Fizik xavfsizlikni nazoratlash: joylashuv va arxitektura




Download 4,2 Mb.
bet21/96
Sana30.07.2024
Hajmi4,2 Mb.
#268923
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   96
Bog'liq
Axborot xavfsizligi 2022 (1)

Fizik xavfsizlikni nazoratlash: joylashuv va arxitektura


Tashkilotlar o‗zlari uchun bino sotib olishdan yoki ijaraga olishdan oldin fizik xavfsizligiga ta‘sir qilishi mumkin bo‗lgan ko‗plab omillarni e‘tiborga olishi shart. Bu omillar o‗z ichiga binoning joylashuvi, qo‗shni binolar, elektr va suv manbalari, kanalizatsiya tizimi, kichik va katta yo‗llarga yaqinligi, transport masalasi, tez yordam ko‗rsatish holati, shifoxona,ayeroportga yaqinligi,
mazkur hududda mahalliy holatda jinoyatchilar ko‗rsatkichi yoki turli xavfsizlik insidentlarini mavjudligi va h.k.larni oladi. Tanangan hudud tabiiy ofatlardan, masalan, toshqinlar, tarnadolar, yer silkinishi, dovul, yong‗inlar va hak.lardan xoli bo‗lishi kerak. Binoning joylashuvi haqida yetarlicha axborotga ega bo‗lingandan so‗ng, ichki tuzilma va arxitekturaniloyihalash va
rejalashtirishamalga oshiriladi. Joylashuv arxitekturasini loyihalash va rejalashtirish vaqtida, tashkilot tomondan binodagi barcha
aktivlarning ro‗yxati tayyor bo‗lishi lozim.
Tashkilot infratuzilma va arxitekturani loyihalash vaqtida quyidagi joxatlarga yetibor berishi lozim:
binoga kirish eshiklarining sonini, asosiy kirish, zinalar, lift, mashina stoyankasi, o‗tish yo‗laklari va qabul qilish hududini o‗z ichiga olgan holda, aniqlashtirish;
joylashgan hududingizga yaqin qo‗shni binolarni topish va ular uchun ichki va tashqi arxitekturani tekshirish. Atrofdagi narsalar haqida qo‗shimcha ma‘lumot olish uchun binolarning egasi va menedjerlari bilan suhbatlashish.
katastropik buzilishlar va tashqi tomondan aktivlarni ko‗rinishi orqali zarar
etuvchi aktivlarni tahlil qilish;
agar bino boshqa tashkilotlar bilan sheriklikda foydalanilsa, ularni sizning shaxsiy ma‘lumotlaringizga va muhim aktivlaringizga ta‘siri haqida o‗ylang;
fizik xavfsizlikni, maxfiy ma‘lumotni saqlash va tashkilot ishlarini samarali amalga oshirish yo‗lga qo‗yishni boshqarish uchun talab etilgan muhim infratuzilmani aniqlashtirish.
Fizik xavfsizlikni nazoratlash: yong‗inga qarshi tizimlar
Yong‗inga qarshi tizimlar fizik xavfsizlikni ta‘minlashda muhim omil hisoblanadi. Yong‗in yuzaga kelganini avtomatlashgan yoki avtomatlashmagan shakllarda aniqlash mumkin.

Download 4,2 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   96




Download 4,2 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fizik xavfsizlikni nazoratlash: joylashuv va arxitektura

Download 4,2 Mb.