|
Xorijiy yirik kutubxonalar sayti tahlili
|
bet | 3/4 | Sana | 07.07.2024 | Hajmi | 4,82 Mb. | | #266888 |
Bog'liq axborot malumot xizmati maruza 22.Xorijiy yirik kutubxonalar sayti tahlili.
Kongress kutubxonasi (The Library of congress), AQSH Milliy kutubxonasi - jahondagi eng yirik kutubxonalardan biri. 1800-yilda AQSH kongressi tomonidan Prezident T. Jeffersonning kutubxonasi negizida bunyod etilgan. Jahonning 450 dan ortiq tillaridagi 90 mln.dan ziyod bosma nusxa saqlanadi (2002). Asosan, hokimiyat organlari, tadqiqot muassasalari, ilmiy xodimlar, xususiy firmalar va sanoat kompaniyalariga, shuningdek, keng jamoatchilikka xizmat koʻrsatadi. Kongress kutubxonasi universal fondi kuniga 31 ming bosma birlik bilan toʻldiriladi; jahon boʻyicha eng katta haritalar (3 mln.dan ortiq), 3,5 mln.dan ortiq musiqa — nota adabiyotlari, 30 mln.dan ziyod qoʻlyozma materiallar, katta miqdordagi kinofilmlar, mikrofilmlar fondiga ega. AQSH prezidentlari yiqqan kitob toʻplamlari 5,5 mingdan ortiq, xitoy va yapon adabiyotlari, noyob Amerika nashrlari saqlanadi. Kongress kutubxonasi 1500 mingdan ziyod kitobxonga 20 dan ortiq qiroatxonalari orqali xizmat koʻrsatadi. 20-asr boshidan boshlab Amerikadagi 117000 ga yaqin boshqa kutubxonalarni kataloglar bilan taʼminlaydi.
Rasmiy sayti: https://www.loc.gov/
Kongress kutubxonasi veb-sayti sahifasi yuzi
Saytning yuzida Kutubxonaga oid e’lonlar, kutubxona bo’limlari, kutubxona haqida ma’lumotlar va eng ko’p qidiruv elon qilingan qidiruvlar bo’limidan iborat. Foydalanuvchiga qulaylik yaratish uchun har bir hizmat turini birma-bir ajratgan holda bo’limlarga ajratilgan. Bu saytdan imkoniyati cheklangan foydalanuvchilar uchun ham alohida qulayliklar yaratilgan.
Veb sahifaning kataloglar bo’limi 20 milliondan ortiq kitoblar, seriallar, qoʻlyozmalar, xaritalar, musiqalar, yozuvlar, tasvirlar va Kongress kutubxonasi toʻplamidagi elektron resurslarning katalog yozuvlarini oʻz ichiga oladi.
Raqamli to’plamlar bo’limi. Har bir bo’limning eng kichik nuqtasigacha alohida e’tibor berilgan. Raqamli to’plamlar bo’limiga o’tganda har bir turdagi ma’lumotlar alohida yana toplamlarga ajratilganini koramiz. Yillarga ajratilgan holada turli kolleksiyalar tuzilgan. Bu turdagi ma’lumotlar 40+ ortiq sahifadat iborat.
|
| |