|
-rasm. Nasos stansiyasi binosining tomida joylashtirilgan quyosh fotoelektrik panellari
|
bet | 4/72 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 3,9 Mb. | | #110943 |
Bog'liq Qayta tiklovchi energiya manbalari oquv qollanma (2) (3) 1.3-rasm. Nasos stansiyasi binosining tomida joylashtirilgan quyosh fotoelektrik panellari
Quyosh energiyasidan foydalanishning asosan ikki varianti bo‘yicha farqlanadi: fizik va biologik.
Fizik variantda quyosh energiyasi maxsus oynalar orqali fokuslanib, kollektorlarga yo‘naltiriladi yoki yarim o‘tkazgichli quyosh elementlari yordamida akkumulyasiyalanadi.
Biologik variantda esa o‘simlik to‘qimalarida yig‘ilgan quyosh energiyasidan fotosintez jarayonida organik moddalar (odatda yog‘och) hosil qilinadi. Ushbu variant katta miqdordagi o‘rmonlar zaxiralariga ega bo‘lgan mamlakatlar uchun qulaydir.
Masalan, Avstraliyada yaqin yillarda yog‘ochni chala yoqib pista ko‘mir hosil qilib sotish yoki to‘la yoqish orqali issiqlik energiyasini hosil qilish bo‘yicha umumiy daromadning 305 foizini qoplashni rejalashtirilgan. Bunday maqsadlar uchun Buyuk Britaniya qishloq xo‘jalik ekinlariga yaroqsiz bo‘lgan 1 mln. gektar er maydonida o‘rmonzor barpo etmoqda.
Qisqa muddatda maqsadga erishish uchun tez o‘sish xususiyatiga ega bo‘lgan terakning maxsus navlari ekilmoqda. Ushbu teraklar 3 yilda 4 metr balandlikgacha o‘sadi va poyasi 6 sm gacha yo‘g‘onlashadi.
Oxirgi yillarda qayta tiklanuvchan va noananaviy energiya manbalaridan foydalanish muammosi dolzarb bo‘lib qolmoqda. Ushbu texnologiyalar katta miqdordagi mablag‘ni talab etsada katta foyda keltiradi.
1983-yil fevral oyida dunyoda birinchi bo‘lib amerikaning «Arka Solar» firmasi quvvati 1 MVt li kuyosh elektrostansiyasidan foydlanishni boshladi. Masalan, 10 mingta maishiy iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘lgan (quvvati 10 MVt ga yaqin bo‘lgan) quyosh elektr stansiyasini barpo etilsa, unga o‘rtacha 190 mlrd. dollar mablag‘ sarflandi. Bu qattiq yoqilg‘ida ishlovchi issiqlik elektrostansiyasini barpo etishdan to‘rt marta qimmat hamda atom yoki gidroelektrostansiyasiga nisbattan uch marta katta.
Ammo shunga qaramasdan quyosh energiyasini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar
olib borayotgan mutaxassislarning fikriga ko‘ra, quyosh energiyasidan foydalanish texnologiyalarining rivojlanib borishi bilan narxlar ham pasayib boradi.
Energetikaning kelajagi quyosh va shamol energiyasiga asoslanishi ehtimoli juda yuqori.
1995-yilda Hindiston shamol energiyasini ishlab chiqarish bo‘yicha dasturni amalga oshirishni boshladi.
Hozirda Amerika qo‘shma shtatlarda shamol stansiyalarining umumiy quvvati 1654 MVt ni, Evropa Ittifoqida - 2534 MVt ni tashkil etadi, shundan 1000 MVt miqdoridagi elektr energiyasi Germaniyada ishlab chiqarilmoqda.
Ayni paytda shamol energetikasi Germaniya, Angliya, Gollandiya, Daniya, AQSHda eng ko‘p rivojlangan (faqat Kaliforniya shtatining o‘zida 15 ming shamol tegirmoni mavjud).
Ta’kidlash joizki, shamolning doimiy yangilanib turishi undan doimiy energiya olish imkonini beradi. Shamol stansiyalari atrof-muhitni ifloslantirmaydi. Shamol energetikasi yordamida dunyoning har qanday chekka va ovloq joylarini ham elektr energiyasi bilan ta’minlash mumkin.
Misol uchun, Guadalupedagi Desirat orolining 1600 kishidan iborat bo‘lgan aholisi 20 ta shamol generatori tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasidan foydalanadi.
Suv oqimlari energiyasiga asoslargan elektrostansiyalar. Qayta tiklanuvchan energiya manbalaridan yana biri daryo va dengiz oqimi energiyasidan foydalanishga asoslangan. Bunday elektrostansiyalarda suv to‘lqini oqimi energiyasidan foydalanib elektr energiyasi olishda daryo o‘zanida yoki bevosida dengizlarning qirg‘oqlarida oqim elektrostansiyalari quriladi.
Bunday elektrostansiyalarning bir qancha turlari tadqiq etilgan. Masalan, dengiz va daryo qirg‘og‘idagi suv oqimi yordamida harakatlanadigan oqim bosimi asosida ishlovchi elektrostansiyalar yoki bevosita qirg‘oq bo‘ylab suv ostiga joylashtirilgan suv osti vintlari(parraklari)ga ega bo‘lgan oqim qurilmalari shular jumlasidandir.
|
| |