• Quyosh energetikasi.
  • Shamol energetikasi.
  • Gidroenergetika.
  • Rivojlangan mamlakatlar sanoatida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini qo‘llash




    Download 3,9 Mb.
    bet13/72
    Sana04.12.2023
    Hajmi3,9 Mb.
    #110943
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   72
    Bog'liq
    Qayta tiklovchi energiya manbalari oquv qollanma (2) (3)

    Rivojlangan mamlakatlar sanoatida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini qo‘llash


    Tiklanuvchan energiya manbalarining asosiy afzalligi tugallanmasligi va ekologik tozaligi hisoblangan, ulardan foydalanish planetaning energetik muvozanatini o‘zgartirmaydi. Bu sifatlari tiklanuvchan energetikaning chet ellarda ham ularning yaqin o‘n yil ichida ma’lumot keng rivojlanishiga hizmat qiladi. Tiklanuvchan energiya manbalari insoniyat oldida turgan uchta global muammolarni echishda sezilarli rol o‘ynaydi: energetikada, ekologiyada, savdo-sotiqda.


    Quyosh energetikasi. Fotoelementlar (quyosh energiyasining elektr energiyasiga aylanishi) va tizimlar ishlab chiqarishda katta samara kutilmoqda. 1999 yilda fotoelementlar yordamida yillik energiya ishlab chiqarish 200 mVtni tashkil etdi. Yetakchi davlatlar – Yaponiya-80, AQSH-60, Germaniya-50 mVt (Rossiya-0,5 mVt). Quyoshli suv isitkichlar (quyosh kollektorlari)ning umumiy yuzasi, to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlarga asosan, dunyoda 21 mln.m2 dan oshdi, bunda quyosh kollektorlarini yillik ishlab chiqarish 1,7 mln.m2 dan oshdi. Yetakchi davlatlar: YAponiya-7, AQSH-4, Isroil-2,8, Gretsiya-2,0 mln.m2 (Rossiya-0,1 mln.m2).
    Shamol energetikasi. Shamol qurilmalarining o‘rnatilgan quvvati dunyoda 1996 yil 6172 mVt dan 1999 yil 12000 mVt gacha oshgan va 2006 yilda 3600 mVt ga etgan. Yetakchi davlatlar: Germaniya-4444 mVt, AQSH-1819, Daniya-1752, Ispaniya-1539, Hindiston-1100 mVt (Rossiya-4 mVt). Shamol energetik sanoatining aylanishi dunyoda 1998 yilda 1,7 mlrd.doll. ni tashkil etgan va oldingi yildagilarga nisbatan 31% ga ortgan.
    Gidroenergetika. Dunyodagi gidravlik energiyaning iqtisodiy potensiali 8100 tVt.s ga baholanadi. Barcha gidrostansiyalarning o‘rnatilgan quvvati 669 tVt ni tashkil etadi, ishlab chiqariladigan elektr energiya esa 2691 tVt.s.ni tashkil etadi. Shunday qilib, iqtisodiy potensial 33% ga etadi. Kichik gidroenergetikadagi dunyo bo‘yicha etakchi Xitoy hisoblanib, u erda 1950 yildan 1996 yilgacha kichik GES larning umumiy quvvati 5,9 dan 19200 mVt gacha o‘sdi. Yaqin o‘n yillikda Xitoyda
    yiliga 100 mVt gacha quvvatni kiritgan va uni yanada oshirish maqsadida ishlarni
    olib bormoqda. Shu kecha kunduzda Xitoyda yangi “uch dara” (tri uщelya) nomli juda katta gidroelektrostansiya qurilgan. Bu GES quvvati 22,4 gVt ni tashkil etib, jahonda eng katta GES hisoblanadi. Hindistonda 1998 yil yakunida kichik GESlar (3 mVt gacha birlamchi quvvatli) ning o‘rnatilgan quvvati 173 mVt ni tashkil etgan; qurilish bosqichida umumiy quvvati 188 mVt bo‘lgan GESlar mavjud. Bir qator Yevropa davlatlari shu qatori, Avstraliya, Finlyandiya, Shvetsiya va boshqa davlatlardagi kichik GESlar samarali ishlayapti.

    Download 3,9 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   72




    Download 3,9 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Rivojlangan mamlakatlar sanoatida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini qo‘llash

    Download 3,9 Mb.