• 1. To’laqonlik.
  • 7. Tezkorlik
  • INSTRUMENTAL VOSITALAR VA ULARNI TANLASH




    Download 1.28 Mb.
    bet8/27
    Sana15.02.2024
    Hajmi1.28 Mb.
    #156835
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
    Bog'liq
    AmetovD Idividual loyxa
    8007231, 5555, adabiyotlar, Pedagogik nazokat va odob-axloq mavzu pedagogik nazokat va odob-fayllar.org, Net600A, ReadMe UzLAp Office 2003, metall-konstruksiya, 12-Jo\'g\'rofiya maydonchasi, tirik tabiat burchagi, qiLVvWaIBpGpYYTD8xwgy8IY356OLNRoxcFoktWb, \'ruza. Kombinatorika elementlari. (2), 4 - amaliy ish, ilovepdf merged (1) (1), Rahmat5, 1-topshiriq, 3-topshiriq
    2. INSTRUMENTAL VOSITALAR VA ULARNI TANLASH
    2.1. Ma’lumotlar bazasini yaratish bosqichlari
    Ma’lumotlar bazasini yaratish ob’ekt sohasini o’rganishdan boshlanadi. Va natijada to’planadigan va foydalanuvchiga taqdim etiladigan axborotning quyidagi xususiyatlariga alohida e’tibor berildi:
    1. To’laqonlik. Axborot to’laqonligi ob’ekt faoliyatining u yoki bu tomonlarining miqdoriy va sifat parametrlarini aniq belgilash hamda mos qarorlarni ishlab chiqarishda ifodalaniladi. Axborotning noto’laqonligi qarorlar qabul qilishda xatolarga olib kelishi mumkin.
    2. Ishonchlilik qabul qilinadigan qarorlar samaradorligi saqlanadigan yetib kelgan va natijaviy axborotlarda muayyan darajada buzilishlarga yo’l qo’yadi.
    3. Axborotni qabul qilishning bemalolligi vaqt birligida ma’lumotlarni qabul qilish tezligi bilan belgiladi. Shu bois ham ma’lumotlar ko’proq jadval shaklida beriladi, u nafaqat axborot mazmunini ochib beradi, balki yengil qabul qilinadi ham.
    4. Ma’lumotlarning dolzarbligi muayyan vaqt mobaynida aniq vazifani amalga oshirish uchun yaroqligini ifodalaydi. Shu bois ham dolzarblik, hozirjavoblik va tezkorlik axborotga xos xususiyatlardir.
    5. Kechikmaslik axborotning qulay yoki belgilangan vaqtda kelib tushishini anglatadi. Bu talabni buzish axborotni qadrsizlantiradi.
    6. Aniqlik uning to’g’riligini anglatadi. Axborotning aniqligi uning barcha iste’molchilar tomonidan bir xil qabul qilinishini ta’minlaydi.
    7. Tezkorlik vaqt o’tgach axborot eskirishi va dolzarbligini yo’qo-tishini aks ettiradi.
    Axborotning o’z vaqtida qabul qilinmasligi qaror qabul qilishni kechiktiradi, oqibatda qabul qilinayotgan qarorlar o’zgaruvchan sharoitda talabga javob bermaydi. Axborot qanchalik tezkor bo’lsa, u shunchalik qimmatli bo’ladi.
    Axborotning qimmati aniqlik darajasi oshgani sayin yoki xabar qilinayotgan va aniq natijalar o’rtasidagi farq kamayganda tez ko’tariladi. To’liqroq va ishonchli axborot to’g’ri qarorni qabul qilishni ta’minlaydi.
    Ma’lumotlar bazasiga kiritiladigan ma’lumotlarni aniqlangandan keyin bu ma’lumotlar bazasini tashkil etishda foydananiladigan ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimini (MBBT) tanlash lozim.
    MBBT o’z tasniflanishining muhim belgilaridan biri bo’lgan ma’lumotlar modeli turlaridan birini (tarmoqli, ierarxik yoki relyatsion) ta’minlaydi. MBBT ma’lumotlar bazalarining ko’p maqsadli tavsifini, ma’lumotlarni himoyalash va qayta tiklashni amalga oshiradi. Rivojlangan muloqot vositalari va yuqori darajali talablar tilining mavjudligi MBBTni oxirgi foydalanuvchi uchun oson vositaga aylantiradi.
    Xususan MBBT – bu foydalanuvchining aslahaviy qobig’i hisoblanadi. MBBT tarkibida dasturlash tilining mavjudligi aniq masalalarni va aniq foydalanuvchiga mo’ljallangan ma’lumotlarga ishlov berishning murakkab tizimlarini yaratish imkonini beradi.
    Ma’lumotlar bazalarini loyihalashtirishda quyidagi tavsiflarini solishtirish va tahlil qilishga asoslangan MBBTni asoslab tanlab olish muhim vazifa hisoblanadi:

    • dasturiy texnik bazasi (ShK turi va modeli, hisoblash vositalari konfiguryatsiyasiga qo’yiladigan talablar, OT versiyasi);

    • ma’lumotlar bazalarining turlari (amaliy, predmet, lokal, integrellashgan, taqsimlangan);

    • foydalanuvchilarning malakalari (MBBT bilan ishlash uchun maxsus tayyorgarlikka ega bo’lmagan foydalanuvchi, mutaxassisligi dasturchi bo’lmagan darajadagi MB bilan ishlashga tayyorgarligi bo’lgan predmet sohasining mutaxassisi – foydalanuvchi, amaliy dasturchi, MB larning administratori);

    • ma’lumotlar bazalari bilan foydalanuvchilarning muloqat qilish vositalari (dasturlash tillarini o’z ichiga oluvchi ma’lumotlar ustida ish olib borish va tasvirlash tili);

    • ma’lumotlarni qayta ishlash rejimi (paketli, interaktiv, tarmoqli);

    • ma’lumotlarni mantiqiy va fizik mustaqilligi;

    • ma’lumotlar bazalari axborot strukturalarining asosiy xossalari (mantiqiy strukturasi-MBBT vositalari orqali amal qiladigan va tashkiliy tuzilmasini o’zgartirmasdan uni modifikatsiya qilish imkoniyati, ma’lumotlar turini kengaytirgan holda qarshiliksiz ishlov berishda);

    • havfsizlik darajasini ta’minlash va ma’lumotlarning to’laqonligi;

    • xizmat ko’rsatishning standart vositalari mavjudligi (ma’lumotlar bazalarini kuzatishni doimiy dasturiy modullarini va ma’lumotlar lug’atini, ma’lumotlar bazalarini yengillashtiradigan (yukini tushiradigan), qayta tashkil etadigan va qayta strukturalashtiradigan, tiklaydigan jurnalni yuritish, kiritish va hisobotlar generatorlari va h.k.);

    • ishlatish tavsiflari (loyihachilar haqida, sarmoya egalari haqida, moddiy-texnik ta’minotga bo’lgan talablar, tarqatish shakli).

    MBBTning asosiy vositalari quyidagilar:

    • ma’lumotlar bazalari tuzilmalariga topshiriq berish (tasvirlash) vositalari;

    • ma’lumotlarni kiritish, ko’rish va muloqotlar rejimida ishlashga mo’ljallangan ekran shakllarini loyihalash vositalari;

    • berilgan sharoitlarda ma’lumotlarni tanlash uchun talablar yaratish, shuningdek, ularni ishlash bo’yicha operatsiyalar bajarish vositalari;

    • foydalanuvchiga qulay ko’rinishda ishlov natijalarini bosmaga chiqarish uchun ma’lumotlar bazasidan hisobot yaratish vositalari;

    • til vositalari – makroslar, qurilgan algoritmik til (Dbase, Visual Basic, Microsoft Access yoki boshalar), talablar tili (QBE- Query Example, SQL, C#) va h.k. Ular ma’lumotlarni ishlashning nostandart algoritmlarini, shuningdek foydalanuvchi topshiriqlaridagi voqealarni ishlash protseduralarini bajarish uchun qo’llaniladi .[7]


    Download 1.28 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




    Download 1.28 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    INSTRUMENTAL VOSITALAR VA ULARNI TANLASH

    Download 1.28 Mb.