|
Shamolning aerologik va energetik xarakteristikalari
|
bet | 30/72 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 3,9 Mb. | | #110943 |
Bog'liq Qayta tiklovchi energiya manbalari oquv qollanma (2) (3)
Ko‘pchilik shamolni zararli tomonini inobatga olib uni – bo‘ron, uyurma, to‘fon, tornado va boshqalar, foydali tomoniga e’tibor ham bermaydi. Shamollar buzish va vayronalar keltirib chiqarishi bilan bir qatorda insoniyatga foyda berib xizmat qilishi mumkinligi qadim zamonlardan ma’lum bo‘lgan. Shamol kemalarning yelkanlarini yoyib, shamol tegirmonlarning parraklarini harakatga keltirib bir necha o‘n asrlardan beri insoniyatga xizmat qilib kelmoqda. Insonlar shamol energiyasini boshqarishni qadimdan bilib, undan o‘z maqsadlarida foydalanib kelganlar.
Xitoyda eramizdan 3 ming yil avval sodda shamol dvigatellaridan foydalanganliklari fanga ma’lum. Ular bu dvigatellar yordamida suv chiqarib dala ishlarida sug‘orish vositasi sifatida foydalanganlar. Keyinchalik bu usuldan Niderlandiya dengiz suvini qirg‘oq bo‘ylaridan chiqarib tashlashda foydalanganlar. 1970-yillardagi neft tanqisligi va buning natijasida kelib chiqqan neft krizisi shamol energiyasidan xalq xo‘jaligining turli sohalarida zamonaviy agregatlarni ishlatishga va elektr energiyasi olishda foydalanish imkoniyatlari va istiqboli borligini ko‘rsatib berdi. Hozirda bu sohada Germaniya birinchilardan hisoblansa, Ispaniya va Amerika Qo‘shma Shtatlari ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda bormoqdalar. 2030-yillarga kelib Daniyada mamlakat uchun zarur bo‘lgan elektr energiyasining 50 % ini shamol energiyasidan olish rejalashtirilmoqda (4.3-rasm).
1931-yili Qirimda dunyoda eng katta 100 kVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasi (SHES) ishga tushirilgan. Stansiya Sevastopel shahriga 6300 V berib, 1942-yilgacha ishlagan. Bu stansiya bir yilda 270 MVt/soat energiya bera olgan. Ulug‘ Vatan urishi yillarida Qirim SHES vayron bo‘lgan. Shu davrlarda 1000 va 5000 KVt energiya bera oldigan SHES larning loyihalari yaratilgan bo‘lib, urush tufayli bu loyihalarni amalgam oshirish imkoniyatlari bo‘lmagan.
1950-1965-yillarda shaxsiy xo‘jaliklarni energiyaga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida har yili 8-9 ming o‘rtacha quvvatdagi SHES lari ishlab chiqarilgan.
Dunyo iqtisodiyotidagi so‘ngi inqiroz, energiya manbalari bo‘lmish neft va
gazni jahon bozoridagi narxini jadallik bilan o‘sishi, qayta tiklanuvchi energiya
manbalaridan foydalanishga va ularni samaradorligini oshirishga hamda tan narxini kamaytirishga katta talablar qo‘ymoqda. Bu qayta tiklanuvchi energiya manbalari qatoriga shamol energiyasini ham kiritish maqsadga muvofiqdir.
|
| |