• Kichik guruhlarda ishlash, muammoli vaziyatlar O‟quv topshiriqlar Guruh bilan ishlash qoidalari Guruh
  • O‟quv topshiriqlar
  • Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta




    Download 22,93 Mb.
    bet46/176
    Sana11.12.2023
    Hajmi22,93 Mb.
    #115775
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   176
    Bog'liq
    amaliy ishlanma

    14.2.1-ilova
    Aqliy xujum ”usuli
    Bu uslubda qo‘yilgan savol, maummo, masalani butun guruh bilan birgalikda muhokama qilinadi. U talabalarni o‘quv jarayonida mashg‘ulotlar faol qatnashishlarini topish va bayon qilish chog‘ida boshqalarni ham fikrini jalb qilish, o‘z fikrlarini aytishga yo‘naltiruvchi metoddir.
    Savollar:

    1. Marketing muhiti tushunchasi va mohiyati.

    2. Korxona marketing xizmati.

    3. Korxona mikro-muhiti: ta‘minotchilar, vositachilar, raqobatchilar, mijozlar va aloqalar o‘rnatiluvchi auditoriyalar.

    4. Korxona makro-muhiti: siyosiy muhit-mulkchilik, tadbirkorlik, iste‘molchilar xuquqlarini muxofaza qilish va reklama munosabatlarini tartibga soluvchi qonunchilik va qonunlari.

    5. Iqtisodiy muhit – korxonalar daromadlari darajasi va aholining xarid qobiliyati.

    Kichik guruhlarda ishlash, muammoli vaziyatlar O‟quv topshiriqlar

    Guruh bilan ishlash qoidalari
    Guruh a‟zolarining har biri

    • o‘z sheriklarining fikrlarini xurmat qilishlari lozim;

    • berilgan topshiriqlar bo‘yicha faol, hamkorlikda va mas‘uliyat bilan ishlashlari lozim;

    • o‘zlariga yordam kerak bo‘lganda so‘rashlari mumkin;

    • yordam so‘raganlarga ko‘mak berishlari lozim;

    • guruhni baholash jarayonida ishtirok etishlari lozim;

    • ―Biz bir kemadamiz, birga cho‘kamiz yoki birga qutilamiz‖ qoidasini yaxshi bilishlari lozim.

    O‟quv topshiriqlar






    3-guruh VaziyatDavlat tasarrufidan chiqarilgan mebel ishlab chiqaruvchi kombinatga, jamoa tomonidan saylangan yosh mutaxassis raxbar bo‘ldi. U o‘ziga ishongan, mansabparast bo‘lib, kombinat ishi ko‘rsatkichlarini yuqoriga ko‘tarish niyatida yonib ish boshladi.


    Direktor Yaponiyada bo‘lgaida stol tennisi uchun raketkalar ishlab chiqarish bo‘yicha litsenziya bilan qaytdi. Raketkalar ishlab chiqarish g‘oyasi uni juda qiziqtirib qoldi. Bu juda keng iste‘mol extiyojiga ega bo‘lgan tovar, bozorda yaxshi raketkalar yo‘q, xatto sifatsizlari xam kam degan xulosaga kelgan, o‘zi xam tennis ishqibozi bo‘lgan yosh raxbar asosiy ishlab chiqarishga xech qanday putur etkazmaydigan maxsulotni ishlab chiqarishga axd qildi.
    Raketkalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish qiyin emas, mebel tayyorlovchilar raketkani tayyorlashni tez o‘zlashtirib oladilar, xom-ashyo asosiy ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan maxsulotdan iborat, xatto raketkalarni chiqindilardan xam ishlab chiqarsa bo‘ladi, deb qaror qildi yosh raxbar.
    O‘z maslakdoshlari: bosh injener, reja bo‘limi xodimi va buxgalterni yig‘ib, o‘zaro maslaxatlashib olishdi. Bu ish samarali bo‘ladi, degan xulosa qilindi. Yiliga million dona raketka ishlab chiqarilsa, ish xaqi xam bir necha millionni tashkil qiladi, deb xom cho‘t qilindi.
    Lekin bu mutaxassislarni qanday raketkalarni, qancha miqdorda ishlab chiqarish o‘ylantirib qo‘ydi. Yaponiya litsenziyasiga ko‘ra ikki turdagi: qimmat- yuqori sifatli va arzonroq – sifati xam shunga yarasha raketkalar ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.
    Qaysi turini va qancha miqdorda ishlab chiqarish foyda olib keladi? Degan savol ularni qiynab qo‘ydi.
    Qimmat raketkalar albatta ko‘p foyda olib keladi, lekin ular ommaviy extiyojga ega bo‘ladimi? Qimmatlarini ko‘p miqdorda ishlab chiqarsak, bir qismi sotilmay qolishi mumkin. Arzonidan ko‘p ishlab chiqarsak, sifatli, qimmat raketkani xoxlovchilar uchun bunday raketkalar etmay qolishi mumkin. Shu bilan birga pulni yo‘qotish tavakkalchiligi xam istisno emas, degan fikrlar mebel kombinati raxbari va mutaxassislarini qiynab qo‘ydi.

    • kelinglar avvaliga qimmat raketkalarni uncha ko‘p bo‘lmagan miqdorda ishlab chiqaramiz, tavakkalchilikdan yo‘qotishni xam minimallashtiramiz dedi, extiyotkor buxgalter.

    • Men bu fikrga qo‘shilmayman dedi bosh muxandis. Men ishlab chiqarish xajmini yarmini qimmat raketkalar tashkil qilishi kerak, deb xisoblayman. Shunda yaxshigina daromad qilamiz. Albatta bu qaror xam tavakkalchilikka asoslangan, lekin tavakkal qilmagan odam xech qanday yutmaydi, deb o‘z fikrini ma‘qulladi.

    • Rejalashtirish bo‘limi boshlig‘i, tajribalariga asoslangan xolda, qarorni ―oltin‖ o‘rtasini qabul qilish, ya‘ni ko‘p xam emas, kam xam emas darajada ishlab chiqarish kerak dedi.


    Download 22,93 Mb.
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   176




    Download 22,93 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta

    Download 22,93 Mb.