|
Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta
|
bet | 19/176 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 22,93 Mb. | | #115775 |
Bog'liq amaliy ishlanma1 - vaziyat
Tavsiflar asosida odamning mijozini aniqlang. "V" qobiliyatli muhandis- iqtisodchi. Ko‘pchilik uni juda qiziqqon va besaramjon deb hisoblaydi. "V" o‘ziga qaratilgan har qanday tanqidga chiday olmaydi, o‘zini tuta olmaydi va tajovvuzkordek qaraydi. O‘zining kamchiligini ko‘rsatishga jazm qilgan kishi bilan xohlagan paytda urishib ketishi mumkin. Bunday xulqni "V" har doim unga qarshi zarba bera olmaydigan kishiga qo‘llashi kuzatilgan. Shu bilan bir vaqtda u bilan tortisha oladigan va uni o‘z o‘rniga qo‘ya oladiganlar, shuningdek, u nimadan bo‘lsa ham tobe‘ bo‘lganlar va uning shaxsiy xotirjamligi bilan bog‘liq bo‘lganlar "V" bosiq, g‘amxo‘r, vazmin munosabat bildiradi. Shu bilan birga "V" juda ishchan, yangi ishga tez ko‘nikuvchan, kam charchaydi va mashhurlik axtaradi.
Flegmatik.
Xolerik.
Sangvinnik.
Melanxolik.
2- vaziyat
Majlisda ishchilardan biri rahbarning uni qanday qabul qilishi haqida ochiq norozilik bildiradi. "Xonaga kirasan, -dedi u , - salom o‘rniga bosh silkitish, o‘tirishni ham har doim taklif qilmaydi, insoniylik qani?"...
Bir odam so‘zga chiqqan kishini qo‘lladi, boshqasi esa: "rahbar har doim o‘z fikrini bildirib, unga kelgan har bir ishga amaliy yordam ko‘rsatadi, bu esa eng asosiysi!" - dedi.
Ularning qaysi biri haq?
Birinchi odam ham. Rahbar har doim o‘z qo‘li ostidagi kishilar kuzatuvida bo‘ladi. Bu uni o‘z harakatlarini qattiq nazorat qilishga majbur etadi ayniqsa, har qanday ishlab chiqarish holatida bo‘lmasin insonlarga hurmatda bo‘lishni talab etadi.
Ikkinchi odam haq. Asosiy hissiyotlar esa ikkinchi o‘rinda turadi.
Ikkala ishchi ham adolatli mulohaza yuritishdi, etika, axloq, rahbarning ichki madaniyati - bu ko‘p narsani bildiradi, lekin ishda shunday vaqtlar bo‘ladiki, rahbar uchun salomlashishga ham qo‘li tegmaydi, bundan tashqari rahbar va bo‘ysunuvchining orasidagi shaxsiy o‘zaro munosabatlar ham katta ahamiyatga ega. Bu erda rahbar haq.
3 - vaziyat
Berilgan tavsifga asoslanib, mijoz turini aniqlash, "M" - zavodning bosh iqtisodchisi. U juda bosiq, vazmin, sustkash ayol. Kim bilandir gaplashganda tez- tez ko‘zini chetga olib qochadi. Hech qachon o‘ziga e‘tibor qaratishga harakat qilmaydi. Chunki bu uni uyaltiradi. Yangi ishchilar bilan zo‘rg‘a tanishadi. Tinchlik va yolg‘izlikni hush ko‘radi. Boshqalar nima bilan shug‘ullanayotganini chetdan kuzatishni yaxshi ko‘radi, lekin, o‘zi ularning ishiga qo‘shilmaydi. Juda ishchan. U yaxshi kishilar bilan dilkash muomalada.
Sangvinnik.
Xolerik.
Flegmatik.
Melanxolik.
-
|
| |