Sharq mutafakkirlarining pedagogik g‘oyalari bilan tanishish




Download 85,17 Kb.
bet3/5
Sana03.12.2023
Hajmi85,17 Kb.
#110133
1   2   3   4   5
Bog'liq
AKB nosozliklari Karimov Ravshanjon, Media va axborot savodxonligi Norbotayeva Dildora Erkin qizi

Sharq mutafakkirlarining pedagogik g‘oyalari bilan tanishish.



Ma’lumki, yosh avlod tarbiyasi juda murakkab va mas’uliyatli vazifa hisoblanib,
barkamol shaxs tarbiyasi uzoq va uzluksiz davom etadigan murakkab jarayondir. Jamiyat taraqqiyotining har qanday bosqichida ham yosh avlod vakillari tarbiyasiga alohida e’tibor berilganligi tarixiy yozma manbalardan bizga ma’lum. Bugungi kunga kelib ushbu masala o’z ahamiyatini yo’qotgan emas va hattoki, bu masala davlat
siyosati darajasiga ko’tarilgan. Jamiyat ma’naviy hayotini rivojlantirish o’sha
jamiyatda faoliyat ko’rsatuvchi kishilarning intelektual salohiyati: ma’naviyati va
marifati, ilm-fani va ta’lim-tarbiyasi to’risidagi bilimlarning nechog’lik ilmiy
asoslanganligi, to’g’ri nazariy va amaliy negizlar asosida shakllanganligiga bog’liq.
Shu sababli ham barkamol avlod ilmiy dunyoqarashini jahon ta’limi talablariga mos
qilib shakllantirish o’ta muhim muammodir.
Ilk uyg’onish davrida yashab ijod etgan, buyuk donishmandimiz Muhammad al- Xorazmiy bo’lib, u bilim olishda talabalarning shaxsiy kuzatishlariga hamda olgan bilimlaridan foydalanishga katta e’tibor berdi.


1-rasm. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy.

Bunda u ilmiy izlanuvchilarning ilmiy manbalarni to’plash, ulardan foydalanish va kuzatganlarini tushuntira olish malakalarini hosil qilishga katta baho berdi. Agar e’tibor bergan bo’lsangiz, bu jarayonlar hozirgi ilmiy ishlar bilan shug’ulanayotgan, o’z ustida ishlayotgan va ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida tinmayotgan yoshlardan talab qilinayotgan asosiy faoliyatlarini tashkil qiladigan jarayonlar hisoblanadi. Yana bundan tashqari, u olimlarni “Al-kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr val muqobala” asarida uch guruhga bo’lganligini ko’rishimiz mumkin. “Ulardan biri o’zidan avvalgilar qilgan ishlarini amalga oshirishda boshqalardan o’zib ketadi va uni o’zidan keyin qoluvchilarga meros qilib qoldiradi. Boshqasi o’zidan avvalgilarning asarlarini sharxlaydi va bu bilan qiyinchiliklarni osonlashtiradi, yopiqni ochadi, yo’lni yoritadi va uni tushunarliroq qiladi. Yoki bu ayrim kitoblarda nuqsonlar topadigan va sochilib yotganni to’playdigan odam bo’lib, u o’zidan avvalgilar haqida yaxshi fikrda bo’ladi,


takkaburlik qilmaydi va o’zi qilgan ishidan mag’rurlanmaydi”. Muhammad al- Xorazmiyning bu fikrlari bir tomondan, olimlar faoliyatining ezgulikka xizmat qilishini yoritsa; ikkinchi tomondan, o’sha davrda ilmiy tadqiqot ishlari va o’qitishning metod va vositalaridan qay darajada foydalanganligini ko’rsatadi. Muhammad al-Xorazmiy bilishni sezgidan mantiqiy tasavvur orqali farq qilish haqida fikr bayon etgan: sezgi orqali bilish bu qisman bilish bo’lsa, mantiqiy bilish haqiqiy bilimning muhim tomonini namoyon etadi. U birinchilardan bo’lib, sinov-kuzatish va sinov metodlariga asos soldi va ilmiy kashfiyotlar odamlarning amaliy talablari asosida paydo bo’lishini o’zining ilmiy asarlarida asoslab bergan. Darhaqiqat, alloma qoldirgan boy ilmiy merosi o’zining amaliy ahamiyatini yo’qotmagan. Shuning uchun, mutafakkirning yoshlarga ta’lim- tarbiya berishda va ularning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishdagi qarashlaridan unumli foydalanish maqsadga muvofiqdir.

2-rasm. Abu Nasr Farobiy.


Yana bir sharq allomalarimizdan biri Abu Nasr Farobiyning ta’limiy-axloqiy yo’nalishdagi qimmatli asarlari bizgacha yetib kelgan. Bular, “Baxt saodatga erishuv to’g’risida”, “Fozil odamlar shahri”, “Ilmlarning kelib chiqishi”, “Aql to’g’risida risola” kabi asarlarida asosan inson kamoloti to’g’risidagi ta’limotni ilgari suradi. Farobiy ta’lim-tarbiyani uzviy birlikda olib borish haqida ta’lim bergan bo’lsa ham, ammo har birining insonni kamolga yetkazishda o’z o’rni borligini alohida takidlaydi. Alloma inson kamolga yolg’iz o’zi erishib bo’lmaydi. U boshqalar bilan aloqada bo’lish, ularning ko’maklashuvi va munosabatlariga muhtoj bo’ladi, deydi. Farobiy “Ta’lim-


tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk insonni tarbiyalashdan iboratdir.” - deya takidlaydi. Allomaning bu qarashi hozirgi kunda ta’lim-tarbiyaning oldiga qo’yilgan asosiy vazifasini ifodalaydi.

3-rasm. Abu Rayhon Beruniy.


Yoshlarga ta’lim-tarbiya berishda pedagogik qarashlari metodologik asos bo’lib xizmat qiladigan qomusiy olimimiz Abu Rayhon Beruniydir. Uning ilmiy bilimlarni egalash yo’llari, usullari haqidagi fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. U barcha illatlarning asosiy sababi ilmsizlikda deb biladi. Ilmlarni egalashda esa shaxsda intilish va qiziqish, muhitning rolini alohida takidlaydi. Beruniy o’zining asarlarida quyidagi fikrlarni ilgari suradi, O’quvchiga bilim berishda:





  • O’quvchini zeriktirmaslik;

  • Bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o’rgatavermaslik;

  • Uzviylik, izchillik;

  • Tahlil qilish va taqqoslash;

  • Ma’lumdan noma’lumga, yaqindan uzoqqa, soddadan qiyinga qarab borish;

  • Takrorlash;

  • Yangi mavzularni qiziqarli, asosan, ko’rgazmali bayon etishga e’tibor berish kerakligini uqtiradi.

Beruniyning ushbu qarashlarida hozirgi kunda bizning ta’lim-tarbiya sohamizda amal qilib kelinayotgan ta’lim tamoillarining bir nechtasi o’z ifodasini topganligini


ko’rishimiz mumkin. Demak, alloma 11 asr oldin tushungan va ilgari surgan qoidalar hozirgi kunda ham ahamiyatini yo’qotmaganligi uning o’tkir zehn sohibi, o’ta ilmli kishi bo‘lganligini yana bir bor isbotlaydi.



Download 85,17 Kb.
1   2   3   4   5




Download 85,17 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sharq mutafakkirlarining pedagogik g‘oyalari bilan tanishish

Download 85,17 Kb.