• 3ta yozuv
  • foydalanuvchi MBBT
  • MA’LUMOTLAR BAZASINI TASHKIL ETISH ASOSLARI




    Download 1.28 Mb.
    bet2/27
    Sana15.02.2024
    Hajmi1.28 Mb.
    #156835
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
    Bog'liq
    AmetovD Idividual loyxa
    8007231, 5555, adabiyotlar, Pedagogik nazokat va odob-axloq mavzu pedagogik nazokat va odob-fayllar.org, Net600A, ReadMe UzLAp Office 2003, metall-konstruksiya, 12-Jo\'g\'rofiya maydonchasi, tirik tabiat burchagi, qiLVvWaIBpGpYYTD8xwgy8IY356OLNRoxcFoktWb, \'ruza. Kombinatorika elementlari. (2), 4 - amaliy ish, ilovepdf merged (1) (1), Rahmat5, 1-topshiriq, 3-topshiriq
    1. MA’LUMOTLAR BAZASINI TASHKIL ETISH ASOSLARI
    1.1. Ma’lumotlar bazasini tashkil qilish prinsiplari
    Ma’lumotlar bazasibu o’zaro bog’langan va tartiblangan ma’lumotlar majmuasi bo’lib, u ko’rilayotgan ob’ektlarning xususiyatini, xolatini va ob’ektlar o’rtasidagi munosabatni ma’lum soxada tavsiflaydi.
    MBni yaratishda ikkita muxim shartni hisobga olmoq zarur:
    Birinchidan, ma’lumotlar turi, ko’rinishi, ularni qo’llaydigan dasturlarga bog’lik bo’lmasligi lozim, ya’ni MBga yangi ma’lumotlarni kiritganda yoki ma’lumotlar turini o’zgartirganda, dasturlarni o’zgartirish talab etilmasligi lozim.
    Ikkinchidan, MBdagi kerakli ma’lumotni bilish yoki izlash uchun biror dastur tuzishga xojat qolmasin.
    Shuning uchun xam MBni tashkil etishda ma’lum qonun va qoidalarga amal qilish lozim. Bundan buyon axborot so’zini ma’lumot so’zidan farklaymiz, ya’ni axborot so’zini umumiy tushuncha sifatida qabul qilib, ma’lumot deganda aniq bir belgilangan narsa yoki xodisa sifatlarini nazarda tutamiz.
    Masalan, biror Oliy o’quv yurtining aniq fakultetida taxsil olayotgan biror gurux talabalari to’g’risidagi ma’lumotlar bitilgan quyidagi jadvalni ko’raylik:
    1.1. Jadval. Talabalar haqida ma’lumot

    Familiyasi

    Ismi

    Tug’ilgan sanasi

    Guruxi

    Turar joyi

    Qiziqqan
    Fani

    Bozorov

    Alisher

    2.05.1990

    214-08

    S-4-5

    Matem.

    G’ulomov

    Farxod

    2.12.1992

    213-08

    I.Sino,1

    Adabiyot

    Akmalov

    San’at

    3.6.1990

    217-08

    S-3-9

    Tarix

    Bu misolda 3ta yozuv bo’lib, ularning xar biri 6ta maydondan iborat. Mazkur maydonlarning har biri mos ravishda «Familiyasi», «Ismi», «Tug’ilgan sanasi», «Guruxi», «Turar joyi» va «Qiziqqan fani» deb nomlangan. Demak, yozuvdagi maydonlar soni yozuvga kiritiladigan ma’lumotlar xajmiga bog’lik. Fayldagi bu yozuvlar birlamchi hisoblanadi. Chunki biror yozuvdagi ixtiyoriy ma’lumotni boshqa yozuvdagi ma’lumotlar bilan taqqoslab aniqlash mumkin emas. Shuning uchun ham bizga kerakli bo’ladigan ikkilamchi yozuvlarni esa faqat amaliy dasturlar yordamida olish mumkin bo’ladi. Modomiki shunday ekan, MB tashkil qilish, ularga qo’shimcha ma’lumotlarni kiritish va mavjud MBdan foydalanish uchun maxsus MBlar bilan ishlaydigan programmalar zarur bo’ladi. Bunday dasturlar majmui ma’lumotlar bazasini boshqarish tizim (MBBT) deb yuritiladi. Aniqroq qilib aytganda, MBBT–bu ko’plab foydalanuvchilar tomonidan MBni yaratish, unga qo’shimcha ma’lumotlarni kiritish va MBni birgalikda ishlatish uchun zarur bo’lgan dasturlar majmuidir. MBBTning tarkibida asosiy komponenti–bu ma’lumotlar bo’lsa, boshqa komponenti–foydalanuvchilar, Hardware- texnik va Software-dasturiy ta’minoti hisoblanadi. Hardware tashki qo’shimcha xotiradan (disk, magnit lentasi) iborat bo’lsa, dastur qismi esa MB bilan foydalanuvchi o’rtasidagi muloqotni tashkil qilishni amalga oshiradi. MBning tuzilishi o’rganilayotgan obuektning ma’lumotlari ko’rinishi, ma’nosi, tuzilishi va xajmiga bog’lik bo’ladi.


    Odatda, foydalanuvchilar quyidagi kategoriyalarga bo’linadilar:

    • Foydalanuvchi - dastur tuzuvchi,

    • tizimli dastur tuzuvchi,

    • ma’lumotlar bazasi administratori.

    Bunda dastur tuzgan foydalanuvchi MBBT uchun yozgan dasturiga javob beradi, tizimli dastur tuzuvchi esa butun sistemaning ishlashi uchun javobgar hisoblanadi. U xolda MB administratori sistemaning saqlanish xolatiga va ishonchliligiga javob beradi.

    Download 1.28 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




    Download 1.28 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    MA’LUMOTLAR BAZASINI TASHKIL ETISH ASOSLARI

    Download 1.28 Mb.