• 16.1. UDP protokoli
  • O‘zbekiston respublikаsi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali




    Download 12,7 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet43/167
    Sana25.05.2024
    Hajmi12,7 Mb.
    #253984
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   167
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikàsi raqamli texnologiyalar vazirligi muhamm (1)

     


    54 
    8-Ma’ruza 
    Mavzu: Transport sathida ma’lumotlarni himoyalash 
    Transport satxi oxirgi tizimlarda bajarilayotgan amaliy jarayonlarga xizmatlarni bevosita 
    taqdim etadi. Transport satxi protokoli turli xostlarda bajarilayotgan amaliy jarayonlar orasidagi 
    mantiqiy ulanishlarni ta’minlaydi (16.1- rasm). Ilovalar nuqtai nazaridan, mantiqiy ulanish –
    jarayonlar orasidagi real ulanish, marshrutizatorlar va turli aloqa liniyalarining uzundan uzoq 
    zanjirlari yordamida amalga oshirilishiga qaramasdan, jarayonlarni bevosita bog‘lovchi kanaldir. 
    Mantiqiy ulanish fizik infrastrukturadan mustaqil ravishda jarayonlarga ma’lumot almashish 
    imkonini beradi. 
    16.1.
     
    UDP protokoli 
    UDP protokoli RFC 768 da keltirib izohlangan. Multiplekslash va demultiplekslash jarayoni 
    bilan bir qatorda, ba’zi kichik xatoliklarni tekshirish bilan UDP protokoli afsuski xech qanday hostni 
    IP adresini UDP segmentga qo’shmaydi. Agar ilova yaratuvchilari TCP ni o’rniga UDP ni tanlashsa, 
    UDP ilova pog’onasidan xabarni qabul qilib oladi, xabarga uzatuvchi va qabul qiluvchining port 
    nomerini qo’shadi hamda segmentni tarmoq pog’onasiga uzatadi. Transport pog’onasi tarmoq 
    pog’onasi segmentini IP deytagrammaga joylashtiradi va qabul qiluvchi hostga segmentni uzatadi. 
    Qabul qiluvchi hostga yetib kelgan segment, UDP protokoli segmentdagi qabul qiluvchi hostning 
    port nomeridan foydalanib ma’lumotni mos ilova uzatadi. Shuni aytish kerakki, segmentni 
    uzatishdan oldin, uzatuvchi va qabul qiluvchining transport pog’onalari o’rtasida xech qanday aloqa 
    o’rnatilgani haqida tasdiq yoki kelishuv bo’lmaydi. Shuning uchun ham UDP oldindan aloqa 
    o’rnatilmagan bog’lanish asosida ishlaydiki, xech qanday ishonchlilikni kafolatlamaydi. TCP esa, 
    oldin muhokama qilib otilganidek, oldindan aloqa kanalini hosil qilib, shu aloqa kanali bo’ylab TCP 
    segmentlarini uzatadi, shuning uchun ham bu ishonchli aloqani qo’llab quvvatlaydi. 
    Ba’zida ko’pchilik tarmoq foydalanuvchilari va ilova yaratuvchilari xayron qolishadi, nima 
    uchun jiddiy kamchiliklarga ega bu UDP protokolida ilovalar xaligacha yaratiladi. UDP kafolatsiz 
    ma’lumot uzatishni ta’minlaydi uning o’rniga ilovalar uchun TCP har doim ishonchli ma’lumot 
    uzatish xizmatini ta’minlashi afzal emasmi? UDP uchun yaratilayotgan ilovalar soni ko’p hamda 
    ilova yaratuvchilari haliyam UDP protokolidan mamnun holda ilovalar yaratib kelishmoqda, UDP 
    ba’zi ilovalar uchun TCP qaraganda juda mos xisoblanadi, quyidagi UDP ning avzalliklarini ko’rib 
    chiqamiz: 
    Quyidagi rasmda (16.2-rasm) internet ilovalari va ular qaysi protokol asosida ishlashi 
    keltirilgan. Ko’rsatilganidek, e-mail, masofada joylashgan terminalga chiqish imkoniyatini berish 
    (remote terminal access), Web sahifalar hamda fayllarni uzatish asosan TCP ga asoslangan. Bu 
    barcha ilovalar ishonchli ma’lumot uzatilishini talab qiladi. Biroq ko’pgina muhim ilovalar TCP ga 
    emas balki UDP ga moslab yaratilgan. Masalan, UDP dan RIP protokolida marshrutlar jadvalini 
    yangilab turish uchun foydalaniladi. RIP doimiy ravishda (odatda har 5 daqiqada) yo’qolgan 
    ma’lumotlarni davomiy yangilash orqali qayta tiklaydi shuning uchun ham marshrutlar jadvaliga 
    muvofiq eskirgan va yo’qolgan ma’lumotlar doim yangilanib turadi. Shu bilan birga, UDP dan 
    tarmoqni boshqarishga tegishli ma’lumot (simple network management protocol, SNMP) larni 
    tashish uchun ham foydalaniladi. Boshqarish jarayonida TCP ga qaraganda UDP dan foydalanish 
    maqsadga muvofiqdir. Masalan, tarmoqda ishonchlilikni ta’minlash, ma’lumot oqimlari oshib 
    borishini oldini olish, oshib borayotgan oqimni nazorat qilish hamda stres holatdagi tarmoqlarda 
    TCP dan foydalanish orqali muvofaqqiyatga erishish juda qiyin. DNS serverlari uchun UDP dan 
    foydalanish orqali TCP da sodir bo’ladigan kechikishlarni oldini olish mumkin. 


    55 
    16.2.-rasm. Mashxur internet ilovalari va ularning quyi pog’onalar transport protokollari 
    Rasmda keltirilganidek, UDP va TCP bugungi kundagi ko’p qo’llaniladigan multimedia 
    ilovalari uchun foydalaniladi, masalan Internet telefoniya, real vaqtda video konferensiya va audio 
    va video oqimlaridan foydalanish uchun. Bu ilovalar kichik miqdordagi paketlar yo’qolishlariga 
    bardoshli bo’lib, ular uchun ishonchli ma’lumot uzatish muhim xisoblanmaydi. Shuningdek, real vaqt 
    ilovalari uchun, masalan internet qo’ng’iroq va video konferensiya jarayonida TCP protokolining 
    oqimlarni nazorat qilishi sababli ma’lumot yetib kelishi juda kechikib ketadi va suhbat jarayonini real 
    bo’lmasligiga katta ta’sir ko’rsatadi. Shu sabab bo’lsa kerak, multimedia ilovala yaratuvchilari TCP 
    ga qaraganda UDP ni afzal ko’rishadi. Biroq, TCP dan ko’proq media oqimlarni uzatish uchun 
    foydalanib kelinmoqda. Masalan, birgina 2004 yilda qariyb 75% jonli va talab bo’yicha video (VoD, 
    Video-on-Demand) oqimlari uchun TCP dan foydalanilgan. 

    Download 12,7 Mb.
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   167




    Download 12,7 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikаsi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali

    Download 12,7 Mb.
    Pdf ko'rish