• Nazariy ma’lumotlar
  • O‘zbekiston respublikаsi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali




    Download 12,7 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet109/167
    Sana25.05.2024
    Hajmi12,7 Mb.
    #253984
    1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   167
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikàsi raqamli texnologiyalar vazirligi muhamm (1)

    10 – Laboratoriya ishi
    Mavzu: Marshrutizatorlarda NAT, PAT texnologiyasini sozlash 
    Ishdan maqsad: 
    Manzillarni translatsiya qilish
     
    (NAT) tamoyillari va vazifalarini tadqiq 
    qilish va amaliy ko`nikmaga ega bo’lish. 
    Nazariy ma’lumotlar 


    149 
    NAT (Network Address Translation) - bu TCP / IP tarmoqlarida tranzit paketlarning IP-
    manzillarini translatsiya qilish (o’zgartirish, almashtirish) imkonini beradigan mexanizm. NAT bu 
    TCP/IP tarmoqlarida, paketlarning IP addressini bir tarmoq segmentidan boshqa tarmoq segmentiga 
    o'tish paytida o'zgartirish texnologiyasidir. NAT da xususiy (Private) IP manzilni ro'yxatdan 
    o'tkazilgan ommaviy (Public) IP manzilga translatsiya qilishdan iborat. Umuman olganda, tarmoqda 
    2 xil IP adreslar ishlatiladi: 
    1.Public - ommaviy adreslar(Белый IP-аdres) 
    2.Private – xususiy adreslar(Серый IP-аdres) 
    Xususiy IP adreslar – bu lokal tarmoqda ishlatiladigan ip adreslar hisoblanadi. Deyarli 
    barcha ishxonalarda quyidagi 3 xil diapozondagi xususiy ip adreslar ishlatiladi: 
    10.0.0.0/8 (10 dan boshlanadigan ip adreslar) 
    172.16.0.0/12 (172.16.0.0 dan 172.31.255.255 gacha) 
    192.168.0.0/16 (192.168.0.0 dan 192.168.255.255 gacha) 
    Public (ommaviy) adreslarga misol qilib quyidagilarni ko’rsatishimiz mumkin: 
    Nimaga bunday bo’lingan? Lokal tarmoqdagi ip adreslar marshrutizatsiyalanmaydi. Public 
    ip adreslar marshrutizatsiyanadi. Bu degani yuqoridagi 3 ta diapozondagi ip adreslarga internet 
    orqali boshqa joyidan turib ulanib bo’lmaydi. Public ip adreslarga ulanib bo’ladi. Shuning uchun 
    veb-serverlar, onlayn o’yin serverlari va boshqalar public ip adresga ega.
    10.1-rasm. Manzillarni translatsiya qilish 
     
    NAT texnologiyasining 2 ta asosiy vazifasi mavjud: 
    1. Ichki tarmoq ip adreslarini tashqi tarmoqqa ko'rsatmaslik. 
    2. Ipv4 adreslarning yetmay qolish muammosini ma'lum darajada hal etish. 
    Bundan tashqari NATning bir necha nomlari bor: IP Masquerading, Network Masquerading 
    va Native Address Translation. Translatsiya IP-manzil yoki port raqamlari bo`yicha amalga 
    oshiriladi. Ushbu texnologiya bir tomondan, IPv4 manzillarining yetishmasligini oldini oladi hamda 
    boshqa tomondan tarmoqning xavfsizligini oshirish imkoniyatini yaratadi.
    NAT ko'pincha korporativ tarmoqdagi qurilmalar uchun, Internet tarmog’iga ulanish uchun 
    yoki aksincha Internetdan LAN tarmoq ichidagi istalgan manbaga kirish uchun qo’llaniladi.
    Manzillarni translatsiya qilishning uchta asosiy turi mavjud:

    statik (
    Static Network Address Translation
    ); 

    dinamik (
    Dynamic Address Translation
    ); 

    PAT (NAPT, NAT Overload, PAT). 


    150 
    10.2-rasm. Manzillarni translatsiya qilish mexanizmi 

    Download 12,7 Mb.
    1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   167




    Download 12,7 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikаsi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali

    Download 12,7 Mb.
    Pdf ko'rish