|
O„zbekiston respublikаsi oliy vа
|
bet | 38/96 | Sana | 30.07.2024 | Hajmi | 4,2 Mb. | | #268923 |
Bog'liq Axborot xavfsizligi 2022 (1)Stegotizimga hujimlar
Ma'lum to'ldirilgan konteynerga asoslangan hujum.
Ma'lum o'rnatilgan xabarga asoslangan hujum.
Tanlangan yashirin xabarga asoslangan hujum.
Tanlangan yashirin xabarga asoslangan moslashuvchan hujum.
Tanlangan to'ldirilgan konteynerga asoslangan hujum.
Ma'lum bo'sh konteynerga asoslangan hujum.
Tanlangan bo'sh konteynerga asoslangan hujum.
Konteyner yoki uning bir qismining ma'lum matematik modeliga asoslangan hujum.
Nazorat savollari.
Qadimda steganografiyaning qo‘llanilishi.
Kompyuter steganografiyasi.
Raqamli steganografiya.
MAVZU:Ochiq kalitli shifrlash algoritmlari.
Tayanch iboralar: Ochiq kalitli shifrlash, Raqamli sertifikatlar, Skriptografik mustaxkamlik,ERI.
Zamonaviy kriptografiya quyidagi bo„limlarni o„z ichiga oladi.
Simmetrik kriptotizimlar
Assimetrik kriptotizimlar.
Simmetrik kriptotizimlar. Simmetrik kriptotizimlarda shifrlash va deshifrlash uchun bitta kalitdan foydalaniladi. (Shifrlash – ochiq matn deb ataluvchi dastlabki matnni shifrlangan matn holatiga o‗tkazish. Deshifrlash – shifrlashga teskari bo‗lgan jarayon yani kalit yordamida shifrlangan matnni dastlabki matn holatiga yetkazish). Demak, shifrlash kalitidan foydalanish huqukiga ega bo‗lgan odamgina axborotni deshifrlashi mumkin. Shu sababli, simmetrik kriptotizimlar mahfiy kalitli kriptotizimlar deb yuritiladi. Ya‘ni shifrlash kalitidan faqat axborot atalgan odamgina foydalana olishi mumkin.
Asimmetrik kriptotizimlar. Assimetrik kriptotizimlarda bir-biriga matematik usullar bilan bog‗langan ochiq va maxfiy kalitlardan foydalaniladi. Axborot ochiq kalit yordamida shifrlanadi, ochiq kalit barchaga oshkor qilingan bo‗ladi, shifrni ochish esa faqat maxfiy kalit yordamida amalga oshiriladi, maxfiy kalit faqat qabul qiluvchigagina ma‘lum va uni ruhsatsiz foydalanishdan ishonchli himoyalashi zarur. Asimmetrik kriptotizimda axborotni himoyalash axborot qabul qiluvchi kalitining mahfiyligiga asoslangan.
Kriptografik metodlardan foydalanishning asosiy yo‗nalishlari – aloqa kanallari orqali maxfiy axborotni uzatish (masalan, elektron pochta), uzatiladigan xabarlarni aslligini o‗rnatish, ma‘lumotlarni (hujjatlar, ma‘lumotlar bazalari) ko‗chma tashuvchi xotiralarda shifrlangan shaklda saqlash.
Bugungi kunda deyarli barcha ma‘lumotlar almashinish axborot texnologiya vositalari orqali amalga oshirilmoqda. Bu esa o‗z navbatida, ushbu ma‘lumotlarni boshqa begona shaxslar tomonidan noqonuniy tarzda ko‗rish, o‗zgartirish va qayta yuborishga bo‗lgan xatti-harakatlarni oldini olish va axborot xavfsizligini ta‘minlashga bo‗lgan ehtiyojni yanada ortishiga olib keldi.
Kriptologiya - ―maxfiy kodlar‖ni yaratish va buzish fani va sanati;
Kriptografiya – ―maxfiy kodlar‖ni yaratish bilan shug‗ullanadi;
Kriptologiya – ―maxfiy kodlar‖ni buzish bilan shug‗ullanadi;
Kripto – yuqoridagi tushunchalarga (hattoki bundanda ortig‗iga) sinonim bo‗lib, kontekst ma‘nosiga ko‗ra farqlanadi.
Shifr yoki kriptotizim ma‘lumotni shifrlash uchun foydalaniladi. Haqiqiy shifrlanmagan ma‘lumot ochiq matn deb atalib, shifrlashning natijasi shifrmatn deb ataladi. Haqiqiy ma‘lumotni qayti tiklash uchun shifrmatnni deshifrlash zarur bo‗ladi. Kalit kriptotizimni shifrlash va deshifrlash uchun sozlashda foydalaniladi. Kriptotizimning ―qora quti‖ sifatidagi ko‗rinishi 2.9 – rasmda keltirilgan.
|
| |