|
-rasm. Kuzatuv kameralari
|
bet | 25/96 | Sana | 30.07.2024 | Hajmi | 4,2 Mb. | | #268923 |
Bog'liq Axborot xavfsizligi 2022 (1)2.5-rasm. Kuzatuv kameralari
Fizik xavfsizlikni nazoratlash: fizik xavfsizlik siyosati va muolajalari
Har bir tashkilot samarali fizik xavfsizlikni amalga oshirish uchun talab qilingan fizik xavfiszlik siyosatini va muolajalarini amalga oshirishi shart. Fizik xavfsizlik siyosati turli tashkilotlar uchun turlicha bo‗ladi.
Xususan, tashkilot fizik xavfsizligining siyosati o‗zida quyidagilarni mujassamlashtiradi:
tashkilotni fizik xavfsizligi nuqtai-nazaridan;
xodimlarning vazifalari va majburiyatlari;
foydalanishlarni boshqarishni nazoratlash;
qaydlash va auditlash.
Fizik xavfsizlik muolajasi o‗qida quyidagilarni oladi:
qulflash tizimini boshqarish;
suqilib kirish insidentlarini qaydlash;
tashrif buyuruvchilarni boshqarish;
konfidensial materiallarni yo‗q qilish;
qog‗oz ko‗rinishidagi axborot uchun toza stol siyosatini va axborotni ishlashda toza ekran siyosatini amalga oshirish.
Toza stol siyosatiga ko‗ra tashkilot uchun muhim bo‗lgan axborotni xodimlar tomonidan qarovsiz qoldirilmasligi yoki ovqatlanganda oshxonalarga olib kirilmasligi zarur. Toza ekran siyosatiga ko‗ra esa xodim o‗z kompyuteridan foydalanish davomida uni qarovsiz qoldirmaslikka e‘tibor qaratadi.
Boshqa fizik xavfsizlik choralari: yoritish tizimlari
Yoritish tizimlari tashkilot binosi xavfsizligini ta‘minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Tashkilot binolarining atrofida yetarlicha yoritish amalga oshirilmaganligi boshqa xavfsizlik vositalarining vazifasiga salbiy ta‘sir o‗tkazadi. Masalan, agar tashkilotning kirishida, mashina turar joyida yoki kuzatuv kamerasi o‗rnatilgan hududlarda yoritish tizimi yetarlicha ishlamasa, u holda ushbu hududlardagi obyektlar vainsonlarni aniqlash imkoniyati kamayadi. Muhitning yoritish tizimi holat va sezuvchanlikga aloqador holda quyidagilarga bo‗linadi:
doimiy yoritish tizimlari – tashkilot binosi atrofida har doim o‗rnatiluvchi
yoritish vositalari.
kutish rejimidagi yoritish tizimlari – biror ogohlantiruvchi signal asosida avtomatik yoki avtomatik bo‗lmagan shaklda ishlaydi.
harakatlanuvchi yoritish tizimlari – qo‗lda boshqariluvchi yoritish tizimlari bo‗lib, kechasi va zarur bo‗lganda yoritish uchun foydalaniladi.
favqulotda yoritish tizimlari – elektr quvvati manbalari ishdan chiqqanda yoki elektr energiyasi uzilganda vaqtinchalik tashkilot binolarini yoritish bilan shug‗ullanadi.
|
| |