• Ochiq kalitli shifrlash algoritmlari.
  • Kodlash va shifrlash orasidagi farq




    Download 4,2 Mb.
    bet40/96
    Sana30.07.2024
    Hajmi4,2 Mb.
    #268923
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   96
    Bog'liq
    Axborot xavfsizligi 2022 (1)

    Kodlash va shifrlash orasidagi farq.


    Aksariyat hollarda foydalanuvchilar ma‘lumotni shifrlash va kodlash tushunchalarini bir xil deb tushuniladi. Aslida esa ular ikki turlicha tushunchalardir. Kodlash – ma‘lumotni osongina qaytarish uchun hammaga (hattoki hujumchiga ham) ochiq bo‗lgan sxema yordamida ma‘lumotlarni boshqa formatga o‗zgartirishdir. Kodlash ma‘lumotlardan foydalanish qulayligini ta‘minlash uchun amalga oshiriladi va hamma uchun ochiq bo‗lgan sxemalardan foydalaniladi. Masalan, ASCII, UNICODE, URL Encoding, base64.
    ASCII kodlash standarti
    Shifrlash – jarayonida ham ma‘lumot boshqa formatga o‗zgartiriladi, biroq uni faqat maxsus shaxslar (deshifrlash kalitiga ega bo‗lgan) qayta o‗zgartirishi mumkin bo‗ladi. shifrlashdan asosiy maqsad ma‘lumotni maxfiyligini ta‘minlash bo‗lib, uni qayta o‗zgartirish ba‘zi shaxslar (deshifrlash kalitiga ega bo‗lmagan) uchun cheklangan bo‗ladi.
    Dekodlash jarayoni ham deshifrlash jarayoni kabi kodlash uchun teskari jarayon hisoblanib, biror ochiq sxema yordamida o‗zgartirilgan ma‘lumotlar xuddi shu sxema asosida teskari o‗zgartiriladi. Masalan, ASCII asosida ―Z‖ ni 16 sanoq tizimiga o‗zgartirilganda (kodlaganda) u ―5A‖ ga teng bo‗lgan bo‗lsa, ―5A‖ ni dekodlash jarayonida u ―Z‖ ga qayta o‗zgartiriladi.
    Kriptografiyada esa jo‗natuvchi faqat ochiq matn ko‗rinishidagi xabar yuborishi mumkin, bunda u xabarni ochiq tarmoq (masalan, Internet) orqali
    uzatishdan oldin shifrlangan matnga o‗zgartiradi. Ushbu shifrlangan xabar qabul qiluvchiga kelganida esa yana oddiy matn ko‗rinishiga qaytariladi. Umumiy holda ma‘lumotni shifrlashdan asosiy maqsad (simmetrik yoki ochiq kalitli kriptografik tizimlar asosida farqi yo‗q) – ma‘lumotni maxfiyligini qolganlardan sir tutishdir.

    Ochiq kalitli shifrlash algoritmlari.


    Ochiq kalitli tizimlarini qo‗llash asosida qaytarilmas yoki bir tomonli funktsiyalardan foydalanish yotadi. Bunday funktsiyalar quyidagi xususiyatlarga ega. Ma‘lumki ma‘lum bo‗lsa y=f( ) funktsiyani aniqlash oson. Ammo uning ma‘lum qiymati bo‗yicha x ni aniqlash amaliy jixatdan mumkin emas. Kriptografiyada yashirin dеb ataluvchi yo‗lga ega bo‗lgan bir tomonli funktsiyalar ishlatiladi. paramеtrli bunday funktsiyalar quyidagi xususiyatlarga ega. Ma‘lum uchun Ez va Dz algoritmlarini aniqlash mumkin. Ez algoritmi yordamida aniqlik sohasidagi barcha x uchun fz ( ) funktsiyani osongina olish mumkin. Xuddi shu tariqa Dz algoritmi yordamida joiz qiymatlar sohasidagi barcha uchun tеskari funktsiya x=f- 1( ) ham osongina aniqlanadi. Ayni vaqtda joiz qiymatlar sohasidagi barcha va dеyarli barcha, uchun xatto Ez ma‘lum bo‗lganida ham f-1( )ni hisoblashlar yordamida topib bo‗lmaydi. Ochiq kalit sifatida ishlatilsa, maxfiy kalit sifatida x ishlatiladi.
    Ochiq kalitni ishlatib shifrlash amalga oshirilganda o‗zaro muloqatda bo‗lgan sub‘еktlar o‗rtasida maxfiy kalitni almashish zaruriyati yo‗qoladi. Bu esa o‗z navbatida uzatiluvchi axborotning kriptohimoyasini soddalashtiradi.
    Ochiq kalitli kriptotizimlari bir tomonli funktsiyalar ko‗rinishi bo‗yicha farqlash mumkin. Bularning ichida RSA, El‘-Gamal va Mak-Elis tizimlarini aloxida tilga olish o‗rinli. Hozirda eng samarali va kеng tarqalgan ochiq kalitli shifrlash algoritmi sifatida RSA algoritmini ko‗rsatish mumkin. RSA nomi algoritmni yaratuvchilari familiyalarining birinchi xarfidan olingan (Rivest, Shamir va Adleman).

    Download 4,2 Mb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   96




    Download 4,2 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kodlash va shifrlash orasidagi farq

    Download 4,2 Mb.