|
O„zbekiston respublikаsi oliy vа
|
bet | 20/96 | Sana | 30.07.2024 | Hajmi | 4,2 Mb. | | #268923 |
Bog'liq Axborot xavfsizligi 2022 (1)Sotsial injineriya. Sotsial injineriya shaxsiy axborotni boshqa shaxslar tomonidan noqonuniy qo‗lga kiritish harakati sifatida qaraladi. Hujumchi tashkilot xodimlaridan sotsial injineriya orqali ruxsat etilmagan fizik nazoratlashdan daromad ko‗radi.
Tizimlarni ruxsat etilmagan nazoratlash. Har ikkala, ichki va tashki foydalanuvchilar ham tashkilot haqidagi axborot yoki tizimni ruxsatsiz boshqarishga harakat qilib ko‗radi.
Fizik xavfsizlikni nazoratlash
Mos xavfsizlik nazoratisiz, biror fizik xavfsizlikni amalga oshirish qiyin. Fizik xavfsizlik nazorati bardoshli fizik xavfsizlik muhitini yaratishi uchun turli darajalarda amalga oshirilishini talab etadi. Fizik xavfsizlik nazoratini qaysi darajada amalga oshirilishiga qarab, ular quyidagicha tasniflanadi:
Ma‟muriy nazorat. Ushbu nazorat turi xavfsizlikni nazoratlashda inson faktorini mujassamlashtiradi. Xodimlarning barcha darajalari ma‘muriy nazoratni qurishda inobatga olinishi kerak. Ma‘muriy nazorat har bir foydalanuvchi
boshqarishi mumkin bo‗lgan resurslar va axborotga asoslanadi. Ma‘muriy nazorat boshqaruv cheklanishlarini, amaliy muolajalarni, qayd yozuvini amalga oshirish muolajalari va axborot tizimi uchun mos himoya darajasini o‗z ichiga oladi. U asosan insonni boshqarish uchun shaxsga qaratilgan usullarni amalga oshiradi.
Fizik nazorat. Fizik nazorat tashkilotdagi fizik tizimlarga zarar yetishini oldini olish bilan shug‗ullanadi. U o‗z ichiga qurilmalarni, bino yoki biror maxfiy muhitni ruxsatsiz boshqarishdan himoyalashni qamrab olgan. Bundan tashqari, fizik xavfsizlikni nazoratlash fizik tahdidlar: qurilmaning yo‗qolishi yoki o‗g‗irlanishi, tasodiy tufayli zararlanishi va yo‗q qilinishi, yong‗indan himoyalash yoki tabiiy ofatlardan himoyalash bilan shug‗ullanadi.
Texnik nazorat. Texnik nazorat mantiqiy nazorat kabi qaraladi. Texnik nazorat tashkilotdagi fizik avtivlarga yoki binolarga ruxsatlarni nazoratlash uchun texnologiyalardan foydalanadi. U odatda taqiqlangan hududda ruxsatlarni nazoratlash uchun kompyuter qurilmalari, dasturlar, amallar va ilovalardan foydalanadi.
|
| |