• 16.3.5. TCP ulanishni boshqarish.
  • O‘zbekiston respublikаsi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali




    Download 12,7 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet46/167
    Sana25.05.2024
    Hajmi12,7 Mb.
    #253984
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   167
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikàsi raqamli texnologiyalar vazirligi muhamm (1)

    16.3.4.
     
    Bir nechta qiziqarli ssenariyalar. 
    TCP protokolini belgilangan ish tartibi jaryonidagi bir necha holatni ko‘rib chiqamiz. 
    Birinchi holat 
    16.8-rasmda 
    keltirilan bo’lib, “A” xost bitta segmentini “V” xostga 
    yubormoqda. Tasavvur qilamizki, segment 92- tartib raqamida bo‘lib, 8- bayt ma’lumotni tashkil 
    qiladi. “A” xost ushbu segmentni yuborganidan so‘ng,“V” xostdan 100 tartib raqami orqali 
    tasdiqlanishni kutadi. Hisoblaymiz “ A” xostdan yuborilgan segmen muvaffaqiyatli olingan, ammo 
    “V” xostda ushbu segment yo‘qolgan. Bunda kutishning tugash interval holati kuzatiladi va “A” xost 
    qaytadan segmentni jo‘natadi. Xost “V” bu segmentni qabul qilib, uning tartib raqamini aniqlaydi, 
    ma’lum bo‘ladiki bunday segmentni oldindan qabul qilinganligini. Bu holat qayta yuborilgan 
    segmentni olib tashlashga keltiradi. 


    59 
    16.8-rasm. 
    Tasdiqni (ACK) yo‘qolishi hisobiga, qayta yuborish. 
    Ikkinchi holat 
    16.9 rasmda 
    keltirilgan. “A” xost ketma-ket ikkita segmentni yubormoqda, 
    ulardan birining tartib raqami 92 va 8-bit bo‘lib, ikkinchi segment tartib raqami 100 va 20-bayt 
    ma’lumotni ushlaydi. Tasavvur qilamiz, ikkala segment “V” xostda muvaffaqiyatli qabul qilindi, 
    ularga ikkita tasdiq generatsiya etilib ularning raqamlari 100 va 120 holda tasdiqlandi. 
    Hisoblaymizki, bu ikkala tasdiqdan birortasi ham kutish intervalining tugashi oralig‘ida yetib 
    kelmadi. Bu holatda “A” xost qaytadan 92- raqamli segmentni qayta yuborib, taymerni ishga 
    tushiradi. Bunda “A” xost ikkinchi segment tasdiqsini olib, yangi kutish tugash intervali 
    tugamaguncha, ikkinchi segmentni qayta yuborishni amalga 
    oshirmaydi.
    16.9-rasm. 100-tartib raqamli segmentni yuborish amalga oshirilmagan holat. 
    16.3.5.
     
    TCP ulanishni boshqarish. 


    60 
    TCP ulashni o‘rnatish tartibi kutish vaqtininig ma’lum darajada oshirishga qodir (misol 
    uchun, WEB-navigatsiyalashda). 
    16.10-rasm. 
    TCP protokolida uch tomonlama “qo‘l siqish”da segmentlar almashinuvi. 
    Biror bir mijoz (klient) xost jarayonini amalga oshirayotganida, jarayon bilan ulanishni 
    boshqa xost (server) orqali tashabbus qiladi. Boshida mijoz ilovasi TCP-mijozni xabarlab, zudlik 
    bilan server bilan TCP ulanishni o‘rnatilishi kerakligini bildiradi. TCP-mijoz TCP-ulanishni 
    quyidagi ko‘rinishda boshlaydi. 
    Mijoz tomonidagi TCP server tomonga maxsus segmentni yuboradi, bu segmentda ma’lumot 
    bo‘lmaydi. SYN bayroq, ushbu segmentning bosh sarlavhasida joylashgan bo‘lib o‘rnatilgan, 
    shuning uchun ushbu segmentni SYN- segmenti deyiladi. Mijoz tomonidan boshlang‘ich tartib 
    raqami o‘rnatiladi va uni SYN-segment maydonida tartib raqam bilan joylashtiradi. SYN-segment 
    IP- deytagramm bilan tuzilgan holda serverga jo‘natiladi. Qachonki IP-deytagramma SYN-segmenti 
    bilan server xostiga yetib borganda (agar yo‘qolish bo‘lmasa) uni ichidan SYN-segmentni ajratib 
    oladi, so‘ng bufer tashkil etadi va o‘zgaruvchan ulanish uchun, keyingi mijozga segmentni 
    yuboradi,unda TCP-ulanish ajratilishi haqida xabar beradi. Bu segment ham amaliy ma’lumotlar 
    ushlamagan bo‘lib, lekin uning bosh sarlavhasi kerakli ma’lumotga ega. Birinchidan, SYN bayrog‘i, 
    oldingi segmentga o‘xshab, 1-raqam o‘rnatilgan. Ikkinchidan, tasdiqlovchi maydon clentjsn+1 
    raqamini ushlaydi. Oxirida, server tartib raqam maydoni, o‘zining boshlang‘ich serverjsn tartib 
    raqamini ko‘rsatadi. Agar xostlar so‘zlar orqali muloqat qila olganida, unda ikkinchi segment tarkib 
    ichi ehtimoli, quyidagi ko‘rinishda bo‘lardi: “Men sizning SYN-segmentingizni oldim, iltimos siz 
    bilan TCP-ulanishni tashkil etsak, boshlanish tartib raqami clientjsn bilan bo‘lib. Men sizning 
    iltimosingizni qoniqtirishga tayyorman. Mening boshlang‘ich tartib raqamim serverjsn. Ba’zi 
    vaqtlarda ikkinchi segmentni SYNACK-segmenti deyiladi. 


    61 
    SYNACK-segmenti qabul qilib , mijoz xotira ajratadi va bufer uchun o‘zgaruvchan TCP 
    ulanishdan so‘ng serverlarga segmentni jo‘natadi. SYNACK segmentini qabul qilinganligini 
    tasdiqlovchi maydonga SERVERJSN+1 raqami joylashadi. Chunki ulanish o‘rnatilib bo‘lganligidan 
    kelib chiqib SYN – segment 0 raqami tashlaydi. Yuqori qadamlarni amalga oshirilgandan so‘ng , 
    mijoz va server ma’lumotlarni bir biri bilan almashinishga tayyor hisoblanadi. Qolgan barcha 
    keyingi segmentlarda bayroq SYN teng 0 qiymatda bo‘ladi. TSP – ulanish jarayoni16.10 rasmda 
    ko‘rsatilgan. Ushbu jarayonda shunchaki mijoz va server 3 ta segment bilan almashiniladi, bazi 
    hollarda bunday ulanishni o‘rnatilishini “3 tomonlama qo‘l siqish” xam deyiladi. 
    16.11-rasm TCP - ulanishning yopilishi. 
    TCP – ulanishning yopilish tartibi deganda xotirani ozod etilishi tushuniladi, ya’ni bufer 
    uchun ajratilgan va o‘zgaruvchan, bu hohlagan tomon tashabbusi bilan amalga oshirilishi mumkin. 
    16.11-rasmda TCP ulanishni yopilishi ko‘rsatilgan bo‘lib, tashabbus mijoz tomondanligi ko‘rinib 
    turibdi. Mijoz jarayoni ulanishini yopish buyrug’ini generatsiya qilib, natijada TCP- mijoz maxsus 
    segmentni yuborishga olib keladi. Bu segmentning bosh sarlavhasida FIN bayrog‘iga 1 o‘rnatilgan. 
    Ushbu segment ma’lumotni olishi bilan server buni tasdiqlab beradi. So‘ng server mijozga 
    tugatuvchi segmentni yuborib , unda FIN bitga xam 1 o‘rnatilgan, o‘z navbatida ushbu 
    segmentni qabul qilganligini mijoz hamtasdiqlaydi. Shundan so‘ng ulanishning barsa resurslari 
    ikkala tomondan ozod etiladi. 
    TCP – ulanishning yashash davarida har bir tomonga o‘zgaruvchan TCP – holat ketma 
    ketligi to‘g‘ri keladi. 16.12-rasmda odatdagi TCP – holatining mijoz tomonidagi ketma ketligi 


    62 
    keltirilgan. 
    16.12-rasm. TCP mijoz holatining odatdagi ketma ketligi. 
    Mijoznng birinchi holati CLOSED holati bo‘lib, bu holatda mijoz ilovasi bilan TCP ulanish 
    ko‘rinishi bo‘lib, soket tuzilishini hosil qiladi. Mijoz tomoni TCPsi , server tomonga SYN segmntini 
    yuborib va SYN SET holatiga o‘tadi. Bu holatda u serverdan SYNASK segmenti SYN bitga 1 
    o‘rnatilganligini. javobini kutadi, qachonki SYN bitga 1 o‘rnatilganligini. SYNASK – segmentini 
    qabul qilib, mijoz ESTABLISHED holatiga kiradi va bu holatda segmentlarni amaliy satx holatida 
    bo‘ladi. 
    16.13-rasm.TCP serverninng odatdagi ketma ketlik holati. 


    63 

    Download 12,7 Mb.
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   167




    Download 12,7 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikаsi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali

    Download 12,7 Mb.
    Pdf ko'rish