• Akademiya»
  • O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar




    Download 85,17 Kb.
    bet2/5
    Sana03.12.2023
    Hajmi85,17 Kb.
    #110133
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    AKB nosozliklari Karimov Ravshanjon, Media va axborot savodxonligi Norbotayeva Dildora Erkin qizi
    «Pedagogika» atamasi yunoncha bo‘lib, «bola yetaklovchi» degan ma’noni bildiradi. Tarixiy manbalarning ko‘rsatishicha, qadimgi Yunonistonda o‘z xo‘jayinining bolalarini sayr qildirgan, maktabga olib boradigan qullarni «bola yetaklovchi», ya’ni tarbiyachini «pedagogos» deb atashgan. Keyinchalik esa bolalar ta’lim tarbiyasi bilan shug‘ullanishga maxsus tayyorlangan o‘qimishli donishmandlarni «pedagog» deb atay boshlaganlarDastlabki maktablar qadimgi Sharqda (Vavilon, Misr, Hindistonda) paydo bo'lib, ularda bolalarga ma'muriy-xo'jalik boshqaruvi asoslari o'rgatilgan. Antik davrida maktablar Sparta, Afina va Rim tarbiya tizimining muhim tarkibiy qismi sifatida faoliyat olib borganlar.
    Qadimgi Yunonistonda bunday joylar akademiva deb nomlangan. «Akademiya» so'zi afsonaviy qahramon Akadema nomidan kelib chiqqan. Eramizdan avvalgi IV asrda Afina yaqinidagi Akadema nomi bilan nomlanuvchi joyda Platon o'z shogirdlariga ma‘ruzalar o‘qigan bo‘lib, keyinchalik ta‘lim tashkil etiluvchi maskan ham shunday nom bilan atala boshlagan.
    Qadimgi Rim va Yunonistonda bolalarga bilim berish faylasuflar zimmasiga yuklatilgan. Jamiyatning tabaqalanishi natijasida, quldorlik tuzumida bolalarni ta'lim maskanlariga olib borish va olib kelish vazifasini qullar bajarishgan va ular «pedagog»

    deb nomlanganlar. Ushbu tushunchaning ma'nosi «bola yetaklovchi» demakdir. Tarixiy taraqqiyotning keyingi bosqichlarida bolalarga tizimli bilimlarni berish bilan doimiy shug‘ullanuvchi kishilar aynan shu nom bilan atala boshlaganlar.


    Feodalizm davrida aksariyat maktablar masjid (musulmon mamlakatlarida) yoki ibodatxonalar (Hindiston) qoshida tashkil etilgan. Bunday maktablarda yoshlarga diniy bilimlar bilan birga dunyoviy bilimlar ham o'rgatilgan.
    O‘rta asrlar davrida, Sharqda akademiya ko‘rinishidagi ta‘lim muassasalari ham faoliyat yuritgan bo‘lib, ular «Donishmandlar uyi» (IX asr, Bag‘dod), «Ma’mun akademiyasi» (XI asrboshlari, Xorazm), observatoriyalar qoshidagi jamiyatlar (XV asr, Samarqand) tarzida nomlangan. Akademiyalarga turli fan yo‘nalishlari bo‘yicha kuchli bilimga ega bo'lgan qomusiy olimlar jalb etilgan bo‘lib, ular tomonidan matematika, geodeziya, mineralogiya, meditsina, astronomiya kabi yo‘nalishlarda keng ko‘lamli tadqiqotlar olib borilgan.

    Download 85,17 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 85,17 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar

    Download 85,17 Kb.