 1-6 m/s oralig‘ida 0,5 m/s, bundan katta tezliklarda 1 m/s ni tashkil etadi.
10 m/s dan katta shamol tezliklarini o‘lchash uchun plastinka 7 ning o‘rtasiga tilcha yordamida yuk qo‘yiladi. YUK bilan kuzatishlar olib borilganda shkala bo‘yicha hisoblangan barcha shamol tezliklari ikkiga ko‘paytirilishi kerak.
Kuzatishlardan keyin asbob sochiladi va yassi yog‘och qutiga joylanadi.
Dala sharoitlarida kuzatishlarga mo‘ljallangan Tretyakov shamolo‘lchagichi qo‘l anemometrlaridan ustunlikka ega. Uning ko‘rsatkichlari vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi mumkin bo‘lgan o‘tkazish ko‘paytiruvchilariga bog‘liq emas. Dala sharoitlarida asbobni tekshirish va o‘tkazuvchi ko‘paytiruvchilarning o‘zgarish qiymatlarini aniqlab bo‘lmasligi tufayli bu holat dala kuzatishlarida muhim hisoblanadi.
Tretyakov shamol o‘lchagichi ko‘rsatkichlarining to‘g‘riligini saqlash uchun 6 va 7 plastinkalar orasidagi burchakning doim bir xil, ya’ni 76° ga teng bo‘lishini nazorat qilish kerak bo‘ladi. Faqat shu burchakdagina shkala o‘z qiymatini saqlab qoladi. SHuningdek 6 va 7 plastinkalar shaklining o‘zgarmasligiga ham ahamiyat berish lozim.
Ta’kidlash lozimki, Tretyakov shamolo‘lchagichida etarli sezgirlikni saqlagan holda yo‘nalish ko‘rsatgichi va shamol kuchining tebranishlarini kamaytirish choralari ko‘rilgan. Shakli bo‘yicha plastinka 6 dan farq qiluvchi yuqoridagi plastinka 7 plastinka 6 ning dinamik posongisi hisoblanadi va shamolning kuchayishlarida shamol tezligi ko‘rsatgichining tebranishlarini kamaytirishga xizmat qiladi. Flyugarkaning dum qismi uning tebranishlarini tinchlantirish maqsadida to‘lqinsimon shaklda yasalgan.
|
| |