|
-rasm. Mikro GES da napor (suv bosimini) hosil qilish sxemalari
|
bet | 21/72 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 3,9 Mb. | | #110943 |
Bog'liq Qayta tiklovchi energiya manbalari oquv qollanma (2) (3) 3.7-rasm. Mikro GES da napor (suv bosimini) hosil qilish sxemalari.
Daryodan suvning bir qismi ajratib olinib katta tezlik bilan harakatlantirilib
quvurga beriladi va foydalanganidan so‘ng gidroturbina orqali daryoga beriladi. Bu qurilishga sarflanayotgan kapital chiqimlar atrof muhitga minimal ta’sir ko‘rsatadigan holda amalga oshiriladi.
Mikro GES da ishlatiladigan gidroturbinalarning har xil turlari mavjud: o‘qli, diagonalli, cho‘michli, ko‘ndalang suyrili, tez oqimli (tizzillatib suvni otuvchi) va hakozo. Bunda hamma gidroturbinalar ish jarayoniga ko‘ra 2 ta asosiy turga – aktiv va reaktiv turbinalarga bo‘linadi.
Aktiv (erkin oqimli) turbinalar saplodan erkin chiqib ketayotgan oqim kinetik energiyasidan, reaktiv (naporli tez oqimli) turbinalarda asosan oqimning potensial energiyasidan foydalaniladi. MikroGESlar turbinalarining eng ko‘p tarqalganlari Pelton, Frensis, Kaplan, Banka bo‘lib, ular o‘z parametrlariga ega.
MikroGESning kapital chiqimlari foydalanilayotgan suv naporiga bog‘liq bo‘lib, yuqori naporli MikroGESlar tog‘li rayonlar uchun qulay.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra mikroGESlarning o‘zini qoplash harajatlari 3-5 yilni tashkil etadi. Gidroturbinalardan tashqari mikro GES tarkibiga elektrik generator, chiqish kuchlanishini stabillashtiruvchi tizim va bir qancha elementlar kiradi.
Ma’lumki, turbinalar turini tanlash uchun ularning yig‘ma grafiklari shakllantiriladi. Yig‘ma grafiklar maydonida berilgan bosim, suv sarfi va quvvatga nisbatan gidroturbinalarning turlari joylashtiriladi. 3.7-rasmda MNTO INSET birlashmasi tomonidan kichik quvvatli turbinalar va mikroGESlarni tanlash uchun tayyorlangan diagramma keltirilgan. Yig‘ma grafikning eng kichik bosim va suv sarflarida parrakli gidroturbinalar hamda parrakli turbinali kichik GESlar joylashgan. Ularning quvvati 1 kVt dan 1 000 ÷ 1 200 kVt oralig‘ida joylashgan.
Shunisi diqqatga sazovorki, ushbu gidroturbinalar uchun boshlang‘ich bosim 1,8 m dan boshlanib 30 m da tugaydi (3.8-rasm). Bunday gidroturbinali agregatlar, ayniqsa, irrigatsiya tizimlaridagi bosimi kichik kanallarga o‘rnatish uchun juda qulay.
|
| |