4.3-rasm. Daniyadagi shamol tegirmonining umumiy ko‘rinish
XX asrni 80-yillariga kelib shamol energiyasidan foydalanish 3 ta asosiy yo‘nalishda olib borildi.
25 kVt gacha bo‘lgan kichik quvvatli shamol agregatlari bo‘lib. Bular yordamida mustaqil iste’molchi bo‘lgan suv nasoslari va sug‘orish qurilmalarini ishlatishda foydalanilgan.
55 – 500 kVt gacha bo‘lgan o‘rta quvvatli shamol agregatlari guruh bo‘lib, birgalikda elektr energiyasini iste’mol qiluvchi fermer xo‘jaliklarida foydalanib kelingan.
1 MVt va undan katta bo‘lgan shamol agregatlari kam sonda yaratilinib, katta-katta xo‘jaliklarni elektr energiyasiga bo‘lgan talabni qondirishda, qishloqlarda aholisi zichroq joylashgan yerlarda samarali foydalanib kelmoqdalar.
Shamol energiyasidan foydalanishda uni iqtisodiy tejamkorligini, samaradorligi va ekologik tozaligini e’tiborga olish lozim. Rivojlangan davlatlarda shamol elektr stansiyalaridan foydalanish shuni ko‘rsatdiki 100÷300 kVt energiyali shamol elektr stansiyalaridan foydalanish iqtisodiy tomondan eng samarali hisoblanar ekan. Bu o‘rta quvvatdagi SHES dizel-generatorlari bilan birgalikda (rezerv hisobida) ishlatilishi maqsadga muvofiq bo‘lib, energiyadan foydalanishda uzluksizlikni ta’minlaydi. Bunday alohida mustaqil va kombinatsiyalashgan SHES larni yaratish hozirda keng yo‘lga qo‘yilgan.
SHES lardan foydalanishdagi salbiy sababga SHES larning agregatlarini o‘rnatish uchun zarur bo‘lgan katta maydon va bu maydonning holatini saqlash uchun ekologik va iqtisodiy qo‘shimcha xarajatlar. Masalan 1 km2 maydonga joylashgan issiqlik elektr stansiyasidan 1000 MVt yoki quyosh elektr stansiyasidan 30÷60 MVt olinsa, SHES eng ko‘pi bilan 10 MVt energiya olsa bo‘ladi. Bundan tashqari SHES lardagi agregatlarni ishlashida vujudga keladigan shovqin hisoblanib, qurilma oldida o‘rtacha 50÷80 dB tashkil etadi. Shamol energiyasidan keng foydalanayotgan Germaniya, Daniya va Niderlandiya davlatlarida SHES lardagi agregatlarning shovqini kunduzi 50 dB, kechqurun 35 dB da oshmaslik bo‘yicha qonun qabul qilingan. SHES dan aholi yashaydigan uylargacha bo‘lgan eng qisqa masofa 20÷75 metr, elektr uzatish tarmog‘igacha 39÷52 metr bo‘lishi ham qonun bilan belgilab qo‘yilgan.
500 kVt va undan ko‘proq quvvatga ega bo‘lgan SHES lardan foydalanish ular egallagan maydonni sezilarli darajada ixchamlashtirish va elektr stansiyaning tannarxini arzonlashtirish imkoniyatlarini beradi.
Shamol energetik qurilmalar (SHEQ) quyidagi xususiyatlari bilan sinflarga bo‘linadi:
quvvat bo‘yicha – kichik (10 kVt gacha), o‘rta (10 dan – 100 kVt gacha),
katta (100 dan – 1000 kVt gacha), o‘ta katta (1000 kVt dan ko‘proq).
ishchi aylananing parraklari – bir, ikki, uch va ko‘p parrakli.
ishchi aylananing shamol oqimiga nisbatan yo‘nalishi
gorizontal o‘qqa nisbatan tezlik vektorini parallel yoki perpendikulyar yo‘nalishlarida.
SHEQ lar minorasining tuzilishi trubasimon shaklda bo‘lib, unda gandolning asosiy energetik, mexanik va yordamchi qurilmalari joylashtiriladi. Bulardan tashqari ishchi aylana yoki rotor parraklari bilan o‘rnatilib, shamol energiyasini elektr energiyasiga aylantirish vali hamda valning aylanish chastotasini oshiruvchi reduktor ham minoraga maxkamlanadi. Rotorning parraklari SHEQ sining foydali quvvatini oshirish maqsadida, uning vtulkasiga qattiq qo‘zg‘almas qilib yoki o‘z joylashuvini shamolning yo‘nalishiga qarab o‘zgartiradigan qilib o‘rnatiladi. SHEQ laridagi generatorlarga ko‘pgina holatlarda sinxron va asinxron hamda kamdan-kam holatlarda asinxronlashgan sinxron generatorlar ishlatiladi. Har bir SHEQ si shamol tezligining 3 ta qiymati bilan tavsiflanadi. Ularning xususiyatlarini ajratish mumkin:
p
1 min , bunda
0 min
bo‘lib, SHEQ sining quvvati nolga teng bo‘ladi,
p
p
2 N - quvvat bo‘yicha shamol tezligini hisoblangan qiymati, bunda
min
p
N
bo‘lib, SHEQ ning quvvati shamolni tezligi va rotorni aylanish
p
chastotasiga bog‘liq o‘zgaradi.
3 max , bunda
max
bo‘lib, SHEQ ning
p
p
quvvati nolga teng bo‘ladi. Bunga, rotor aylanishining majburiy to‘xtatilishi yoki parraklarni shamol tezligi vektoriga parallel bo‘lishi sabab bo‘ladi.
|