• Individuallik
  • Rivojlanish
  • Shaxs rivojlanishining yoshga bog‘lik xususiyatlari haqida ma’lumot olish




    Download 85,17 Kb.
    bet4/5
    Sana03.12.2023
    Hajmi85,17 Kb.
    #110133
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    AKB nosozliklari Karimov Ravshanjon, Media va axborot savodxonligi Norbotayeva Dildora Erkin qizi

    Shaxs rivojlanishining yoshga bog‘lik xususiyatlari haqida ma’lumot olish.


    Shaxs rivojlanishi haqida tushuncha. Individ, shaxs, individuallik. Shaxs
    tushunchasi insonga taalluqli bo’lib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulqatvor va dunyoqarashga ega bo’lgan jamiyatning a’zosini ifodalashga xizmat qiladi.
    Odam shaxs bo’lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o’zini yaxlit inson sifatida his etishi, o’z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog’i kerak. “Individ” nima? Bola ma’lum yoshga qadar “individ” sanaladi. Individ (lotincha “individium” so’zidan olingan bo’lib, «bo’linmas», «alohida shaxs», «yagona» ma’nolarini anglatadi) xatti-harakatlarini shartli refleks yordamidagina tashkil eta oluvchi biologik mavjudotdir.


    Individuallik esa shaxsning o’ziga xos xususiyatlari bo’lib, uning namoyon bo’lishi tarbiya jarayonini amalga oshirishda bola shaxsini puxta o’rganish, uning yashash sharoitlaridan yetarli darajada xabardor bo’lish va ularning hisobga olinishini taqozo etadi. Individual yondashuv o’quvchilarning aqliy qobiliyatlari, bilishga bo’lgan
    qiziqish hamda iste’dodini namoyon etishda muhim ahamiyatga ega. Bola harakatlari ongli, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtiroki natijasida shakllana boradi.
    Rivojlanish - bu bir holatdan boshqa murakkabrog‘iga o‘tish, eski holatdan yangi sifat bosqichiga o‘tish, oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga o‘tish jarayonidir.
    Bolaning individual - o’ziga xos xususiyatini bilish uchun temperamentning umumiy tiplari va bolaning o’ziga xos xususiyatini o’rganish metodikasini bilish muhim.
    Temperament (lot. «temperamentum» «qismlarning bir-biriga munosabati» ma’nosini anglatib, shaxsning individual psixologik xususiyatlari majmuidir.
    Shuningdek, turli yosh davrlarining o’ziga xos rivojlanish qonuniyatlari ham mavjud. Masalan, 5-sinf o’quvchilari bilan 10-sinf o’quvchisini tenglashtirib bo’lmaydi.
    Shuning uchun bolaning jismoniy va psixik kamoloti quyidagi davrlarga bo’linadi:

    • Go’daklik davri - chaqaloqlik (1 oy) davri tugagandan to bir yoshgacha bo’lgan davr.

    • Bog’chagacha bo’lgan yosh davri - 1 yoshdan 3 yoshgacha.

    • Maktabgacha ta’lim yoshi - 3 yoshdan 7 yoshgacha.

    • Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar -7-11-12 yoshgacha.

    • O’rta maktab yoshidagi o’quvchilar (o’smirlar) 14-15 yosh.

    • Katta yoshdagi maktab o’quvchilari (o’spirinlar) - 16-18 yosh.

    Kichik maktab yoshida o’yin faoliyatining o’rnini endi o’qish faoliyati egallaydi. Bu juda qiyin o’tish davri bo’lib, bolaning bo’yi, og’irligi jihatdan uning tashqi ko’rinishi kam farq qiladi. Suyaklari qotmagani tufayli tez shikastlanadi. Muskullari tez o’sishi


    tufayli serharakat bo’ladi. Bosh miyasi tez rivojlanadi.
    Jismoniy o’sishiga xos bu xususiyatlar tarbiyachidan ehtiyotkorlikni talab etadi. Bu yoshda bola bilim olish va o’rganishga qiziquvchan bo’ladi. Bolalar qiziqishini qanoatlantiruvchi qiziqarli uchrashuv, sayr va tomosha va ekskursiyalarni tashkil etish zarur. Mazkur yosh davri o’quvchilariga emotsionallik xos, ularning fikrlashi obrazli bo’ladi, his-tuyg’ulari mazmuni o’zgaradi. Ular odamlar bilan aloqa qilishga qiziqadilar.

    O’smirlikning murakkabligi anotomik-fiziologik va psixologik xususiyatdagi kuchli o’zgarishlar bilan bog’liqdir. Bolaning o’sishi tezlashadi. Bu davrni o’tish davri ham deyiladi. Bu davrda jinsiy yetilish davri boshlanadi. Bu bolaning fe’l-atvoriga ta’sir


    etadi. O’smir hayotida mehnat, o’yin, sport va jamoat ishlari katta rol o’ynaydi. Ba’zilarining o’zlashtirishi pasayadi, intizomi bo’shashadi.
    Hozirgi davr o’smirlarining ruhiyatida quyidagi holatlar ko’zga tashlanadi: Intellektual rivojlanish - tafakkur qobiliyati, aqliy faoliyatni yuqori saviyada tashkil etishni talab etadi, bilishga qiziqishi ortadi. Bu davrda to’garaklar, studiya, sektsiya, turli tadbirlar o’tkazish katta ahamiyatga ega. Ularning kitob o’qishga qiziqishi ortadi. O’z-o’zini anglash, baholash, tarbiyalash shakllanadi. U o’zini boshqalar bilan solishtira boshlaydi.
    Ammo yuqoridagilar bilan bir qatorda o’smir xarakterida murakkab qaramaqarshiliklar ham mavjud bo’ladi. Bu o’smir faoliyati, xulqida yangi xislatlar - yosh xususiyatning yangidan boshlanishi sanaladi. Lekin o’smirlarnig hammasida ham bilishga qiziqish darajasi yuqori emas. 38 foiz o’smir hech qaysi o’quv fanlarini o’qishga qiziqmaydi. Boshqalarining uchta yoki
    ikkita o’quv fani, aksariyat holatlarda esa bitta o’quv faniga qiziqishi aniqlangan. Kichik yoshdagi o’smirlar qiziqishi o’qituviga bog’liq. Lekin ularning qiziqishlari, shuningdek, kitob o’qishlari ham barqaror emas. Turli to’garaklarga 21 foiz o’smir qatnashadi, qolganlari sport yoki musiqa bilan shug’ullanadi. 40 foiz o’quvchida
    sinfdan tashqari ishlarda qatnashishda ham barqarorlik yo’q.



    Download 85,17 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 85,17 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Shaxs rivojlanishining yoshga bog‘lik xususiyatlari haqida ma’lumot olish

    Download 85,17 Kb.