• Fizik sath quyidagilarni o„z ichiga oladi
  • Tabiiy tahdidlar
  • Fizik xavfsizlining zaruriyati




    Download 4,2 Mb.
    bet18/96
    Sana30.07.2024
    Hajmi4,2 Mb.
    #268923
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   96
    Bog'liq
    Axborot xavfsizligi 2022 (1)

    Fizik xavfsizlining zaruriyati


    Kiberxujumlarning murakkablashishi natijasida hujumchilar tashkilot fizik xavfsizligini buzishda turli usullardan foydalanmoqda. Hujumchilar tashkilotning fizik xavfsizlik tizimidagi bo‗shliqlardan foydalangan holda o‗z harakatlarini amalga oshirishadi. AQShning Department of Health and Human Services Breach Portal tashkiloti tomonidan 2015 yilda tashkilotlarda eng ko‗p yuzaga kelgan xavfsizlik insidentlari fizik xavfsizlikni buzishga uringani aniqlangan (1-rasm).
    Fizik himoya tarmoq, ilova yoki ma‘lumotlar bazasi xavfsizligi sohalariga o‗xshash amallarni bajarmaydi. Ya‘ni, fizik xavfsizlik OSI modelining fizik
    sathida himoyani ta‘minlash bilan shug‗ullanadi.

    Fizik sath quyidagilarni o„z ichiga oladi:


    • barcha kabel va tarmoq tizimlari;

    • tizim va kabellarni fizik nazoratlash;

    • tizim va kabel uchun quvvat manbai;

    • tizimni madadlash muhiti.

    Fizik xavfsizlikka ta‟sir qiluvchi faktorlar


    Fizik xavfsizlik buzilishiga ta‘sir qiluvchi faktorlarni ikki guruhga ajratish mumkin:tabiiy/ muhit tahdidlari va inson tomonidan (sun‘iy) amalga oshiriluvchi tahdidlar.

    Tabiiy tahdidlar:


    Toshqinlar. Toshqinlar odatda kuchli yomg‗ir va muzlarning erishi natijasida yuzaga keladi. Toshqinlar natijasida tashkilotning elektr quvvatiga va server xonalariga zarar etishi mumkin. Odatda tashkilotda server xonalari tashkilot binosining podvalida joylashganligi sababli, toshqin yanada ko‗proq zarar etkazishi mumkin.
    Yong„inlar. Yong‗inlar odatda qisqa tutashuvlar va eski bino materiallari sababli yuzaga keladi. Yong‗in natijasida tashkilotning kompyuter xonalari va ishchi binolariga zarar etkazilishi mumkin. Yong‗in qurilmalar, kabellar va boshqa muhim tashkil etuvchilarga to‗liq zarar yetkazishi mumkin.
    Zilzila. Zilzila Yer qobig‗ida seysmik terbanishni yaratuvchi kuchli energiya natijasida to‗satdan yuzaga keladi. U tashkiloning fizik infratuzilmasiga ta‘sir qiladi. Zilzila natijasida tashkilot ichidagi xavfsiz muhitda saqlangan kompyuter qurilmalari, boshqa qurilmalar va hujjatlarga jiddiy ziyon yetadi.

    Download 4,2 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   96




    Download 4,2 Mb.