• 3.11-rasm. Gorizontal radial-o‘qiy turbinalar o‘rnatilgan kichik GES
  • 3.3-jadval. Cho‘mich turbinali gidroagregatlar
  • -jadval. Radial-o‘qiy turbinali gidroagregatlar




    Download 3,9 Mb.
    bet23/72
    Sana04.12.2023
    Hajmi3,9 Mb.
    #110943
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   72
    Bog'liq
    Qayta tiklovchi energiya manbalari oquv qollanma (2) (3)

    3.2-jadval. Radial-o‘qiy turbinali gidroagregatlar





    T.R.

    Parametrlari

    Gidroagregat turlari

    1.

    Quvvat, kVt

    950 gacha

    550

    3300

    5600

    2.

    Bosim, m

    30÷100

    25÷55

    70÷120

    100÷160

    3.

    Suv sarfi, m3/s

    0,4÷1,25

    0,4÷1,3

    0,6÷3,2

    1,5÷4,0

    4.

    Turbina rotorining aylanish
    tezligi, min-1

    1000; 1500

    1000

    600; 750;
    1000

    750; 1000

    5.

    Nominal kuchlanish, V

    400; 6000

    400; 6000

    6000;
    10000

    6000;10000

    6.

    Elektr tokining nominal
    chastotasi, Gs

    50

    50

    50

    50

    Radial-o‘qiy turbinalarning bosimli quvurida gidravlik zarb hosil bo‘lish ehtimoli bor. Generatorda halokat yuz berganida yoki yuklama birdan tushib ketganda yo‘naltiruvchi parraklar suv sarfini kamaytiradi va hosil bo‘lgan gidravlik zarb natijasida quvur yorilib ketishi mumkin. Falokatlarni yo‘qotish uchun radial- o‘qiy turbinalar bosim o‘zgarib turganda spiral kameradan suvni tashlab yuboruvchi va saqlovchi salt tashlagichlar bilan ta’minlanadi.
    Yuqori bosimda ishlaydigan radial-o‘qiy turbinalarda ish g‘ildiragi parraklariga urilmay oqib o‘tadigan suv miqdorini kamaytirish muhim ahamiyatgan ega. Buning uchun bir-biriga ulanadigan qismlar katta aniqlikda tayyorlanadi hamda bosim isrofini kamaytiruvchi maxsus tiqinlar bilan jihozlanadi.
    Radial-o‘qiy turbinalarni ishlab chiqarishda, ularni uzoq vaqt va ishonchli ishlashini ta’minlovchi, yemirilishga chidamli, maxsus po‘lat materiallardan foydalaniladi.
    Radial-o‘qiy turbinali gidroagregatlar, turbinalar va mikro GESlarni tanlash diagrammasida 24÷250m li bosimlari, 75÷5000 kVt quvvatlari hamda 300÷4000 l/s suv sarfi oraliqlarida ishlashi ko‘rsatilgan (3.10-rasm).




    a)




    b)



    3.10 rasm. Vertikal (a) va gorizontal (b) o‘rnatiladigan radial-o‘qiy

    turbinalar.


    Radial-o‘qiy turbinalar vertikal hamda gorizontal holatlarda o‘rnatilishi mumkin. 3.9-rasmda MNTO INSET birlashmasida tayyorlangan hamda vertikal va gorizontal o‘rnatiladigan radial-o‘qiy turbinalar ko‘rsatilgan. Radial-o‘qiy turbinalar asosan konussimon so‘rib ketish quvurlari bilan jihozlanadilar. 3.10 va 3.11 - rasmlarda konussimon so‘rib ketish quvurlari bilan jihozlangan, gorizontal (3.10. a va 3.11-rasmlar) hamda vertikal (3.10.b-rasm) o‘rnatilgan radial-o‘qiy turbinalar ko‘rsatilgan.




    3.11-rasm. Gorizontal radial-o‘qiy turbinalar o‘rnatilgan kichik GES


    binosining ko‘rinishi.
            1. Aktiv-cho‘michli turbinalar (Pelton turbinasi)


    Aktiv-cho‘michli turbinalar sekin yuruvchi turbinalar sinfiga mansub bo‘lib, uning ishchi g‘ildiragi pastki bef sathidagi erkin havo bo‘shlig‘ida joylashadi va faqatgina kinetik energiyaga ega bo‘lgan suv oqimi erkin holatda atmosfera bosimi ostida ishchi g‘ildirakka kelib uriladi. Shuning uchun ba’zi bir vaqtlarda aktiv turbinalarni erkin oqimli turbinalar ham deb atashadi.
    Yirik cho‘michli turbinalar asosan yuqori - 40÷2000 m bosimlarda qo‘llaniladi. MNTO INSET birlashmasi, mikro va kichik GESlarda foydalanish mumkin bo‘lgan quyidagi ko‘rsatgichli turbinalar hamda mikroGESlarni ishlab chiqaradi. Kichik quvvatli turbinalar va mikroGESlarni tanlash diagrammasi (3.2-rasm) hamda 3.3 va 3.4-jadvallarda cho‘mich turbinali gidroagregatlar hamda mikrogidroagregatlarning asosiy parametrlari keltirilgan. Suv oqimi kelib uriladigan cho‘michlar sonini ko‘paytirib quvvatni oshirish uchun ikki karrali Banki turbinalari ishlab chiqilgan.


    3.3-jadval. Cho‘mich turbinali gidroagregatlar







    Parametrlari

    Gidroagregat turlari

    GA-5

    GA-10

    Quvvat, kVt

    145÷620

    290÷3300

    Bosim, m

    150÷250

    200÷450

    Suv sarfi, m3/s

    0,17÷0,32

    0,19÷0,90

    Turbina rotorining aylanish tezligi, min-1

    500; 600

    600; 750; 1000

    Nominal kuchlanish, V

    400; 6000

    400; 6000; 10000

    Elektr tokining nominal chastotasi, Gs

    50

    50




    Download 3,9 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   72




    Download 3,9 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -jadval. Radial-o‘qiy turbinali gidroagregatlar

    Download 3,9 Mb.