|
-rasm. Havodan nam kondensatsiyasini olish uchun shamol qurilmasining sxemasi
|
bet | 29/72 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 3,9 Mb. | | #110943 |
Bog'liq Qayta tiklovchi energiya manbalari oquv qollanma (2) (3) 4.2.-rasm. Havodan nam kondensatsiyasini olish uchun shamol qurilmasining sxemasi.
1 – shamol turbinasi; 2 – quritilgan havosini yo‘qotish uchun shaxta; 3 – namlikning havodan chiqib ketish darajasini aniqlash uchun qurilma;
4 – havo o‘tkazgichlar-issiqlik almashinuvchilar; 5 – havoning filtr bilan changlanmasligi shamol obrazli stoyak; 6 – klapan; 7 – suvni yig‘ib olish uchun rezervuar.
Bu maqsadlar uchun shamol qurilmasining mexanik sekin yuruvchi ko‘p pog‘onali suv ko‘targich ancha yaroqlidir, ular umuman olganda hamma yerda o‘rnatilishi mumkin, ya’ni shamolning o‘rtacha tezligi 3 m/s kam bo‘lmagan joyda.
Izolyatsiyalangan qabul qilgichlarning odatda qishloq joylarida joylashganlarning elektr bilan ta’minoti uchun quvvati katta bo‘lmagan (5 kVt gacha) shamol elektroagregatlarni qo‘llash to‘g‘ri deb hisoblanadi. Ular shamolning o‘rtacha yillik tezligi 4-5 m/s dan kam bo‘lmagan paytda ishlay oladi.
Bunday hollarda bir vaqtning o‘zida energiyaning rezerv manbaini akkumulyatorlarni yoki dizel – elektr agregatlarni qo‘llash foydadan holi emas, bu esa shamol energiyasining qo‘llanishi foydasini kamaytiradi.
Agar shamol qurilmasining to‘plamiga energiya akkumulyatori kiritilgan bo‘lsa, unda u shamolning yetarli katta tezligida energiya tejaydi va qabul qilgichga shamolning pasayishida beradi. Ammo elektrokimyoviy akkumulyatorlar nisbatan katta bo‘lmagan 20-30 kVt/kg energiya sig‘imiga ega. Shuning uchun shamol qurilmalari akkumulyatorlar bilan ko‘pincha quvvati 1 kVt dan kam bo‘lmagan qurilmalarda qo‘llaniladi. Katta quvvatga ega bo‘lganda energiya ta’minotining havfsizligini oshirish uchun eng yaxshi yo‘li bu geotermal agregatlarning quyoshli fotoelektrik stansiyalari, kichik va mikro GES lar va biogazli qurilmalar bilan bir yagona energiya kompleksga birlashtirishdir.
Quvvati 10 kVt dan oshiq bo‘lgan shamol agregatlari o‘rtacha quvvat bilan (500 kVt gacha) va megavatt sinfigacha odatda 2-3 bilan tezyuruvchi shamol g‘ildiraklarga ega va shamol potensiallarning 20 m/s oshiq bo‘lgan paytda ishga yaroqlidir.
Yirik shamol stansiyalarning qurilishi umumiy elektr tarmog‘iga ishlovchi yoki faqatgina yirik qishloqlar uchun elektr bilan ta’minlash, faqatgina birgina holatlarda o‘ringa ega, chunki mavjud bo‘lgan shamol rozasi va uning energetik potensiali katta
emas.
|
| |