|
Kichik va mikro gidroelektrostansiyalarning ish rejimlari
|
bet | 19/72 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 3,9 Mb. | | #110943 |
Bog'liq Qayta tiklovchi energiya manbalari oquv qollanma (2) (3) Kichik va mikro gidroelektrostansiyalarning ish rejimlari
Irrigatsiya tizimiga qurilib ekspluatatsiya qilinayotgan kichik GESlar irrigatsiya rejimida, ya’ni faqatgina ekinlarning vegetatsiya-sug‘orish davrida (3 oy, 6 oy 9 oy va hokazo) ishlaydi (masalan, CHirchiq-Bo‘zsuv irrigatsiya tizimidagi 22 dona GESlar kaskadi). CHirchiq-Bo‘zsuv energetik kaskadi 3.3-rasmda ko‘rsatilgan. Irrigatsiya rejimida ishlaydigan GESlar, to‘xtovsiz energetik rejimda ishlaydigan GESlardan keskin farq qiladi.
3.3-rasm. Chirchiq-Bo‘zsuv GES lar kaskadi.
Energetik rejimda to‘xtovsiz ishlaydigan GESlar, yillik va ko‘p yillik suv bilan ta’minlovchi, tog‘ va tog‘oldi daryolariga quriladigan suv omborli to‘g‘onlarga o‘rnatiladi (Masalan, Qirg‘izistondagi To‘xtag‘ul, Tojikistondagi Rog‘un GESlari va boshqalar).
Energetik rejimda to‘xtovsiz ishlaydigan GESlar yillik va ko‘p yillik suv bilan ta’minlovchi, tog‘ va tog‘oldi daryolariga quriladigan suv omborli to‘g‘onlarga o‘rnatiladi. To‘xtovsiz energetik rejimda ishlaydigan GESlar, irrigatsiya rejimida - ekinlarning vegetatsiya davriga bog‘liq holda ishlaydigan GESlardan keskin farq qiladi. 3.4-rasmda har xil rejimda ishlayotgan suv ombori ko‘rsatilgan.
3.4-rasm. Har xil rejimda ishlayotgan suv omborining suv sarflari:
1-irrigatsion; 2-energetik; 3-birgalikda (irrigatsion-energetik); 4-suv omboriga o‘rtacha ko‘p yillik suvni oqib kelishi.
GES va GAES lar, ularning turlari va ishlash prinsipi.
Suv oqimining gidravlik energiyasini elektr energiyasiga aylantirib beruvchi gidrotexnik inshootlar va gidroenergetik jihozlar yig‘indisiga gidroelektrostansiya (GES) lar deyiladi.
Ma’lum balandlikda joylashgan tabiiy va sun’iy yig‘ilgan suvdan elektroenergiya ishlab chiqaruvchi, ham turbina ham nasos joylashtirilgan energetik ob’ektga suvni yig‘uvchi (gidroakkumulyatsilovchi) gidroelek-trostansiya (GAES) deyiladi.
Bosimni bir joyga to‘plashning ikki xil usuli mavjud: to‘g‘onli (3.5-rasm) va
|
| |