|
O„zbekiston respublikаsi oliy vа
|
bet | 19/96 | Sana | 30.07.2024 | Hajmi | 4,2 Mb. | | #268923 |
Bog'liq Axborot xavfsizligi 2022 (1)Chaqmoq va momaqaldiroq. Chaqmoq va momaqaldiroq muhitning o‗zgarishi natijasida yuzaga keladi. Buning natijasida barcha tashqi faoliyat to‗xtatiladi. Chaqmoq va momaqaldiroq natijida elektr quvvati o‗zgaradi va bu ish faoliyatiga tasir qiladi. Bu esa, o‗z navbatida tashkilotdagi qurilmalarning xotira qismlariga tasir qiladi. Bundan tashqari, chaqmoq va momaqaldiroq natijasida kabellarda va boshqa ulanish tizimlarda qisqa tutashuvlar yuzaga kelishi mumkin.
Harorat va namlik. Hisoblash qurilmalari ishlashi uchun ularni ma‘lum haroratli muhitda bo‗lishi talab etiladi. Kompyuter vositalari yuqori haroratga ishlashga mo‗ljallanmagan. Kompyuterlarda sovutish tizimlari mavjud bo‗lsada, tashqi harorat ularning ish faoliyatiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Tashkilotdagi elektr va elektron jixozlar namlikni o‗zgarishiga ta‘sir ko‗rsatadi. Yuqori namlik o‗z
navbatida karroziyaga, qisqa tutashuvlarga sababchi bo‗ladi yoki magnetik va optiq saqlovchilarga jiddiy ta‘sir qiladi.
Sun‟iy tahdidlar. Fizik komponentlarga va tarmoqqa bo‗ladigan eng katta ta‘sir insonlar xatosi natijasida yuzaga keladi. Bu xatolik insonlar tomonidan bilmasdan yoki ataylabdan amalga oshirilishi mumkin. Insonlar tomonidan amalga oshirluvchi fizik xavfsizlik tizimiga bo‗ladigan quyidagi tahdidlar mavjud:
Vandalizim. Norozi xodimlar yoki eski ishchilar tizim komponentlarini buzish yoki zarar etkazish orqali tizimni obro‗sizlantirishga harakat qiladi.
Qurilmaning yo„qolishi. Ruxsat etilmagan nazoratlash muhim axborot yoki qurilmani yo‗qolishiga sababchi bo‗ladi. Agar qurilma himoyasi to‗g‗ri amalga oshirilmagan bo‗lsa, uning o‗g‗irlanishiga sababchi bo‗ladi.
Fizik qurilmalarni buzulishi. Qurilmaning noto‗g‗ri ishlashi, masalan, qurilmani yoki ma‘lumotni qanday tutib turilganligi, zararlangan qurilmalarni almashtirilmaganligi va zaif kabellar natijasida fizik qurilmalarga jiddiy zarar yetkazilishi mumkin.
O„g„irlash. Xavfsizlik tizimidagi kamchilik natijasida jixozlar o‗g‗irlanishi mumkin.
Terrorizm. Tashkilot yaqinidagi yoki uning ichidagi terrorchilik harakatlari, masalan, mashinada qo‗yilgan bomba, shaxs mavjud bo‗lgan bomba yoki masofadan turib boshqariluvchi bomba natijasida tashkilot fizik xavfsizligiga turlicha zarar etkazilishi mumkin.
|
| |