|
O„zbekiston respublikаsi oliy vа
|
bet | 36/96 | Sana | 30.07.2024 | Hajmi | 4,2 Mb. | | #268923 |
Bog'liq Axborot xavfsizligi 2022 (1)WinRar arxivlash dasturi
WinRar arxivlovchi dasturi RAR formatidagi arxiv fayllari hosil qiladi.
RAR formatidagi arxivning ustunlik tomonlari bir nechta bo‘lib, ular birinchidan zichlash samaradorligi ancha yuqori, ikkinchidan ko‘p tomli va uzuluksiz arxivlar hosil qila oladi, uchinchidan 8 Eksobaytgacha hajmli fayllarni xam arxivlash imkonini beradi.
Tom deb arxivning bir necha qismdan iborat bo‘laklarga bo‘linishiga aytiladi.
Odatda tomlar katta xajmdagi arxivni bir necha disklarda saqlash uchun qo‘llaniladi. Bu xolda birinchi tom odatdagidek .rar kengaytmali bo‘ladi, qolganlari esa mos ravishda .r00, .r01, .r02 va xokazo. Tomlar xam uzuluksiz va xam o‘zini-o‘zi ochadigan ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Yaratilgan tomlarni o‘zgartirish, Ya‘ni unga biror faylni qo‘shish, yangilash yoki undan biror faylni o‘chirish mumkin emas.
2.7-rasm. WinRar arxivlash dasturi oynasi.
Fayl va papkalarni uzuluksiz arxivlash deganda, ularni faqat RAR formatida, maxsus usulda bitta ma‘lumotlar ketma-ketligi sifatida qaralib zichlashtirishga aytiladi. Bu bilan zichlash samaradorligi ancha yuqori bo‘lishiga erishiladi. Ammo bunday arxivlashning kamchiliklari xam bor, masalan:
ularni yangilash, yahni orasidagi biror faylni yangisi bilan almashtirish, oddiy arxivlashdan ko‘ra sekinroq amalga oshiriladi;
biror faylni arxivdan chiqarish uchun barcha oldinroqda turganlari tekshirib chiqiladi, agar ulardan birortasi buzilgan bo‘lsa, u xolda arxivdan umuman chiqarib bo‘lmaydi;
Bunday arxivlash usulidan quyidagi xollarda foydalangan maqsadga muvofiq: arxivni kamdan-kam yangilansa;
arxivdagi fayllardan bir yoki bir nechtasini tez-tez chiqarib turish zarurati bo‘lmasa;
zichlash samaradorligi zichlash tezligidan muhimroq bo‘lsa.
Bu arxivlovchi dastur xar ikkala formatda xam, kompyuterda WinRar arxivatori bo‘lmasa xam o‘zini-o‘zi ocha oladigan SFX ko‘rinishidagi .exe kengaytmali arxiv fayllari yaratish imkonini beradi. Shuning uchun uni to‘g‘ridan- to‘g‘ri ishga tushirish orqali ochish mumkin. Bu xolda barcha fayllar arxivdan chiqadi.
Bundan tashqari arxivlangan fayllarni parolg‘ bilan himoyalab qo‘yish, fizik buzilgan fayllarni qayta tiklash va boshqa ko‘pgina amallarni bajarish imkonini yaratib beradi.
|
| |