Yer-axborot bazasi uchun kadastr raqamlarini shakllantirish




Download 2,06 Mb.
bet29/31
Sana30.01.2024
Hajmi2,06 Mb.
#148706
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
geoaxborot (1)
Windowsda no simmetrik ko ggggggg, 271 -қарор йиғилиш баёни форма oc, 5 2 Комплекс бирикмаларнинг барқарорлиги, Past Simple Tense, Marketing asoslari. Darslik. Toshkent-2019, «marketing asoslari» fanidan test savollari marketing maqsadlari, адсорбер хисоби, N5ddUBv2UsO9sr6F89q0lkXc8lm8y4g5vUNw3Dsp, 12-ma\'ruza, 12 bus, Mustaqil ish, Bozorov Javohir, Гидродинамика, АБРАЗИВНЫЙ ИНСТРУМЕНТ, Individual loyiha

6.6. Yer-axborot bazasi uchun kadastr raqamlarini shakllantirish


Davlat yer hisobi ma’lumotlari asosida yer uchastkalariga kadastr raqamlari beriladi. Raqamli kadastr kartasini tuzish yer-axborot ma’lumotlarini yagona tizimga solishda katta ahamiyatga ega. Bunda har bir yer uchastkasi alohida kadastr raqamiga ega bo‘ladi.
Kadastr raqami yer uchastkasi, bino va inshootga tegishli O‘zbekiston Respublikasi hududida takrorlanmaydigan raqamdir, u qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda uni takomillashtirishda beriladi va ro‘yxatdan o‘tkazilgan huquqning mavjud bo‘lguniga qadar saqlanib qoladi. Yer uchastkasiga kadastr raqamining berilishi undan foydalanish huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan so‘ng amalga oshiriladi.
Yer uchastkalariga kadastr raqamlarining berilishi ularni ro‘yxatga oluvchi organlarning yer uchastkalariga, imorat va inshootlarga yagona kodlash tizimi asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 22- yanvardagi «Jismoniy shaxslarga egalik huquqi tegishi uchun imorat va inshootlarni inventar baholash ishlari olib borilishi haqida»gi 35-sonli qaroriga binoan amalga oshiriladi. Yer uchastkasi yagona obyekt hisobida bo‘lgan davrda kadastr raqami o‘zgarmaydi va saqlanib qoladi. Yer uchastkalarining chegaralarini tasvirlash va holatini hisobga olish uchun 1:2000 dan 1:25000 gacha bo‘lgan davlat standartlarida qabul qilingan masshtablarda kadastr kartalari yuritiladi. Kadastr kartalarida yer uchastkalarining kadastr raqamlari ham huquqiy rasmiylashtiriladi. Kadastr zonalari, massivlari va mavzelarini kadastr bo‘yicha bo‘lish va shakllantirish vaqtida ularning chegaralari, odatda shaharlar, shahar tumanlari, qishloqlar, ovullarning ma’muriy chegaralariga to‘g‘ri keladi. Ma’muriy chegaralar o‘zgarganda kadastr bo‘yicha bo‘linish sxemasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi. Yer uchastkasining kadastr raqamini shakllantirish yer
uchastkasi ko‘chmas mulk obyekti sifatida shakllantirilgan va uning chegaralari

tuman (shahar) navbatchi indeksli kadastr kartasiga kiritilgandan keyin boshlanadi.


Yer uchastkasida kadastr raqamini shakllantirishning respublika bo‘yicha umumiy tizimi quyidagi rasmda berilgan:

  1. pog‘ona




  1. pog‘ona


  1. pog‘ona




  1. pog‘ona


  1. pog‘ona


  1. pog‘ona




  1. pog‘ona

6.12- rasm. Yer uchastkasida kadastr raqamini shakllantirishning umumiy tizimi


Yer uchastkalariga kadastr raqamlarini berish yer uchastkalaridan foydalanish huquqlari davlat ro‘yxatidan shahar va shaharchalarda o‘tkazilgan hollarda ko‘chmas mulk kadastri xizmati, O‘zbekiston Respublikasining qolgan hududlari bo‘yicha yer resurslari va davlat kadastri tuman xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi. Noturar joy, binolar va inshootlarning bir qismiga kadastr raqamlari mazkur obyektlarga egalik qilish huquqlarini ko‘chmas mulk kadastri xizmati xodimlari tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vaqtida beriladi.


Yer uchastkalari, bino va inshootlarni O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiyalash tizimining yagona tamoyili bo‘yicha ularga yer uchastkasining kadastr raqami asos qilib olingan. Kadastr bo‘yicha raqamlash tizimi yer uchastkalari, bino va inshootlarning kadastr raqamlarini identifikatsiyalash va hisobga olingan yagona tizimi integratsiya qilinadi.
Kadastr raqamining majburiy elementlari:

    • mintaqa (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri);

    • ma’muriy tuman va shahar (viloyat tasarrufidagi);

    • kadastr yer massivi raqami;

    • kadastr mavzesi raqami;

    • yer uchastkasi raqami;

    • bino yoki inshootning raqami;

    • bino yoki inshoot bir qismining raqami. Kadastr raqami quyidagi tuzilmaga ega: AA:BB:CC:DD:EE:FFFF:GGGG.

Bunda: AA – mintaqaning raqami (kodi) ni bildiruvchi ikki razryadli o‘nlik
son;
BB – mintaqa tarkibidagi ma’muriy-hududiy tuzilmalar. Ma’muriy tuman
yoki viloyat tasarrufidagi shaharning raqamini bildiruvchi ikki razryadli o‘nlik son;
CC – kadastr yer massivi raqamini bildiruvchi ikki razryadli o‘nlik son; DD – kadastr mavzesi raqamini bildiruvchi ikki razryadli o‘nlik son;
EE – kadastr mavzesi doirasida yer uchastkasini bildiruvchi ikki razr




FFFF – yer uchastkasi doirasida bino yoki inshootlarni bildiruvchi to‘rt razryadli o‘nlik son;
GGGG – bino yoki inshootlar bir qismining raqamini bildiruvchi uch razryadli o‘nlik son.
Kadastr raqamlarining shakllanish variantlari Toshkent viloyati Qibray tumanidagi yer uchastkalari misolida berilgan (8.3-jadval). Toshkent viloyati Qibray tumanidagi yer uchastkasining kadastr raqami 11:05:01:01:02:0003:0008:016.
Bunda: 11 – mintaqa raqami;
05 – Qibray tumani raqami;

  1. kadastr zonasining raqami; 01 – kadastr massivi raqami;

  2. – kadastr mavzesi raqami;

0003 – kadastr mavzesi chegarasidagi yer uchastkasining raqami; 0008 – yer uchastkasi chegarasidagi bino va inshootlarning raqami; 016 – bino, inshootlar bir qismining kadastr raqami (asosiy bino va
inshootlarda).
Bino yoki inshootning kadastr raqami ular joylashgan yer uchastkasi chegarasidagi navbatdagi tartib raqami sifatida shakllantiriladi. Bino va inshootlar bir qismining kadastr raqami asosiy bino yoki inshoot chegarasidagi navbatdagi tartib raqami sifatida shakllantiriladi. Yangidan suratga olish (tuzatishlar kiritish), ro‘yxatga olish, yangi kadastr plan-kartalarini tayyorlash vaqtida yer uchastkasi, bino va inshootning (ularning bir qismidan tashqari) kadastr raqamini tashkil etuvchi majburiy elementlari o‘zgartirilmaydi.
Yer uchastkalari, binolar va inshootlarni O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiyalash tizimining yagona tamoyili bo‘yicha ularga yer uchastkasining kadastr raqami asos qilib olingan. Kadastr bo‘yicha raqamlash tizimi yer uchastkalari, bino va inshootlarning kadastr raqamlarini identifikatsiyalash va hisobga olingan yagona tizimi integratsiya qilinadi.


6.3-jadval

Download 2,06 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Download 2,06 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yer-axborot bazasi uchun kadastr raqamlarini shakllantirish

Download 2,06 Mb.