• KICHIK SUV OQIMLARI ENERGIYASIDAN FOYDALANISH
  • -jadval. Maishiy uskunalarni elektr eneriyasi bilan ta’minlash




    Download 3,9 Mb.
    bet17/72
    Sana04.12.2023
    Hajmi3,9 Mb.
    #110943
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   72
    Bog'liq
    Qayta tiklovchi energiya manbalari oquv qollanma (2) (3)

    2.3-jadval. Maishiy uskunalarni elektr eneriyasi bilan ta’minlash







    Elektr jihozlari nomi



    Sutkalik ish vaqti, soat

    Ish tartibi

    Quvvati,
    kVt



    Markasi

    Iste’mol
    quvvati kVt/soat

    1

    Elektr plita

    3,0

    davriy

    1,0/3,0

    turli

    2

    Mikroto‘lqinli pech

    0,5

    Davriy

    0,8/0,4

    Elektronika»
    va boshqalar

    3


    Muzlatkichlar, sovutkichlar

    -


    Kun davo-
    mida, uzlukli

    0,05/1,1


    MM-163/16



    4


    Kir yuvish mashinasi

    -


    Epizodik,
    yiliga 100 soat

    0,25/-


    «Malyutka-2»



    5


    DEU konditsioneri darchali

    3,0


    Faslga qarab 3 oy
    yozda

    0,52/1,56



    DEU - 052 s



    6

    Rangli televizor

    -

    18-00,
    24-00

    0,05/0,3

    Turli turdagi

    7

    Videomagnito- fonlar, magnitafonlar, radio priyomniklar va
    elektr britvalar

    10,0

    Kun davomida

    0,02/0,2

    Turli turdagi

    8


    polventilyatori



    10,0


    Faslga qarab,
    yozda

    0,075/0,75



    Superji-neral



    9

    Chang yutkich

    -

    Enizodik

    0,7/-

    «Raketa-600»

    10

    Sakovijimalka

    -

    Enizodik

    0,2/-

    Turli

    11


    Dazmol


    -


    Davriy yiliga 50
    soat

    1,0/-


    Turli maishiy



    12

    Elektromexanik
    yozuv mashinasi

    -

    Epizodik

    0,035/-

    «YAtran» va
    har xil

    13

    Kompyuter

    -

    Davriy

    0,1/-

    Turli

    14

    Elektro britva

    0,1

    Xar kuni

    0,3/0,03

    Turli

    15

    Elektr ochgich

    -

    Epizodik

    0,5/-

    Turli maishiy

    16

    Elektr drellar

    -

    Epizodik

    0,5/-

    Turli maishiy

    17

    Elektr arra maishiy

    -

    Epizodik

    0,3/-

    «bolgarka»

    18

    Elektr jilvirlovchi
    mashinalar

    -

    Epizodik

    0,25/-

    Maishiy 41ON
    va turli

    19


    Elektr qaynatgich



    -


    Epizodik


    0,3/-


    Suvga
    kiradigan, naysimon



    Elektr isitish plitasi odatda bittadan yettitagacha qizdirish pog‘onasini ta’minlab beruvchi almashib ulagichga ega. Bir komforali elektr plitalar quvvati – 0,8-2,6 kVt, ikki komforali elektr plita – 1,8-3 kVt. Naysimon komforkali elektr plitkalar samaradorliroq va mukammalroq: bunday komforkalar uzoqqa chidamli, ularning spiral shakli esa idish tubi bilan yaxshi aloqani ta’minlaydi.
    Mikroto‘lqinli pech tejamliroq va oziq-ovqatni tez tayyorlash uchun, tayyor taomlarni isitish uchun va mahsulotlarni muzdan eritish uchun ishlatiladi. Mikroto‘lqinli pechda foydalaniladigan o‘ta yuqori chastotali elektromagnit to‘lqinlar bilan qizdirish prinsipi nafaqat taomning yuqori ta’m beruvchi sifatini ta’minlaydi, balki vitaminlarni to‘laligicha saqlaydi. Energiya iste’mol kamera hajmiga qarab 0,5 dan 2,0 kVt gacha. Kichik quvvatli tiklanuvchan energiya manbalari bilan yaxshi
    energetik mosligi, o‘zbek oshxonasi uchun noan’anaviy bo‘lgan bu pechlar juda istiqbolli hisoblanadi.
    Cho‘ktirma qaynatgich – bu naysimon elektr qizdiruvchi element bo‘lib, kam miqdordagi suvni qaynatish uchun mo‘ljallangan. Odatda 0,3 dan 2 kVtgacha quvvatli qaynatgichlar ishlab chiqariladi. Bir stakan suv 20 dan 90 0S gacha 0,3 kVt quvvatli qaynatgichlarda 5 min. davomida, 7 l suv esa 2 kVt quvvatli qaynatgichda 30 min. da qizdiriladi.
    Bu qaynatgichlarning o‘ziga xosligi yuqori FIK (98%) bo‘lib, bu suvni qaynatuvchi boshqa turdagi elektr moslamalarga nisbatan minimal elektr energiya sarfini ko‘rsatadi.
    Sovutkich – energiya sarflovchi jihoz hisoblanadi. Sovutkichlar doimo tarmoqqa ulangani uchun elektr plitalar qancha energiya sarflasa, masalan, kompressorli sovutkich (hajmiga qarab) 250-450 kVt.s, absorbsion sovutkich esa – 500-1400 kVt.s yiliga huddi shuncha (hatto ko‘proq) energiya sarflaydi.
    Iste’mol qilinadigan quvvatiga qarab zamonaviy bir turdagi muzlatkichlar bir- biridan kam farq qiladi. Sovutkichning tejamkorligi ko‘proq uning ishlatish davriyligi va ishlatish qoidalariga amal qilinishiga bog‘liq bo‘lgan ish tartibiga ega. Bu narsa muzlatkichlarga ham taalluqli bo‘lib, ulardan eng maqbuli MM-163/16 va yuklash hajmi 20 kg gacha bo‘lgan muzlatish haroratini 180 C gacha ta’minlab beruvchi o‘xshash muzlatkichlar.
    Kir yuvish mashinalari uy xo‘jaligidagi eng mehnattalab jarayonlarni bajaradi. Elektr energiya iste’mol qilish nuqtai nazaridan, ulanishi va uzilishi qat’iy dastur bo‘yicha amalga oshiriladigan avtomatik mashinalar hisoblanadi. Shu bilan birga kam miqdordagi kir yuvish zarurati tug‘iladi. Bu maqsadlar uchun uyda kichik gabaritli kir yuvish mashinasi bo‘lishi kerak. «Malyutka» nomli kir yuvish mashinasi engil, kam joy egallaydi, tez va toza yuvadi, energiya esa 200 Vt lik lampochkadan ko‘p kerak bo‘lmaydi. «Mitti» mashinasini bitta yuklash hajmi – 2 kg quruq kir hisoblanadi.
    Maishiy konditsionerlar yopiq binolarda harorat va namlikni avtomat tarzda
    ushlab turish uchun xizmat qiladi. Sovutilgan havo bilan 25; 30; 35 m2 va ko‘proq
    yuzaga ega binolarni ta’minlashga mo‘ljallangan katta miqdordagi konditsionerlar ishlab chiqariladi. Havo almashinishi bo‘yicha ularning unumdorligi mos ravishda 700, 750; 1000 m3/soat va ko‘proq DEU firmasining mukammalroq konditsionerlaridagi iste’mol quvvati 500 Vt va undan ko‘proq.
    Qolgan elektr priborlarning quvvati yoki juda kichik yoki ularni ish tartibi epizodik bo‘lib, u yil davomida kam energiya sarflaydi va ularni quvvat tavsiflarini tanlashda ikkinchi darajali qilib qo‘yadi.
        1. KICHIK SUV OQIMLARI ENERGIYASIDAN FOYDALANISH


          1. Kichik va mikro gidroelektostansiyalarning turlari hamda

    klassifikatsiyasi


    Hozirgi kunda jamiyatning rivojlanishini uning energiya bilan ta’minlanganligi belgilaydi. Ammo energiya iste’molining kundan-kunga oshib borishi hamda uni ishlab chiqarish uchun organik yoqilg‘ilardan foydalanish, atrof-muhitni global ifloslanishiga olib kelmoqda va natijada insoniyat hayotiga jiddiy xavf solmoqda. Shuning uchun hozirgi kun energetikasining dolzarb masalalaridan biri, ekologik toza, qayta tiklanadigan noan’anaviy energiya manbalaridan foydalanishdir.
    Mamlakatimiz hududi asosan tog‘ oldi va tekislik rayonlarida joylashgan. Shuning uchun bu hududlarda katta GESlar qurishning imkoni yo‘q. Chunki katta GESlarni doimiy ishlashi uchun daryolarga to‘g‘onlar qurish hamda hosil bo‘lgan suv omborlarida juda katta suv hajmini yig‘ish zarur. Natijada juda katta hududlar suv ostida qolib ketadi.
    Shuning uchun mamlakatimizda asosan meliorativ tarmoqlar(magistral, xo‘jaliklararo va ichki xo‘jalik tarmoqlaridagi kanallar, kollektor-zovur tizimlari, suv omborlari, sel-suv omborlari, soylar, buloqlar va boshqalar)ga, irrigatsiya rejimida ishlaydigan kichik va o‘rta GESlar qurib ekspluatatsiya qilinmoqda. 3.2-rasmda daryo hududlarining bo‘linishi va ularga (GESlar uchun) qurilgan suv omborlari hisob sathlarining yoyilish uzunliklari ko‘rsatilgan.
    Mamlakatimizning nazariy jihatdan bir yillik umumiy gidroenergetik imkoniyati quyidagicha:

    1. Yillik umumiy (yoki nazariy) giroenergetik potensial-88,5 mlrd. kVt/soat, shundan:

      • katta daryolar - 81,1 mlrd. kVt/soatni;

      • o‘rtacha daryolar – 3,0 mlrd. kVt/soatni;

      • kichik daryolar – 4,4 mlrd. kVt/soatni tashkil qiladi.





    Download 3,9 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   72




    Download 3,9 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -jadval. Maishiy uskunalarni elektr eneriyasi bilan ta’minlash

    Download 3,9 Mb.