|
O‘zbekiston sharoitida qayta tiklanuvchan energiya texnologiyalarini
|
bet | 12/72 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 3,9 Mb. | | #110943 |
Bog'liq Qayta tiklovchi energiya manbalari oquv qollanma (2) (3)
qo‘llash
Ayni paytda O‘zbekistonda qayta tiklanadigan barcha energiya manbalaridan daryolar energetika salohiyati muvaffaqiyatli o‘zlashtirilmoqda. Bundan tashqari so‘nggi yillarda shamol va quyosh energiyasi garchi namunaviy xususiyatga ega bo‘lsada, ulardan foydalanish bo‘yicha qator loyihalar amalga oshirildi. SHu bilan birga, respublikada qayta tiklanadigan energetikaning quyidagi texnologiyalaridan yanada kengroq foydalanish uchun imkoniyat hamda undaydigan sabablar bor:
suv isitishga mo‘ljallangan quyosh panellari;
elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun quyosh fotoelektr tizimlari;
elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun mikrogidroelektr stansiyalar;
elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun shamol generatorlari;
elektr energiyasi va issiqlik ishlab chiqarish uchun biogaz qurilmalari.
Kelajakda boshqa texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqilishi lozim, ya’ni:
chiqindi yoqadigan yirik moslamalar, masalan, Toshkent yoki Samarqand kabi yirik shaharlarda markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimida maishiy chiqindilardan foydalanish;
quyosh elektr stansiyalaridan foydalanish;
geotermal energiyadan foydalanish.
Qayta tiklanadigan energiya oqimining intensivligi ma’lum darajada yil mavsumi, kunlar va iqlim sharoitlariga bog‘liqligi tufayli ushbu energetika texnologiyalaridan foydalanishda ularni kafolatlangan va ishonchli energiya manbai deb qabul qilish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Masalan, fotoelektr ctansiyalar kechasi ishlay olmaydi, shamol qurilmalari shamol esmasa yoki uning tezligi past bo‘lsa, kerakli miqdordagi elektr energiyasini ishlab chiqarmaydi va hokazo. SHu sababli ular, odatda zaxira energiya manbaini talab qiladi va asosan an’anaviy energiya manbalari tomonidan chiqariladigan energiya miqdorini to‘ldirishga xizmat qiladi.
|
| |