|
O„zbekiston respublikаsi oliy vа
|
bet | 34/96 | Sana | 30.07.2024 | Hajmi | 4,2 Mb. | | #268923 |
Bog'liq Axborot xavfsizligi 2022 (1)Nazorat savollari
Kriptografiya manosi nima?
Kalit nima?
Kriptoanaliz nima?
Shifrlash va deshifrlash farqi.
MAVZU: Sezarning shifrlash tizimi, Vijinerning shifrlash tizimi.
Tayanch iboralar: O‘rin almashtirish orqali shifrlash, Sezarning shifrlash, Vijinerning shifrlash
O‟rin almashtirish orqali shifrlash
Shifrlanadigan matnning harflari berilgan qoida bo‗yicha shu yoki boshqa alfavitdagi harflarga almashtiriladi. Oddiy almashtirish shifrida berilgan matnning har bir harfi shu alfavitdagi unga mos qo‗yilgan boshqa harfga almashtiriladi. Odatda, bu shifrlash usuli bir alfavitli almashtirish shifri deb ataladi.
Sezarning shifrlash tizimi. Sezarning shifrlash usuli oddiy almashtirish shifrining xususiy holidir. Bu usulda alfavitning har bir harfi K songa surilgan harfga almashtirilgan. Surilish alfavit oxiriga yetganda, uning boshidan boshlangan. Sezar K=3 bo‗lgan siljitishni qo‗llagan. Quyidagi jadvalda bu siljitishdagi lotin grafikasidagi harflarining mosligi keltirilgan:
2.4-jadval.
Sezarning «keldim, ko‗rdim, yutdim» mazmundagi xabari VENI VIDI VICI, u taklif etgan usulda shifrlanganda YHQL YLGL YLFL ko‗rinishni oladi.
Sezar usulining kamchiligi bu bir xil harflarning o‗z navbatida, bir xil harflarga almashishidir. Kriptotahlilda harflarning takrorlanish chastotasi yordamida bu usulda shifrlangan matn tezgina rasshifrovka qilinishi mumkin.
Vijinerning shifrlash tizimi. XVI asrda fransuz diplomati Vijiner tomonidan yaratilgan shifrlash tizimi 1586 yilda chop etilgan. U mashhur ko‗p alfavitli tizim hisoblanadi. Vijiner tizimi Sezar shifrlash tizimiga qaraganda mukammalroq hisoblanib, unda kalit harfdan harfga almashtiriladi. Bunday ko‗p alfavitli almashtirish shifrini shifrlash jadvali orqali ifodalash mumkin. Quyidagi jadvallarda rus va lotin alfavitlari uchun mos keluvchi jadvallar ko‗rsatilgan. Bu jadvallardan matnni shifrlash va uni ochish uchun foydalaniladi. Jadvalning ikkita kirishi bo‗lib:
yuqori qatordagi harflardan kiruvchi ochiq yozuv uchun foydalaniladi.
chap ustunda esa kalit so‗zi joylashadi.
Ochiq matnni shifrlashda bu matn bir satrga yoziladi. Uning ostidagi satrga kalit so‗z joylashtiriladi. Agar kalit so‗zning uzunligi qisqa bo‗lsa, bu so‗z ochiq matnning oxirgi harfigacha takrorlab yoziladi. Shifrlash jarayonida jadvalning yuqori qismida joylashgan ochiq matnning harfi topiladi va chap qismdan kalit so‗zning harfi tanlanadi. Satr va ustun kesishgan katakdagi harf berilgan harfni almashtiradi.
|
| |