|
derivatsiya (suvni asosiy o‘zandan tarmoqlab olish) (3.6-rasm)
|
bet | 20/72 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 3,9 Mb. | | #110943 |
Bog'liq Qayta tiklovchi energiya manbalari oquv qollanma (2) (3) derivatsiya (suvni asosiy o‘zandan tarmoqlab olish) (3.6-rasm).
Bosim ostidagi suv energiyasini elektr energiyasiga aylantirish, gidravlik turbinalar yordamida amalga oshiriladi. Turbinanig asosiy qismlaridan biri – ish g‘ildiragidir. Yuqori bef (YU.B.) dan bosim quvurlari orqali tushayotgan suv, ish g‘ildiragi parraklariga urilib uni aylantiradi. Ish g‘ildiragi o‘qiga ulangan generatorning aylanishi natijasida elektroenergiya ishlab chiqariladi.
3.5-rasm. Bosimni bir joyga to‘plashning to‘g‘onli usuli.
3.6-rasm. Bosimni bir joyga to‘plashning derivatsiya (suvni asosiy o‘zandan tarmoqlab olish) usuli.
To‘g‘onli sxemada, to‘g‘on bilan daryo o‘zani berkitiladi va suv sathi yuqoriga ko‘tariladi hamda yuqori va pastgi bef (P.B.) suv sathlari farqi miqdorida bosim hosil qilinadi.
Katta nishabli tog‘ daryolarida bosim derivatsiya kanali yordamida hosil qilinadi. Daryo o‘zani uncha baland bo‘lmagan to‘g‘on bilan bekitiladi va suv derivatsiya kanali hamda uning oxiridagi bosimli basseynga joylashgan bosim quvurlari yordamida turbinalarga uzatiladi.
Mikro GES turlari va ularning ish rejimi
O‘zbekistondagi mavjud gidroelektr stansiyalarning aniqlangan quvvati 1,7 GVt dan ortadi. Bu har yili 6 TVt soat arzon energiya ishlab chiqarish imkonini beradi. Hozir respublikada qariyb 30 MVt quvvatga ega oltita yangi katta va kichik gidroelektr stansiyasi barpo etilmoqda. Umumiy quvvati 520 MVt dan ortiq yana to‘qqizta, jumladan, yirik Piskom gidroelektr stansiyasini (400 MVt) qurish bo‘yicha takliflar tayyorlandi.
O‘zbekiston hududidan oqib o‘tadigan 650 ta daryo, ko‘plab irrigatsiya kanallari va suv omborlarining resurslari bir yilda 21 TVt soat elektr energiyasini ishlab chiqaradigan ko‘plab gidroelektr stansiyalar barpo etish uchun texnik imkoniyatlarni ta’minlaydi. Ushbu elektr energiyasi quvvati mikrogidroenergetika salohiyati aniqlangandan so‘ng yanada oshishi mumkin.
Kichik va mikrogidroelektr stansiyalar elektr ta’minoti tarmog‘idan foydalanish imkoniga ega bo‘lmagan olis tumanlarda qo‘llanilishi mumkin. Ayni paytda mahalliy korxona va tashkilotlar GESlar uchun uskuna ishlab chiqarmayotgani va asosan qurilish-montaj ishlarini bajarayotganiga qaramay, temir konstruksiyalar, kabellar, simlar, nazorat-o‘lchash asboblari, akkumulyatorlar, boshqa ayrim butlovchi qismlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish imkoniyati mavjud.
Kelajakda mikro va kichik gidroelektrostansiyalar uchun uskunalar,
jumladan, ayni paytda O‘zbekistonda foydalanilayotgan turli xil turbinalar o‘rniga kuchli bosim va quvvatga ega ko‘ndalang-purkovchi turbinalarni shu erda ishlab
chiqarish imkoniyatini ko‘rib chiqish mumkin.
Mikro GES gidravlik elektrostansiyalar sinfiga taalluqli bo‘lib, quvvati 100 kVt gacha bo‘ladi. Biroq energiyani o‘zgartirishning fizik jarayonlari katta quvvatdagi GES bilan bir xil bo‘lib ayrim farqli tomonlari mavjud.
Energiya tizim tarkibidagi ishlaydigan katta quvvatli GESdan farqli ravishda mikro GES ko‘pchilik holatda mayda cheklangan iste’molchilarni (ya’ni markazlashtirilgan energiya ta’minotidan uzoqdagi ob’ektlarni) ta’minlashda foydalaniladi. Yirik GES ni qurishda xarajatlarning asosiy qismnii gidrotexnik inshootlarning tannarxi tashkil etadi. Mikro GES uchun damba inshootlarini qurish shart emas.
Qoidaga muvofiq, ruslovaya (o‘zanli) yoki derivatsion (suvni asosiy o‘zandan tarmoqlab olish) sxemalardan foydalaniladi (3.7-rasm).
a – derivatsion (suvni asosiy o‘zandan tarmoqlab olish)
|
b - ruslovaya (o‘zanli)
|
|
| |