Mavzu. Sotish siyosati (distributsiya)




Download 22,93 Mb.
bet117/176
Sana11.12.2023
Hajmi22,93 Mb.
#115775
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   176
Bog'liq
amaliy ishlanma

Mavzu. Sotish siyosati (distributsiya)

Keys stadi
Qo‘shma korxona tuzish jarayonida mahsulotni ichki va tashqi bozorda sotish bo‘yicha asosiy yo‘nalishlar belgilangan, xolos. Shundan so‘ng korxona prezidenti marketing bo‘yicha muoviniga marketing bo‘limini boshqarish tuzilmasini ishlab chiqish va uning kadrlar salohiyatini shakllantirish, so‘ngra mazkur korxona mahsulotlarini sotish sxemasini batafsil ishlab chiqish vazifasini topshirdi. Topshiriqni olgach, marketing bo‘limi rahbari qo‘shni korxonalar mutaxassislarini jalb qilishga qaror qiladi va ular oldiga yanada detallashgan vazifalarni ko‘ndalang qo‘ydi, xususan, ularning mohiyati quyidagiga borib taqaladi:

  1. Marketing bo‘limini boshqarish tuzilmasini ishlab chiqish, bunda chiqariladigan mahsulot sifati va assortimentini hisobga olish.

  2. Bo‘limning tijorat xodimlarini tanlash va quyidagilarni aniqlash:

    • bozorning mahsulotni sotish uchun ehtiyojlari;

    • qo‘shma korxonaning ushbu ehtiyojlarni qondiroish imokniyatlari;

    • mahsulotni faol sotish.

  3. Mahsulot sotishni tashkil qilish:

    • marketing bo‘limi har bir xodimining real imkoniyatlarini aniqlash;

    • bozorni mintaqalarga taqsimlash (ichki va tashqi);

    • bo‘limning har bir xodimi uchun muayyan vazifalar belgilash;

    • umumiy rahbarlikni yo‘lga qo‘yish va sotuvni tashkil qilishning zaif tomonlarini aniqlashga harakat qilish.

  4. Xodimlarni tijorat faoliyatiga o‘rgatish tizimini ishlab chiqish. Mazkur muammoni hal qilish bo‘yicha muayyan xatti-harakatlarni ifodalash.

  5. Sotuv bo‘yicha marketing xodimining sifat va miqdor tavsifnomalarini aniqlash. U qanday bo‘lishi lozim:

    • amaldagi ma‘lumotlar;

    • shaxsiy xislatlar;

    • qobiliyatlar;

    • tajriba va b.

  6. Mijozlarni izlab topish va savdo bitimlari tuzish tamoyillarini ishlab chiqish:

    • potentsial iste‘molchilarni izlab topish usullari;

    • iste‘molchi bilan savdo bitimi imzolash istiqbollarini baholash;

    • potentsial iste‘molchini yakuniy tanlash usullari.

  7. Mahsulot sotuvini bashorat qilish:

    • bashorat davri muddatini aniqlash (qisqa, o‘rta va uzoq muddatli bashoratlar);

    • muayyan dalillar bilan bashoratning aniqligini isbotlash;

    • bashorat usullarini asoslab berish.

  8. Reklamaga ajratiluvchi xarajatlar miqdorini aniqlash usullarini tuzish:

  9. Ishlab chiqariluvchi mahsulotni ilgari surishning samarali texnikasini joriy etish:

    • qanday qilib reklamani mazkur hududda tovarni ilgari surishga moslashtirish?

    • qanday qilib tovarni ilgari surishda savdo agentlari rolini oshirish?

    • qanday qilib qo‘shma korxona mahsulotlarini ilgari surishga vositachilarni jalb qilish?

    • Bunda chakana savdogarlarning roli qanday?

    • qanday qilib marketing bo‘limi xodimlarini moddiy rag‘batlantirishning samarali tizimini qo‘llash?

Olingan vazifaga asosan marketing bo‘limi rahbari maslahatchilar guruhi bilan birgalikda olingan ma‘lumotlarni umulashtiradi va ularni ishbilarmonlik o‘yini shaklida muhokamaga kiritadi.
Muhokama uchun 26 soat vaqt ajratiladi.


    1. Download 22,93 Mb.
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   176




Download 22,93 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu. Sotish siyosati (distributsiya)

Download 22,93 Mb.