• Kompaniya Ulushi, % Tarmog‟i
  • Keys-stadi CAMELOT LOTEREYASI




    Download 22,93 Mb.
    bet119/176
    Sana11.12.2023
    Hajmi22,93 Mb.
    #115775
    1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   176
    Bog'liq
    amaliy ishlanma

    Keys-stadi
    CAMELOT LOTEREYASI
    Milliy va mahalliy lotoreyalar ko‘pchilik mamlakatlarda keng tarqalgan. 1993 yil Buyuk Britaniya hukumati ham milliy lotoreyani o‘tkazishni taklif qildi. Bu fikrni parlamentdagi ko‘pgina partiyalar qo‘llab quvvatladilar, ammo kelishmovchiliklar kim bu lotoreyani o‘tkazishi borasida kelib chiqdi. Muxoliflardan bo‘lgan leyboristlar partiyasi buni hukumat (davlat strukturasi orqali) o‘tkazishi kerak, deb hisoblardi, boshqaruvchi konservatorlar partiyasi esa buni xususiy sektor ixtiyoriga topshirish kerak, deb hisoblardi. Lotoreya operatori ma‘lum bir foydaga ega bo‘lsada, lotoreyani xususiy sektor qo‘liga topshirishdan asosiy maqsad tashkiliy ishlarning yanada sifatliroq o‘tkazilishi.
    Taklif e‘lon qilinganidan so‘ng qator kompaniya va konsortsiumlar qiziqish bildirdilar. Barcha da‘vogarlar taklif qilinib, lotoreya chiptalari sotuvi bashorati, lotoreyaning asosiy qismi – mo‘ljallanayotgan summa, shuningdek, aktsionerlar foydasi muhokama qilindi. Tashkiliy talablar aniqlab olindi: milliy auditoriyani qamrab olish, axborot tizimlarining xavfsizligi va ishonchliligi, lotoreyaning ochiqligini ta‘minlash imkoni. Va nihoyat, g‘oliblar tez aniqlanishi, yutuq ham kechiktirilmasdan to‘lanishi ta‘kidlandi.
    Natijada, Camelot lotoreyasi bo‘yicha birinchi shartnomani Buyuk Britaniya va AQShning 5 ta kompaniyasini o‘z ichiga olgan konsortsium bilan tuzildi. Konsortsium tarkibi:

    Kompaniya

    Ulushi,
    %

    Tarmog‟i

    Cadbury Schweppes plc

    22.5

    Oziq-ovqat va ichimliklar

    De La Rue plc

    22.5

    Qimmatli qog‘ozlar, banknotlar,
    kredit kartochkalari va b. nashr qilish

    G-Teck Inc

    22.5

    Boshqa mamlakatlar, shuningdek
    AQShda lotereya operatsiyalari

    Racal plc

    22.5

    Ma‘lumotlar bazasi va tizim
    xavfsizligini o‘tkazish

    ICL

    10

    Kompyuter va axborot
    texnologiyalari

    Lotereyani qonunga ko‘ra nazorat qilib turish uchun hukumatga bo‘ysunuvchi nazorat organi – Lottery Regulator tuzildi. Uning vazifalariga: operator parlament chiqargan qonunlarga ko‘ra ishlashi uchun uning faoliyatini nazorat qilish, lotereyaning barcha ishtirokchilari uchun adolatni kafolatlash. Maqsadli mablag‘lar taqsimlash bo‘yicha mustaqil ekspertlar guruhidan komitet tuzildi.
    1998 yil konsortsium a‘zolaridan biri (G-Teck Inc) qoidani buzdi.
    Natijada u konsortsium tarkibidan chiqishga majbur bo‘ldi, vaholanki, u tovar yetkazib beruvchi sifatida qolishi ham mumkin edi. Qolgan 4 ta kompaniya Camelotdagi o‘z ulushini qayta taqsimladi. ICL o‘z ulushini 20%gacha, qolganlarning xar biri esa 26,67 %gacha ko‘paytirdi.
    Savollar va topshiriqlar:

    1. Nima uchun lotereyani alohida kompaniyalar emas, balki konsortsiumlar tashkil etdi?

    2. Lotereya tashkilotchilarining har biri o‘z tajribasi va bilimlaridan qanday foydalanganini tasvirlab bering.

    3. Nima uchun davlat lotereyaga xolis kuzatuvchini tayinlashni zaruriyat deb hisobladi?





      1. Download 22,93 Mb.
    1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   176




    Download 22,93 Mb.