O„zbekiston respublikаsi oliy vа




Download 4,2 Mb.
bet33/96
Sana30.07.2024
Hajmi4,2 Mb.
#268923
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   96
Bog'liq
Axborot xavfsizligi 2022 (1)

Kodlar kitobi. Kodlar kitobi ko‗rinishidagi klassik shifrlash birinchi jaxon urushi davrida ommalashgan. Kodlar kitobi lug‗atga o‗xshash kitob bo‗lib, so‗zlardan (ochiq matn so‗zlari) va unga mos bo‗lgan kod so‗zlardan (Shifrmatn)
tashkil topgan. shifrlash uchun ushbu kodlar kitobidan zarur bo‗lgan so‗z aniqlanadi va unga mos bo‗lgan kod so‗z shifrmatn sifatida olinadi. Deshifrlashda esa ushbu jarayonning teskarisi amalga oshiriladi. YA‘ni, kodlar kitobidan shifrmatndagi kod so‗z topiladi va ochiq matn sifatida unga mos bo‗lgan so‗z tanlanadi. Birinchi jaxon urushi davrida Nemislar tomonidan foydalanilgan kodlar kitobi na‘munasi quyidagi jadvalda keltirilgan:
1.7-jadval

Очиқ матн

Шифрматн

Februar

13605

fest

13732

finanzielle

13850

folgender

13918

Frieden

17142

Friedenschluss

17149

Masalan, ―Februar‖ so‗zini shifrlash uchun butun so‗z 5-belgili kod so‗z 13605 bilan almashtirilgan. Yuqorida keltirilgan kodlar kitobi, shifrlash uchun foydalanilgan bo‗lib, deshifrlash uchun kod so‗zlar ustuni bo‗yicha tartiblangan ko‗rinishdagi kod so‗zlar kitobidan foydalanilgan. Kod so‗zlar kitobi o‗rniga qo‗yish akslantirishiga asoslangan bo‗lib, bunda bir belgi emas balki butun so‗z, ba‘zida esa butun boshli ibora o‗rniga kod so‗z qo‗yilgan.
Yuqoridagi jadvalda keltirilgan kod so‗zlar mashhur Zimmermann telegramini shifrlash uchun foydalanilgan. 1917 yilda birinchi jaxon urishi davrida, Germaniya tashqi ishlar vaziri Artur Zimmerman Germaniyaning Meksikadagi elchisiga shifrlangan ko‗rinishdagi telegram yuboradi. 1.6-rasmda keltirilgan shifrlangan xabar Britaniyaliklar tomonidan tutib olinadi. Bu vaqtda Britaniya va Fransiya Germaniya bilan urushayotgan va AQSH esa betaraf holatda edi.
1.6-rasm. Zimmerman telegrami
Ruslar tomonidan Nemislar kodlar kitobini zarar etgan versiyasi tiklanadi va Britaniyaga yuboriladi. Murakkab tahlildan so‗ng, Britaniyaliklar Zimmerman telegrami yozilgan vaqtidagi kodlar kitobidagi bo‗shliqlarni to‗ldirishadi va uni deshifrlashadi. Telegramda aytilishicha, Germaniya hukumati cheklanmagan suvosti urushi boshlanishini rejalashtirmoqda va bu AQSH bilan urushga olib kelishi mumkin degan xulosaga kelinadi. Natijada, Zimmerman o‗z elchisiga Meksikani AQShga nisbatan urushda Germaniya ittifoqchisi bo‗lishga undashi kerakligini aytadi. Xususan, Meksika Texas, Yagni Meksika va Arizona shtatlaridagi hududlarini qaytarib olishga undagan. AQShda ushbu telegramma oshkor bo‗lgandan so‗ng, jamoatchilik Germaniyaga qarshi turdi va shundan so‗ng AQSH urushga kiradi.

Download 4,2 Mb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   96




Download 4,2 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O„zbekiston respublikаsi oliy vа

Download 4,2 Mb.